So’nggi yangiliklar

23:25Флориан Виртцга Англиядан яна бир харидор пайдо бўлди  0 22:55Браим Диас жароҳати сабаб Ла Лигадаги кейинги ўйинни ўтказиб юборади  0 22:31Родриго: "Уйдирма тарқатишни бас қилинг"  4 22:01"Челси" Энцо Маресканинг келажаги бўйича бир қарорга келди  2 21:41Россия кубоги. ​Аббосбек Файзуллаев "Зенит"га қарши ўйинни захирада бошлади (онлайн ҳисоб)  8 21:29Флик: "Анчелотти – ҳақиқий жентелмен"  15 21:10Ўзбекистон кубоги. "Нефтчи" ва "Навбаҳор" ўз ўйинларида ғалаба қозониб, плей-офф босқичига йўл олишди  10 20:36Асрор Алиқулов: "Кубок учрашувига U-21 жамоасидан кўпроқ футболчи жалб қилдик. Лекин..."  0 20:17Мирко Еличич: "Суперлиганинг баъзи жамоалари кўрсатаётган футбол сифатидан қониқмаяпман"  1 19:54"Реал" базасининг 85 гектар ерида янги шаҳар қурилади  8 19:24"Реал" "Милан" футболчисини сотиб олмоқчи  3 19:00Ўзбекистон Кубоги. "Машъал" иродали ғалабага эришди, "Шўртан" йирик ғалабани тантана қилди  4 18:06Францияда ПСЖ стадионининг VIP ложаларига кириш рухсатномасини ноқонуний сотишда гумонланиб, 5 киши қўлга олинди. Рухсатномлар нархи 1500 еврогача етган  1 17:38Суперлига 10-турида ишловчи ҳакамлар эълон қилинди  2 16:50"Реал"да жисмоний тайёргарлик тизимини ўзгартиришмоқчи. Пинтуснинг усуллари зич тақвимга мос эмас деб ҳисобланди ва у Алонсо штабига кирмайди (Marca)   21

Dmitriy Kozachenko: "O'zbekistonga qaytishni xohlayman" Yangiliklar

Dmitriy Kozachenko: "O'zbekistonga qaytishni xohlayman"

2011 yilgi futbol mavsumida Qarshining “Nasaf” jamoasi tarkibida o'ynagan darvozabon Dmitriy Kozachenko yodingizdami?


Bugungi kunda u vatani Ukrainada bo'lib turibdi va o'ziga yangi jamoa izlayapti. Dima Kozachenkoning hozircha so'nggi jamoasi Ukraina ikkinchi divizioni vakili “Energiya” klubi bo'lib turibdi. Undan avvalgi mavsumarda esa Luganskning “Zarya”, “Nikolaev” klublari sharafini himoya qilgan edi. “Nasaf”ning 2011 yilgi mavsumda munosib tarzda ishtirok etishi va OFK Kubogini qo'lga kiritishida bu posbonning ham hissasi katta bo'lgan. Biz Dima bilan bog'lanib, O'zbekistondagi faoliyati, hozirda nima bilan shug'ullanayotgani, umuman futboldagi hayoti haqida intervyu oldik.

- Dima, bugungi kunda nimalar bilan bandsiz?

- Salom. Avvalo, siz orqali O'zbekistonda meni tanigan barcha insonlar, “Nasaf” muxlislari, sobiq jamoadoshlarim, klub rahbariyatiga salom yo'llamoqchiman. O'zbekiston, xususan Qarshidan ajoyib taassurotlar qolgan. Mehmondo'st xalqingizni aslo unutmayman. Yana O'zbekistonga qaytishni xohlayman. Bilmadim, bu istak amalga osharmikan? Endi savolingizga kelsak, bugungi kunda hamon futboldaman. Ammo hech bir jamoada o'ynayotganim yo'q. Hozircha desam to'g'riroq bo'lar. O'zimga yangi klub va ish joyi izlayapman. So'nggi to'p tepgan jamoam “Energiya” klubi bo'lib turibdi. Bu jamoa Ukraina 2-ligasi vakili hisoblanadi.  

- Futbolchilik faoliyatini yakunlash va murabbiylikka o'tish haqida o'ylamayapsizmi?
- Aslo yo'q. Men endigina 34 yoshga to'ldim. O'ylashimcha, darvozabonlar uchun bu ayni gullagan davr. Takliflar bor, ularni o'rganib chiqib, bir qarorga kelaman. Yuqorida aytganimdek, O'zbekistonga jon deb qaytgan bo'lardim.

- Lekin buning iloji yo'q. CHunki, bizda legioner darvozabonlarga cheklov qo'yilgan. “Nasaf”da ko'proq kim bilan do'stlashgan edingiz?
- Hamma bilan munosabatim yaxshi bo'lgan. Lekin ular orasida ampluadoshim Eldor Suyunov va jamoa etakchi futbolchilaridan ibri Artur Gevorkyan bilan juda yaqin edik.  

- O'zi aslida “Nasaf”ga qanday qilib kelib qolgan edingiz?
- Viktor Kumikovning taklifi bilan “Nasaf” jamoasiga kelgandim. O'shanda men uchun juda ham qiziqarli chorlov bo'lgandi. O'zbekiston shaharlari, ayniqsa, Toshkent va Qarshi menda juda katta taassurot qoldirgan. 2011 yilgi mavsum butun faoliyatimni bezaydi, desam xato qilmayman. O'sha yili “Nasaf” bilan Osiyoda nufuzi jihatidan ikkinchi o'rinda turuvchi OFK Kubogini qo'lga kiritganmiz. O'zbekiston chempionatida bronza medaliga ega chiqqanmiz. Taniqli mutaxassis Anatoliy Demyanenko qo'l ostida o'ynagan o'sha bir mavsumni unuta olmayman. Bir so'z bilan aytganda, “Nasaf” va butun o'zbek futbolidan minnatdorman.

- O'zbekistonlik darvozabonlar haqida qanday taassurotlar qolgan?
- Kuzatuvlarim asosida shunga amin bo'ldimki, O'zbekiston chempionatida istedodli darvozabonlar juda ko'p ekan. Eldor Suyunov, Ignatiy Nesterov va Murod Zuhurovni alohida takidlagan bo'lardim. Keyin “Paxtakor” jamoasida ham bir necha tajribali posbonlar bor edi. Ular bilan internet tarmog'i orqali gaplashib turamiz.

- Nima uchun “Nasaf”ni tark etgandingiz?
- Mavsum yakunlanganidan so'ng Luganskning “Zarya” klubidan taklif tushgandi. Bu jamoaning Ukraina Premer-ligasida ishtirok etayotgani diqqatimni o'ziga tortgandi. Qolaversa, vatanni ham sog'ingandim. “Nasaf” klubi rahbariyati va futbolchilar bilan juda iliq munosabatlarda xayrlashdik. SHu o'rinda “Nasaf” jamoasining fidoiy muxlislariga o'z salomimni yo'llamoqchiman. Qarshilik muxlislar O'zbekistondagi eng zo'ri edi.

- OFK Kubogi siz uchun qanchalik ahamiyatga ega bo'lib qoldi?
- Faoliyatimdagi klublar miqyosida hozirgacha yagona bo'lib kelayotgan titulni aynan “Nasaf” tarkibida qo'lga kiritganman. Bu sovrin menga qanchalik qadrli bo'lsa, O'zbekiston futboli uchun ham shunchalik muhim hisoblanadi. Keyin chempionatning bronza medallarini qo'lga kiritganim ham men uchun ahamiyatli.  

- Dmitriy, suhbatimiz so'nggida o'zingiz haqida malumot bersangiz...
- Avvalo, bizni unutmaganingiz uchun rahmat aytmoqchiman. O'zim sportchilar oilasida voyaga etdim. 1982 yilning 11 yanvar kuni Ukrainaning Kiev shahrida dunyoga kelganman. “Smena” futbol maktabi tarbiyalanuvchisiman. Birinchi murabbiyim - Mixail Labuzov. Aynan shu insondan millionlar o'yinining ilk saboqlarini olganman. Aksariyat bolalar singari hujum chizig'ida o'ynardim. Keyin yarim himoyaga o'tkazildim. Murabbiyning ko'rsatmasi bilan darvozani qo'riqlay boshladim. Ko'proq shu chiziqda foydam tegishini anglab etganimdan so'ng, darvozabon bo'lishga astoydil ahd qildim. Professional faoliyatim Kiev shahrining “Obolon” klubida boshlangan. Hali hamon yodimda, 1999 yilning 17 oktyabr kuni Axtirning “Neftyanik” klubiga qarshi uchrashuvda debyut o'yinimni o'tkazganman. O'sha o'yinda 1:1 hisobi qayd etilgandi. Keyin Poltavaning “Vorskla-2”, Brovarskning “Nafkom” klublarida o'ynadim. 19 yoshimda Italiyaning “Siena” jamoasiga taklif etishdi. O'sha paytda bu klub mamlakat V seriyasida ishtirok etardi. Lekin raqobatning o'ta kuchliligi sabab Appenin yarim orolida uzoq vaqt qolmadim. Zaxirada o'tiradigan yoshda emasdim. Tezroq o'sishim, darvozabon bo'lib shakllanishim uchun muntazam o'yin amaliyoti kerak edi. SHu bois, vatanimga qaytdim va “Nafkom” safida faoliyatimni davom ettirdim. 2005 yilning qishida Luganskning “Zarya” jamoasi bilan shartnoma imzoladim. 2007 yilning fevralida esa Simferopolning “Tavriya”siga, oradan hech qancha vaqt o'tmay, Qozog'istonning “Atirau” klubiga erkin agent maqomida o'tdim. 2008 yilning dekabrida Ukrainadan yana chorlov bo'ldi va 2009-2010 yilgi mavsumni birinchi liga vakili “Aleksandriya” jamoasida o'tkazdim. “Nasaf”ga kelishimdan avval esa malum muddat “Suma” jamoasida o'ynadim. Darvoqe, 2001 yili Xitoyning Pekin shahrida o'tkazilgan Butunjahon Yozgi Talabalar Universiadasida Ukraina terma jamoasi safida kumush medalni qo'lga kiritganman. O'sha musobaqadan so'ng terma jamoaning barcha futbolchilariga xalqaro toifadagi sport ustasi unvoni berilgandi.

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика