So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  0 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Dmitriy Gradilenko: "2009 yilda "Lokomotiv" havaskor ko'rinishda edi" Yangiliklar

Dmitriy Gradilenko: "2009 yilda "Lokomotiv" havaskor ko'rinishda edi"

Bugun sharxlovchi, GradilenKo futbol agentligi asoschisi va Zenit-Penza klubining sport direktori ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
"Toshkentga ilk bor 1985 yil Sobiq Ittifoq o'smirlar terma jamoasi bilan musobaqada qatnashish uchun kelgandim. O'shanda biz turnirda g'olib bo'lganmiz. 2009 yilda taniqli darvozabon Aleksandr Filimonovning "Lokomotiv"dagi o'yinlaridan birini ko'rish maqsadida kelgandim. Sashaning "Lokomotiv"ga o'tishi juda tez hal bo'lgan. Bu bilan uning katta futboldagi faoliyatini davom ettirishiga hissa qo'shganman. Hozir Filimonov Tulaning "Arsenal" klubida o'ynamoqda", - deydi Dmitriy Gradilenko.

2009 yil kelganimda "Lokomotiv" talabalar shaharchasida o'yinini o'tkazgandi. Barchasi havaskor ko'rinishda edi. Kecha bu jamoaning yangi stadioni va bazasi bilan tanishdim. O'zgarishlar katta ko'lamda. Futbol rivojlanishini hukumat qo'llab-quvvatlayotgani, mamlakat Prezidenti Islom Karimovning shaxsan etibori yuqori ekanligini bilaman. O'smirlar va yoshlarning jahon chempionatida o'ynayotgani bekorga emas. Ahmedov va Denisov Rossiyadagi yaxshi nomga egalar. Odil qishda "Krasnodar"ga ko'chib o'tadi. U "Anji"da bir tekisda o'yin namoyish qildi. Denisov "Lokomotiv" bilan jadvalda peshqadamlik qilyapti.

Futbolchilarning yangi jamoalarga o'tishida ko'p narsa ularning o'ziga bog'liq. Agentlarning hissasini juda katta deb aytmayman. Aksariyat vaziyatda futbolchilarning saviyasi barchasini hal qiladi. Klublar o'zaro muzokara olib borganda o'yinchining narxi yuqori bo'ladi. Agent taklif qilganda esa narx tushib ketadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика