So’nggi yangiliklar

17:06Расман: Олимпиада бронза медали соҳиби "Машъал"га ўтди  0 16:37"Ал Насср" "Челси" ҳимоячисига даъвогар  0 16:15Сўнгги мавсумини Туркияда ўтказган дарвозабон "Андижон"га келмоқда  2 16:02Расман: "Пахтакор" Турғунбоевни сафига қўшиб олди  4 15:49Расман: Рустам Турдимуродов – "Сурхон" аъзоси!  4 15:32Грилиш "Манчестер Сити"да машғулотларни давом эттирмоқда  0 15:10Мираброр Усмонов Кубоги-2025 мусобақаси тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  1 14:55Аёллар Осиё Кубогига қуръа ташланди: Ўзбекистон КХДР билан беллашади  2 14:37БУМ! Ўзбекистон МТЖ ноябрь ойида Тошкентда жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  27 14:26Ўзбекистон U-23 терма жамоаси хотира турнирида Японияга имкониятни бой берган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:13"Арсенал" Салиба билан шартномани узайтириш жараёнини тезлаштирди  1 13:40Мақсад U-23 Осиё кубогини ютишми ёки Олимпиадага чиқиш?   4 13:20Кичик Пеледан Марадона Жуниоргача: яшил майдонда омади чопмаган фарзандлар  3 12:55Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақасида Малайзия ўрнини эгаллайди  3 12:37Футбол фахрийси Гурам Дараселия вафот этди  3

Diyorjon Turopov: "Bugungi o'yin qiziqarli va kurashlarga boy tarzda o'tishiga aminman" Yangiliklar

Diyorjon Turopov: "Bugungi o'yin qiziqarli va kurashlarga boy tarzda o'tishiga aminman"

Xabaringiz bor, bugun Oliy Liga 11-tur o'yinlari doirasida “Lokomotiv” “Qo'qon-1912” jamoasi maydoniga safar uyushtiradi.

Anchagina qiziqarli ruhda o'tishi kutilayotgan mazkur qarama-qarshilik oldidan “temiryo'lchilar” jamoasi azosi Diyorjon Turopovning fikrlari bilan qiziqdik.

– Ushbu o'yinga reja asosida tayyorlandik. Murabbiylar shtabi bilan birgalikda raqib o'yinini o'rganib chiqdik. Takidlash kerakki, “Qo'qon-1912” bu yil ancha mazmunli o'yin ko'rsatyapti. Jamoa tarkibiga bir necha nafar yaxshi saviyadagi futbolchilar qo'shib olingani ko'rinib turibdi. Natijada esa qo'qonliklar o'z ishqibozlarini tez-tez qo'lga kiritilayotgan ochkolar bilan xursand qilishyapti.

Bugungi o'yin qiziqarli va kurashlarga boy tarzda o'tishiga aminman. Stadionga keladigan muxlislar zerikib qolishmaydi, deb o'ylayman. Nasib etsa, biz ham maydonga faqat g'alaba uchun chiqamiz. CHiroyli o'yin namoyish etgan holda “Lokomotiv” ishqibozlarini xushnud etishga urinamiz, – deydi mahoratli futbolchi klub matbuot xizmatiga.

Takidlash joiz, “Qo'qon-1912” – “Lokomotiv” uchrashuvi bugun soat 17:30da bo'lib o'tadi.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика