

- "Paxtakor"ga qarshi bahs uchun tayyorgarlik a'lo darajada ketmoqda. Murabbiylarning ko'rsatmalari asosida mashg'ulotlarni kuchaytiryapmiz. Jamoaning bir necha futbolchilari milliy termaning yig'iniga borib qo'shilgan. Albatta, yetakchi futbolchilarning o'rni har qanday jamoada bilinadi.
3 oy davomida jarohatim sababli "Lokomotiv"ning o'yinlarida qatnasha olmadim. Jamoada raqobat juda ham kuchli. Barcha futbolchining o'rnini yopa oladiganlar bor. "Buxoro"ga qarshi bahsda jismoniy holatim tomondan biroz qiynaldim. Ammo asta-sekinlik bilan oldingi jangovor holatimni tiklamoqdaman. Xudo xohlasa keyingi o'yinlarda jamoaga iloji boricha ko'proq yordam berishga harakat qilaman.
Shu fursatdan foydalanib, O'zbekiston milliy termasiga omad tilayman



