So’nggi yangiliklar

23:53Тимур Кападзе: "Жамоа ўйинидан қониқдим. Рақибимиз дунёнинг энг кучли жамоаларидан бири эди"  10 23:34Расман: Санжар Қувватов "Навбаҳор" билан шартнома имзолади  1 23:17"Ҳаётим давомида бунақа циркни кўрмаганман" – Хавьер Маскерано  11 23:10Париж-2024. Аргентина - Марокаш 1:2, Аргентинанинг сўнги дақиқада урган голи ҳисобга олинмади  1 23:03Расман: Сардор Рашидов – "Навбаҳор" футболчиси!  15 22:50Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:2, Шомуродов тарихий гол урди, Нематов пенальтини қайтарди  3 22:40Қандай қилиб?! Аргентинанинг 90+16-дақиқа урган голи икки соат ўтиб бекор қилинди. Марокаш ғалаба қозонди!  17 22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  7 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  6 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  50 21:03Абдувоҳид Неъматов: "Жамоамиз очко олишида ўз ҳиссамни қўшмоқчи эдим, аммо бу насиб қилмади"  32 20:43Париж-2024. Аргентинанинг Марокашга қарши 90+16-дақиқадаги гол икки соатдан сўнг бекор қилинди (хабар таҳрирланди)  12 20:28Расмус Хойлунд янги мавсумда Марсьялдан бўшаб қолган рақамда ўйнайди  1 20:05Париж-2024. Ўзбекистон илк турда Испанияга мағлуб бўлди, кейинги рақиб Миср  376

Dohada dog'da qoldirish kerak... Yangiliklar

Dohada dog'da qoldirish kerak...

Dohadagi bugungi kun asosan "Al Sadd" - "Paxtakor" uchrashuvi oldidan tashkil etilgan o'yinoldi rasmiy tadbirlarga qatnashish bilan o'tdi.

Video             "Paxtakor" Doxaga qanday etib bordi? 

Ertalabki nonushtadan so'ng o'yin o'tadigan "Al Sadd" jamoasining "Jassim Bin Hamad" stadioni tomon otlandim. Garchi o'yinoldi rasmiy tadbirlarning barchasi tushlikdan so'ngga rejalashtirilgan bo'lsada, men asosan stadion va klubga yaratilgan sharoitlar bilan tanishish maqsadida manzil tomon shaylandim.


"Jassim Bin Hamad" stadioniga borishim bilanoq u erda "Paxtakor" jamoasining maydon sifatiga javobgar bo'lgan mutaxassis Denis An Qatardagi barcha futbol maydonlariga qaraydigan "Aspire"dagi etakchi mutaxassis Rodney Rayner bilan ish o'rganish va tajriba almashish maqsadida tashkil qilingan uchrashuviga duch keldim. Mazkur uchrashuv chog'ida "Paxtakor" vakili tajribali mutaxassisdan o'z sohasi bo'yicha kerakli malumotlar va maslahatlarni oldi. Fikrlar almashildi. Bu haqda kecha saytimiz orqali xabar bergandim.


"Paxtakor" o'z missiyasini bajarish uchun Dohaga etib keldi 

Foto             Dohada "Paxtakor" vakili "Aspire" mutaxassisi bilan uchrashdi         


SHundan so'ng dastlabki ish bu simsiz internet qidirish bo'ldi. Stadion atrofida simsiz tarqatilgan internetga ulangach, "Paxtakor" vakili "Aspire" mutaxassisi bilan uchrashgani haqida yozish bo'ldi. Keyin stadion bilan yaqindan tanishishga chog'landim. Ochig'i, stadion atrofida hech kim yo'q. Kim istasa bemalol kirib yuribdi. Yon atrofda odam kam, xodimlar ham kirib chiqib yurgan odamlarni ortiqcha bezovta qilganini ko'rmadim.

Ingliz tilida arang nimani istashimni tushuntirishim mumkin, lekin birov bilan istalgan mavzuda bemalol suhbatlasha olmasligimni inobatga olib, imkon qadar stadion va yon atrofni o'zimcha kuzatdim. To'g'risini aytish kerak, "Jassim Bin Hamad" stadioni maysasi alo darajada. Misoli gilam. Stadion ham ihcham, qulay va komfort qurilgan. Mazza qilib futbol tomosha qilishli o'yingoh.

Lekin o'yingohning yon atrofi juda kir, kirish va chiqish joylari ahlatlar bilan to'lib yotibdi. Qisqa qilib o'zbekcha aytganda, sarishta-saramjonlikdan asar ham yo'q. Bu esa stadionga kirmasdan turib o'yingoh haqidagi ilk taassurotni aldamchi qiladi. Balki o'yin kuni ertalab tozalik ishlari olib borilib, uchrashuvga qadar stadion yon atrofi top-toza holatga keltirilar, uyog'ini bilmadim.


Muxlislar uchun qulay tarafi shundaki, stadion oldida har xil turdagi egulik mahsulotlari, brend darajasidagi fast-fud, qator mamlakatlarning milliy taomlari va shirinlik rastalari barpo etilgan. Mazkur mini-kafelar asosan kechki payt o'z ishini boshlaydi. Kunduzi ham ishlab turadigan shahobchalar ham yo'q emas. Kechki payt futbol yo'q kunlari ham odam gavjum bo'larkan. O'yinoldi rasmiy tadbirlarni o'tkazib qaytishda bunga guvoh bo'ldim.


"Jassim Bin Hamad" stadionidagi martabali mehmonlar (VIP sektor) uchun maxsus zali


"Al Sadd" futbol klubi tarixidagi eng ahamiyatli sovrinlardan biri - OCHL kubogi


"Al Sadd" Sport klubiga tegishli sanog'i yo'q sovrinlar - futbol, voleybol, basketbol...


"Jassim Bin Hamad" stadionidagi trenajyor zal


"Al Sadd" o'yingohidagi mehmonlar kiyinish xonasi



"Al Sadd" muxlislar klubi xizmatidagi avtobus ajoyib bezatilgan


"Jassim Bin Hamad" stadionining chang bosib yotgan birorta chiptaxonasi ishlayotgani yo'q. CHiptalar savdosiga esa tabiiyki ko'zim tushmadi


"Al Sadd" - "Paxtakor" uchrashuvi oldidan tashkil etilgan rasmiy tadbirlar har ikkala jamoa vakillari ishtirokidagi miting yig'ilishi orqali boshlandi.

Mazkur yig'ilishda jamoalar qaysi rangli liboslarda o'ynashlariga oydinlik kiritildi: "Al Sadd" oq, "Paxtakor" esa yo'l-yo'l sariq-qora


So'ngra esa o'yinoldi matbuot anjumanlarga navbat keldi. Dastlab mezbonlar, yani "Al Sadd" bosh murabbiyi Jezualdu Ferreyra va futbolchi Hamid Ismoil qatnashdi. Anjuman belgilangan vaqtdan 5 daqiqa kech boshlandi. Bunga sabab esa Hamid Ismoilning anjumanga kech qolishi bo'ldi. Jezualdu Ferreyra soat 17:00da boshlanishi kerak bo'lgan anjumanga 15 daqiqa avval etib keldi. Biroq futbolchi 4 daqiqa kechikdi. Jezualdu Ferreyra kechikkan shogirdini kulgu ila qarshi olib, jurnalistga qancha savollaringiz bo'lsa Hamidga berishlaringiz mumkin. Kechikkani tufayli uni savollar bilan jazolang, deya hazilomuz munosabat bildirdi.


"Ertaga bizni o'zgacha to'qnashuv kutmoqda" — Jezualdu Ferreyra ishtirokidagi matbuot anjumani 


Xususan matbuot anjumanida aytilgan gaplarga keladigan bo'lsak, Jezualdu Ferreyra bo'lajak raqibi - "Paxtakor"ning kuchi va imkoniyatlarini xolisona yuqori baholadi. Ayniqsa jamoa tadbiq etayotgan uslub, yani hujumkor futbolni yoqtirib, to'pni xush ko'ruvchi jamoa ekanligini alohida takidladi. Lekin ertangi o'yin oldidan ancha xotirjam va o'z kuchiga ishonch bilan gapirdi. SHuningdek, murabbiy "Al Sadd" garchi Qatar chempionligini qo'lga kiritgan bo'lsada jamoada ishtiyoq so'nmagani va OCHLda o'ynashning o'zi va musobaqa nuquzi eng katta motivaciya bo'lishini aytdi.


Hamid Ismoil esa Afifning yo'qligi jamoa o'yini va imkoniyatlarini pasaytirib yubormasligini aytdi.


"Al Sadd"ning "Paxtakor"ga qarshi o'yin uchun qaydnomasi: Hassan Abdulkarim safga qaytdi, Afif va Pedro Korrea yo'q

SHundan so'ng matbuot anjumanining ikkinchi qismida ishtirok etish uchun "Paxtakor" bosh murabbiyi SHota Arveladze hamda jamoa sardori Egor Krimec o'z vaqtida etib kelishdi.


"Nafaqat "Al Sadd"da, balki "Paxtakor"da ham o'yin taqdirini hal etadigan futbolchilar bor" — SHota Arveladze ishtirokidagi matbuot anjumani 


Arveladze ham ertangi o'yin qiziqarli va shiddatli o'tishini takidlab, futbol o'ynashni yoqtiradigan jamoalar to'qnashuvida muxlislar zerikib qolmasliklarini aytdi. Arveladze Toshkentdagi bellashuvdan keyin raqibni yanada chuqur o'rgangani va o'zi uchun tegishli xulosalar chiqarganini malum qilib, ertaga mazkur jihatlarni naf chiqarmoqchi ekanligini yashirmadi.

Krimec esa mahalliy jurnalistlarning durang sizlar uchun yaxshi natija bo'ladimi, deya berilgan savoliga "Paxtakor" maksimum natija, yani avvalo g'alaba uchun kurashishiga alohida urg'u berdi.


Mahalliy jurnalistlar "Paxtakor" Toshkentdagi o'yini tufayli ularda iliq taassurot qoldirgani, lekin Dohada "Al Sadd"ning imkoniyatlari yuqori ekanligiga ishonch bildirishmoqda. Ayniqsa yakka tartibda futbolchilar solishtirganda, individual tarafdan ularda o'yin taqdirini hal etib qo'yadigan ijrochilar borligini takidlashdi. SHota Arveladze ham mazkur mavzudagi savolga "Paxtakor"da ham o'yin taqdirini hal etishga qodir futbolchilar borligini va ertaga ularni o'yinini ko'rib, o'sha futbolchilarning harakatiga mahliyo bo'lib qolishlari mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Jurnalistning "Al Sadd" ustunligini bildiruvchi savoliga SHota Arveladze chiroyli tarzda javob qaytardi. Umid qilamizki, maydondagi o'yinda ham "Paxtakor" Arveladze singari raqibiga dadil "gapirish"ni uddalaydi.


SHu tariqa matbuot anjumani yakunlanib, navbat jamoalarning o'yinoldi mashg'ulotlariga etib keldi. "Paxtakor" mehmon jamoa bo'lgani tufayli rasmiy mashg'ulotni qoidaga ko'ra o'yin bo'ladigan stadion, yani "Jassim Bin Hamad"da o'tkazdi. "Al Sadd" esa o'yin oldidan maydonga ortiqcha zarar keltirmaslik maqsadida deyarli 15 daqiqalik farq bilan zaxira maydonida shug'ullandi.


SHu boisdan faqatgina "Paxtakor"ning mashg'ulotini kuzatish imkoniyatiga ega bo'ldim. Alohida qayd etish kerak, jamoadagi ichki kayfiyat, ko'tarinkilik va muhit ajoyib. Mashg'ulot jarayonidagi jiddiylik, maydon chetida bir oila singari jipslashuv sezilib turibdi. Balki aynan mazkur jihat jamoaning joriy mavsumdagi muvaffaqiyatli yurishining asosiy "kaliti"ga aylanayotgan bo'lsa ne ajab.


Mashg'ulotlar ortiqcha yo'qotish yoki shikastlanishlarsiz o'tdi. Arveladze garchi matbuot anjumanida mahalliy jurnalistning jamoada yo'qotishlar bormi, degan savoliga yo'q deb javob qaytarganiga qaramasdan Sadriddin Abdullaevni jarohat tufayli Dohaga kelmaganini qayd etish lozim. Arveladze esa shunchaki raqib tarafni ortiqcha malumot bilan taminlashni istamadi.

Qatarda "Al Sadd"ning imkoniyatlarini yuqori baholayotganlar tabiiyki ko'pchilikni tashkil etmoqda. Ammo birinchi o'yin shuni ko'rsatdiki, "Paxtakor" jamoaviy o'yin orqali raqibning garchi nomdor va yuqori malakali ijrochilari bilan ham dog'da qoldirish salohiyatiga ega. Tarkib va tanlov borasida Jezualdu Ferreyraning imkoniyatlari keng. Arveladze esa ko'proq jamoaga singdirayotgan falsafa va uslubiga ishonadi. Aynan shu orqali raqibni zararsizlantirib, o'zining kuchli taraflaridan foydalanish samara keltirishi mumkin.


Javob bahsida "Al Sadd"ning imkoniyatlarini nisbatan oshirayotgan ikkita faktor mavjud. Birinchisi, o'yin Toshkentda emas balki Dohada o'tishi. Bu orqali "Al Sadd" ortiqcha bosimdan, "Paxtakor" esa jamoani ruhlantirib turadigan katta kuch, yani muxlislarning yuqori madadidan ayriladi. Ikkinchi tomoni, Ferreyra qo'l ostida Xavi, Gabi yoki Bag'dod Bunedja singari istalgan payt natijadagi farqni yuzaga keltiradigan ijrochilar mavjud. Toshkentdagi o'yinda "Al Sadd" aynan Xavining mahorati va ispaniyalik futbol afsonasi faktori evaziga o'z yurtiga ochko bilan qaytishni uddalagandi. Bu esa raqibga katta ustunlik taqdim etadi.

"Paxtakor"ning eng katta ustunligi bu Toshkentdagi ko'rsatilgan o'yin va o'sha bahsdagi jamoa ko'rsatgan futbol. Yani "Paxtakor" o'z o'yini orqali xavfli va kuchli ko'ringan "Al Sadd"ga ko'pgina muammolar taqdim etishga qodir. Bo'lajak o'yinda ham shu ishni takrorlashga bel bog'lash lozim. "Paxtakor"ning mazkur to'qnashuvdagi eng katta kuchi - o'z uslubidagi o'yin. Agarda jamoa ruhiy taraflama o'yinga to'g'ri tayyorlana olsa, unda alohida nomlar effektini ham yo'qqa chiqarish mumkin. SHu taraflama jamoani o'yinga to'g'ri va kerakli meyorda tayyorlash masuliyati hal qiluvchi rolni bajaradi.


Arveladze bugun "Paxtakor"ning yashirin potencialini ham yuzaga chiqarib, "Al Sadd"ning inqiroz yo'lidagi himoyasidagi bo'shliqlarni izlashda faol bo'lsa, unda Toshkentda yutqazmagan "Al Sadd"ni Dohada dog'da qoldirishni uddalasa bo'ladi. Ayniqsa raqibning asosiy himoya qurg'oni vakili Pedro Korreaning o'ynamasligi ketma-ket 4 uchrashuvdan buyon o'z darvozasidan muntazam gol o'tkazayotgan jamoaga qo'shimcha muammo tug'diradi. "Paxtakor" raqibning mazkur muammoli chizig'idan o'ziga naf chiqarishi lozim.

Qatardan ochko bilan qaytish yomon natija emas. Lekin doim maksimal va qo'ldan kelishi mumkin bo'lgan ishga harakat qilish yaxshi. Aytadiku, harakatga barakat. O'yindan keyin mazkur jumlani sarlavhaga chiqarish nasib etsin.

Toshkentda g'alaba loyiq o'ynagan "Paxtakor" "Al Sadd"ni Dohada dog'da qoldirishi kerak...


SHahboz Beg'amov Qatar, Doha shahridan

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика