So’nggi yangiliklar

11:29"Фенербахче" "Ал Насср" ҳужумчисини ижарага олди  0 11:09Ўзбекистон ва Озарбайжон U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда ўтказиш бўйича ФИФАга ариза топширди  2 10:44Файзуллаевга "Истанбул"дан расмий таклиф кутилмоқда: ЦСКА эса уни сақлаб қолмоқчи  8 10:20Анри: "Гвардиола — тарихдаги энг яхши мураббий"  5 09:58Томас Мюллер фаолиятини якунлади — “Бавария” афсонаси сўнгги сўзини айтди  7 09:35ПСЖ "Реал Мадрид" юлдузини қўлга киритишни режалаштирмоқда  15 09:05Одил Ҳамробеков учун кураш: "Трактор" "Бунёдкор"га расмий таклиф юборди  11 08:35Факт: "Динамо" ва Абрамовнинг "Насаф" билан ўйинлардаги ноҳуш анъанаси давом этди  2 08:10Фламарион ва Сергеевнинг голлари "шерлар"га "Навбаҳор" устидан ғалаба келтирган учрашувдан галерея  10 08:00"Навбаҳор" "Пахтакор"га ютқазди, Самарқанддаги ўйинда эса Мозговой "Насаф"ни мағлубиятдан қутқариб қолди  15 07:30Суперлига. Бугун "Нефтчи" "Насаф"га яқинлашиб олиши мумкин  8 02:45Вадим Абрамов: "Насаф"ни узоқлаштириб юбормадик, ҳали умид бор"  8 01:43Фламарион нима сабабдан кўп ўйинларда қайдномага киритилмагани ва Габриэль Жезус билан муносабати ҳақида гапирди  0 01:38Азим Аҳмедов: "Навбаҳор"нинг биринчи даврадаги иштирокини 7-8 баллга баҳолаган бўлардим"  2 01:27Камолиддин Тожиев: "Биз ҳали чемпионлик пойгасини тарк этмадик. Абдиҳолиқов 100% ҳал бўлди"  2

Doniyor Abdumannopov: "Bu yil O'zbekiston chempionatida qolib tajriba orttirmoqchiman" Yangiliklar

Doniyor Abdumannopov: "Bu yil O'zbekiston chempionatida qolib tajriba orttirmoqchiman"

"Andijon" jamoasini yakunlangan 2020 yilgi mavsumdan so'ng shartnomasi yakuniga etgan ko'plab futbolchilar tark etmoqda.

SHuningdek jamoaning ayrim futbolchilariga Superliganing va xorijning bir nechta klublari qiziqish bildirayotgani rost. Gap o'tgan mavsum chempionatimizning kashfiyotlaridan biri bo'lgan Doniyor Abdumannopov haqida ketmoqda. Futbolchi keyingi faoliyatini qaerda davom ettiradi? Legionerga aylanishga qay darajada tayyor? SHu va boshqa savollar bilan Abdumannopovga yuzlandik.

- 2020 yilgi futbol mavsumi sizni muxlislarga tanitdi desak to'g'ri bo'ladimi? 

- Albatta, shubhasiz fikringiz to'g'ri. 2020 yilgi mavsum men uchun omadli o'tdi desam mubolag'a bo'lmaydi. Saytingiz tomonidan elon qilingan kashfiyotlar qatorida o'zimni ko'rib xursand bo'ldim. Buning uchun minnatdorchilik bildiraman. 

- Baxtiyor Hamidullaev jamoa boshqaruviga kelgach sizga nisbatan ko'proq imkoniyat berdi. Otabek G'ulomxo'jaev murabbiyligida esa o'yiningiz yanada ochildi. Nima deb o'ylaysiz futbolchining kuchli tomonlaridan foydalanish murabbiyning mahoratiga bog'liqmi?

- O'tgan yilning o'zida to'rt nafar murabbiy bilan ishlashimizga to'g'ri keldi. O'zingiz yaxshi bilasiz har bir murabbiyning o'z uslubi va falsafasi bor. Aleksandr Xomyakov meni tayyorlayotgan edi. Kumikov esa sekin asta imkoniyat berishni boshladi. Baxtiyor aka murabbiyligida esa debyut golimni urdim. Otabek G'ulomxo'jaev mening ustozim bo'ladilar, o'z vaqtida "Bunyodkor" akademiyasida murabbiylik qilganlar. Ular mening ustun tomonlarimni, kamchiligimni va xarakterimni juda yaxshi biladilar. SHuning uchun bo'lsa kerak o'yinim yanada yaxshiroq chiqdi.

- Mavsum davomida jarohatlar bilan to'p tepganingiz rostmi?

- Ha, hamma uchrashuvda emas. Bazi bir o'yinlarda jarohat bilan o'ynashga majbur bo'ldim. 

- Sizga Superliganing 8ta shuningdek xorij jamoalaridan takliflar bor. O'zingiz yakuniy qarorni qabul qildingizmi? Bo'lajak rejalaringizdan nimalar o'rin olgan?

- Xudoga shukur shunchalik etiborga tushdim. Bu ham bir yutuqdir. Gapingizga qo'shilaman, takliflar bor. "Andijon"da qolishim aniq emas. Hozirda otam bilan kelajagim haqida o'ylamoqdamiz. Menimcha bu yil xorijga ketishimga biroz erta. O'zbekistonda faoliyatimni davom ettirgan holda tajriba orttirmoqchiman. 

- Aslida legionerga aylanishga tayyormisiz? 

- Ha, o'zimni bunga tayyor deb o'ylayman. Faqat tajribam kamligi uchun oilam bilan kelishgan holda bu yil amalga oshirmaslikga qaror qildik. 

- "Andijon" jamoasining strategiyasi o'zgarmoqda. Bundan buyon klub o'z tarbiyalanuvchilariga tayanadi. Endilikda iqtidorlar viloyat bosh jamoasida kashf etilishi vaqti keldimi?

- Buning imkoni bor. Juratbek aka, Doniyor aka va murabbiy Otabek aka birgalikda reja ishlab chiqishgan. Ushbu amalga oshirilayotgan ishlarning samarasi uzoq vaqt kuttirmasligiga ishonaman. 

- "Bunyodkor" jamoasida sizga ishonch bildirilmaganidan afsuslanganmisiz? U erga katta umidlar bilan borgan edingiz...

- To'g'risi jahlim chiqqani rost. Lekin afsuslanmaganman. Aksincha afsuslantirishga intildim. Taqdirimga "Andijon"da tanilish yozilgan ekan nima ham derdim. 

- Joriy yilgi o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati qoldirildi. Buning ortidan nima yo'qotishimiz mumkin? Bejiz bu savolni sizga bermadim, vaqtida mazkur bosqichdan o'tgansiz...

- Osiyo chempionati o'smir futbolchilar uchun tayyor reklama bo'lardi. Ammo chempionatning qoldirilishi katta yo'qotish emas. Intilganga, harakat qilganga xudo beradi. Hozir legionerga aylanish uchun yo'llar ancha ochilgan, bu jarayon rivojlanmoqda. Ayni paytda xorijda to'p tepayotgan legionerlarimiz talaygina.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика