So’nggi yangiliklar

15:46"Хоразм" 6 нафар футболчи кетганини эълон қилди  0 15:20"Андижон" "Сурхон" ярим ҳимоячисини қўлга киритди  0 14:52Рафинья фаолиятини якунлаганини маълум қилди  0 14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  2 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  8 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  8 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  8 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  4 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  15 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  1 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  2 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  4 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  4

Doniyor Abdumannopov: "Andijon" futbolchilari och qoldi? Bu gapning o'zi kulguli" Yangiliklar

Doniyor Abdumannopov: "Andijon" futbolchilari och qoldi? Bu gapning o'zi kulguli"

Yorqin Nazarov murabbiyligidagi "Andijon" jamoasi kecha Qirg'izistonning "Kaganat" jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Ushbu uchrashuvdan so'ng jamoaning etakchilaridan biri Doniyor Abdumannopovni suhbatga chorladik. 

-  Superliganing aksariyat jamoalarining hozirgi holati mavsum boshidagi harakatlariga, maqsadlarga mos emasdek ko'rinmoqda. Xususan "Andijon"da ham...  

- Maqsadni katta qo'ygan yaxshi. "Andijon" ham o'z oldiga jiddiy maqsadlarni qo'ygan. Lekin natijaga kelganda nimadir etishmayapti. Vaziyatni o'zgartirishga harakat qilamiz. Ketma-ket ijobiy natijalar qayd etsak, kayfiyat va ruhiyat o'z-o'zidan o'zgaradi. 

- Klubdagi tashkiliy ishlar qanday? Eshitishimizga qaraganda jamoa safar o'yinlarida mehmonxona bilan bog'liq muammolarga uchragan, hattoki och qolib ketgan. Balki Superligadagi qoniqarsiz ishtirok sabab shunday gap-so'zlar tarqalayotgandir...

- Ko'rsatkichlarimiz yaxshi bo'lmagandan keyin bunday mish-mishlar tarqalishi tabiiy. Sizni ishontirib aytamanki, "Andijon"da maosh va tashkilotchilik borasida muammo yo'q. Hammasi joyida, maoshlar vaqtida berilmoqda. Och qolib ketdi, degan gaplar ozgina kulguli. "Andijon" professional klub hisoblanadi. 

- Bir oylik tanaffus davomida futbolchilar bir jamoa sifatida qanchalik jipslashdi? So'nggi to'rtta turda boshqacha "Andijon"ni ko'ramizmi?

- Jamoamizda ichki muhit yaxshi. Tanaffusdan foydalanib jismoniy va ruhiy jihatdan ancha o'zimizga kelib oldik. Natijaga erisha oladigan jamoa sifatida kuchli bo'lib qaytamiz.

- Qishda Qatar va Belarus chempionatlaridan takliflar bo'lgandi. Mazkur masalaga davralar oralig'ida yana qaytasizmi?

-  Hozirda bor etiborim "Andijon"ga qaratilgan, mashg'ulotlarda astoydil ishlamoqdaman. Legionerga aylanishim masalasini klub hal qiladi. Amaldagi shartnomam yil oxirigacha mo'ljallangan. 

- Evropa chempionatida kimga muxlislik qilyapsiz?

- Har to'rt yillikning nufuzli turnirini kuzatib boraman. Evropa chempionati Jahon chempionatidan keyin ikkinchi o'rinda turadi. Bunday musobaqani ko'rmasdan iloj yo'q. Belgiya terma jamoasi ishtirokidagi uchrashuvlarni ko'raman. Roberto Martines shogirdlari yaxshi start olishdi. 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика