Diyor Xolmatov: "Tayanch hududda o'ynash? Men istalgan poziciyada o'ynay olaman"
26 iyu 2023 21:19
Yangiliklar
Diyor Xolmatov: "Tayanch hududda o'ynash? Men istalgan poziciyada o'ynay olaman"
"Bunyodkor" - "Paxtakor" o'yinidan (1:2) so'ng Championat.asia muhbiri Emil Bekmuhamedov mehmonlar yarim himoyachisi Diyor Xolmatovga savollar bilan yuzlandi.
- O'yin haqida nima deya olasiz?
- Yaxshi haarkat qildik, asosiysi g'alabani qo'lga kiritdik.
- Nega tayanch zonasida o'ynadingiz?
- Murabbiy shuni xohladi.
- Ushbu poziciyada o'ynash noqulay emasmi?
- Jamoa muvaffaqiyati uchun istalgan poziciyada o'ynay olaman.
- Poziciya borasida Maksim SHackix bilan qandaydir subat bo'ldimi?
- Hech qanaqa suhbat bo'lgani yo'q, chunki markazda o'ynardim. Bu men uchun yangi poziciya emas. Agar murabbiy o'ynashga qodir deb hisoblasa, jamoaga yordam berishdan xursand bo'laman.
- Joriy mavsum "Paxtakor" uchun qanday o'tmoqda?
- "Paxtakor" uchun har bir mavsum o'zgacha og'ir, osonini ko'rmaganman. Ammo oldimizga qo'yilgan vazifalarni bajarish uchun qo'limizdan kelganini qilamiz.
Fikrlar