Diyor Xolmatov: “Vaziyatni to'g'rilash uchun oldinda etarlicha imkoniyatimiz bor”
18 sen 2024 00:33
Yangiliklar


Diyor Xolmatov: “Vaziyatni to'g'rilash uchun oldinda etarlicha imkoniyatimiz bor”
OFK Elit CHempionlar ligasi 1-turidan o'rin olgan “Paxtakor” - “Al-Vasl” (0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar vakili Diyor Xolmatov miks-zonada o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
O'yin haqida
- Yomon o'ynadik deb ayta olmayman. “Al Vasl” birgina standart vaziyatdan gol urib ketdi. SHu vaziyatda xatolikka yo'l qo'ydik va bu mag'lubiyatga sabab bo'ldi.
- Mag'lubiyatdan keyin jamoadagi ruhiyat qanday?
- Hammasi yaxshi. Oldimizda ko'plab o'yinlar bor va biz keyingi uchrashuvlarda vaziyatni to'g'rilay olishimizga ishonaman. Bugun ham yomon o'ynamadik, lekin birgina vaziyat raqibning g'alabasiga sabab bo'ldi. Ko'rsatgan o'yinimiz emas, natija yomon.
- Demak, “Paxtakor”ning oldinda vaziyatni to'g'rilash uchun imkoniyatlari etarli deb hisoblaysiz?
- Albatta. Turnirni endigina boshladik. O'yindan o'yinga kuchayib boramiz. Oldinda vaziyatni to'g'rilash uchun imkoniyatlarimiz etarli.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar