So’nggi yangiliklar

18:53"Реал"нинг яна бир футболчиси жароҳат олди ва 8 ҳафтага сафдан чиқди  0 18:22Гари Невилл: "Бугун топ-футболчилар МЮга ўтишни истамаяпти"  1 17:37Ильдар Маматказин: "Навбаҳор" билан зўр финал бўлади. Мухлислар? Яхшиси "Бобур Арена"га келинг"   5 17:22Футзал. Венесуэла футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  2 16:46Расман: Легионерлардан бири "Ал Насср" билан шартномасини бекор қилди  1 16:00⚡️Сречко Катанец бўлажак рақиб КХДР терма жамоаси ҳақида нималар деди?   7 15:49Де Росси маълумотни тасдиқлади  0 15:19"Ал Иттиҳод" "Арсенал" ярим ҳимоячиси бўйича расмий таклиф юборган  0 15:00⚡️Юсупов ёки Неъматов? Сентябрь ойидаги ўйинларда терма жамоа дарвозасини ким қўриқлайди? Катанец жавоб берди  13 14:18⚡️Сречко Катанец Париж-2024да иштирок этган Ўзбекистон олимпия терма жамоаси ҳақида қандай фикрда?   16 13:53ЖЧ-2026 саралаши. БАА терма жамоасига чақирилган футболчилар рўйхати маълум  5 13:24ЖЧ-2026 саралаши. Эрон бўлажак ўйинлар учун таркибини эълон қилди. Рўйхатда клубсиз футболчилар ҳам бор  8 12:49Тен Хаг "Манчестер Юнайтед" ўйини ҳақида: "Кечирасизлар, аммо тушунинг, мен Гарри Поттер эмасман"  20 12:23ЖЧ-2026 саралаши. Қатар бўлажак ўйинлар учун таркибини эълон қилди. Рўйхатда Испания клубидан чақирилган футболчи ҳам бор  5 11:54Футзал. Марокаш футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  3

Diyor to'g'ri gapirayapti, men ham shunday fikrdaman Yangiliklar

Diyor to'g'ri gapirayapti, men ham shunday fikrdaman

Nega shuncha paytdan beri ko'rinmay qolgan edingiz deysizmi? Bizda ham endi mavsum tugadi, dekabr va yanvar oylarida biron narsa qoralab qolishim mumkin. Fevral boshidan yana safarlar va musobaqalar, ish ko'p.

To'g'risini aytaman, bugungi futbolimizga biroz beetibor bo'ldim. Men ishlab yurgan paytlardagi futbolchilar faoliyatlarini deyarli tugatdilar va tugatish arafasida. Undan keyingi avlod bilan ham ancha ishladim. To'g'risi bugun katta futbolga kirib kelayotgan1998 yildan keyingi futbolchilar bilan deyarli tanish emasman. Maqsadim boshqacharoq, 2006 yillar bilan yana katta sahnaga qaytish. 1998-2006 yillar oralig'idagi sifat bilan, 2006 dan keyingisi tub farq bo'ladi. Biz yana 1976-1993 yillar oralig'ida tug'ilgan futbolchilar ko'rsatgan sifatni qaytara olamiz. Sababi bu avlod to'g'ri tizimda o'sdi. U paytlar bolalar futbolida tizim ishlagan. Afsuski 1995-2005 yillargacha bo'lgan avlod izdan chiqqan relsdan yurdi. To'g'ri tizimdan chiqmagan futbolchilar avlodi ham kamida 10 yil katta futbolda faoliyat yuritadilar. Bizda boshqa avlod yo'q va bunga ko'nikishimiz kerak bo'ladi. 


Bugungi avlod umuman boshqa tartibda katta bo'layapti. Musobaqalar juda ko'p. O'yin amaliyoti etarlicha. Bolalar futbolida raqobat ancha o'sgan. Endi murabbiylar selekciya bilan ham shug'ullanishga majbur bo'layaptilar. Xullas bizni yaxshi kelajak kutayapti, lekin ungacha...

Mana endi sarlavhaga qaytaman... Agar 7-8 yildan keyin ham kattalar o'rtasidagi futbolning professionallik darajasi bugungidek bo'lsa, unda barcha qilinayotgan mehnatlar sariqchaqaga tengligicha qolaveradi. So'nggi yillarda PFL principini yo'qotib qo'ydi. Reglament ishlamadi. Kim tushib ketadi, kim chiqadi, yangi mavsumda nima qanday bo'ladi, hech kim bilmadi. CHunki klublar ertaga qanday moliyaviy holatda bo'lishini o'zlari bilmaydilar. Faqatgina "Paxtakor" keyingi yilni quchoq ochib kutib olayapti, qolganlari o'tiribdi, hokim qancha summaga qo'l qo'yar ekan deb. Mana muammo qaerda, Superligadagi muammodan ancha yirikroq muammo PRO Ligada. Ular sharafini himoya qiladigan viloyat, birinchi navbatda Superligasining byudjetini bilan ovora hozir. Ularga navbat qachon etib kelishini o'zlari ham bilmaydilar. Qolaversa, deyarli barcha rahbariyat vakillari Respublikamizda saylov akciyalari bilan ovora. Mana nega Diyorning gapini to'g'ri deb aytayapman. Klublar xususiylashtirish yo'lini tanlashlari kerak. Bu oson bo'lmaydi, bunga yillar kerak bo'ladi. Lekin qachondir boshlash kerak-ku? Hozir bolalar futbolida xususiy klublar ko'payib ketdi. Ular ikki xil uslubda ishlashayapti, aksari badal puli yig'ish orqali biznesini shakillantirayapti, bazilari 7-8 yil keyingi kunni o'ylab istedodlarga etibor tashlagan. Yuqoridagi klublar ham shu tizimni o'zlarining asosiy falsafalaridan biriga aylantirishlari kerak. Ertaga hokim kim bo'lishidan qatiy nazar yangi mavsumga o'ylanmay tayyorgarlik ko'rish uchun. 

Ko'rib turibmiz, kundan kunga kurs oshib borayapti. Masalan, "Bunyodkor" va "Nasaf" jamoalari yaqin-yaqingacha 30-40 mlrd so'm atrofida moddiy taminotga ega bo'lib kelganlar. Bu o'sha davr uchun dollarda 8-10 millionni tashkil qilgan. Hozir ularning byudjetlari so'mda qisqargan, 15-20 mlrd atrofida, kursning ko'tarilishi esa uni 1.5-2 mln $ ga teng bo'lishiga sabab bo'layapti. 8-10 mln $ byudjetga ega klub chet eldan oyiga 10 000 - 50 000 $ oluvchi futbolchilarni olib kela olgan. "Bunyodkor" yulduzlarini hisobga olmaymiz, Boyan Miladinovich yoki Artur Gevorkyan saviyasidagi futbolchilar bugun hech qanaqasiga 3000-5000 $ga kelmaydi. Ularning maoshlari kamida 20-30 ming AQSH dollari bo'lsagina o'ylab ko'rishadi. Kurs esa "bunday"! 3-4 nafar futbolchini olish orqali klub byudjetining tagi ko'rinib qolishi hech gap emas. Bunday vaziyatda nima qilish kerak? Superligada bugun faoliyat olib borayotgan juda ko'plab futbolchilar, hafa bo'lishmasin, bugungi maoshga arzimaydi. Barcha klublar o'yinchining sifatiga qarab maosh belgilasa, ular boshqa qaerga boradilar? Suniy o'sib ketgan maoshlardan tejaladigan mablag'larni akademiyalarga, infrastrukturaga ishlatish kerak. Kelayotgan 5 yil barcha etibor pastga qaratilsa, 6 yil o'tib har bir klubning o'z yulduzlari paydo bo'la boshlaydi. 

PRO-Liganining norasmiy nomi barchamiz bugun bilamiz. Murabbiy va futbolchilar tilida, uni "TATA" deb atashmoqda. Avvallari berkinib gapirganlar, bugun ochiqchasiga totalizator o'yinlarini tahlil qilayaptilar.

Kuni kecha bo'lib o'tgan bir voqeaga ham kulasiz, ham yig'laysiz. Bolalar jamoasini poytaxtga olib kelgan klub murabbiyi, klub tomonidan mablag' taminlanmaganligi uchun 5 kun mehmonxonada "zalog" sifatida ushlab o'tirildi. Bu qaysi klub ekanligi sir bo'la qolsin. Ayrim jamoalar ochiqchasiga bolalar murabbiylariga, keyingi bosqichga chiqmaslik kerakligini aytadilar. Bir yilda yaxshi bir futbol maktabini ushlab turish uchun ko'p ketmaydi, bor yo'g'i 500 mln so'm! Bu Superliga klublari uchun xamir uchidan patir. Agar bugun aqlni ishlatmasak, bir paytlar 10 mln AQSH dollariga teng bo'lgan byudjet, 4-5 yildan keyin 200-300 mingga tushib qolmasligiga hech kim kafillik bera olmaydi. Lekin mana shu 5 xonalik raqamlarni 6taga aylantirish o'zimizda qo'limizda ekanligini ham unutmaylik.

Biron xabar o'qidingizmi, "palon" klub, "palon" klubning ish boshqaruvchisini qo'lga kiritmoqchi yoki akademiya murabbiyini o'ziga og'dirib olayapti degan? Yo'q, o'qimaysiz, chunki bizning klub rahbarlarimizga mavsumda futbol uchrashuvlarini tashkil qilib tura oladigan 4-5 kishi va futbolchilar bo'lsa bo'lgani. Hamma narsa futbolchi uchun, hamma narsa biron kuchli chempionatdan joy topa olmay, so'nggi chora sifatida O'zbekistonga kelgan murabbiy uchun. Xorijlik murabbiy bilan vaqtida hisob kitob qilamiz, mahalliy murabbiyni biron ayb bilan bo'shatib yuborib, 5-6 oylik maoshlarini "kiydirib" ketish oddiy holga aylandi! Huquqingizni himoya qiling, janob murabbiylar! 

Futbol bu xalqning kayfiyati, lekin afsuski buni klub mutaxassislari tushunib etmayaptilar!

Fevral mavsumiga qadar ko'proq uchrashib turishga harakat qilaman, rahmat!

P.S: Diyor bilan telefonlashib qoldik, bir yangilikni aytdi. Yangi reglamentda mahalliy murabbiylarning ham huquqlari himoyalinadi. 


Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика