So’nggi yangiliklar

13:41"Ливерпуль" собиқ футболчиси АПЛга қайтишга яқин  0 12:50"Бенфика" Туркия терма жамоаси етакчиларидан бирини сотиб олди  1 12:22Водий дербиси қачон ўтказилади? Суперлиганинг октябрь ойи тақвими  0 12:05Иброҳимҳалил Йўлдошев тўп тепаётган "Қайрат"да бош мураббий ўзгарди  1 11:42Саудия Арабистони клуби яна бир бразилияликни ўз сафига қўшиб олди  1 11:17Роналду: "Португалия терма жамоасидаги фаолиятимни якунлаш? Мен асосий таркибда ўйнашим керак"  11 10:45Расман. Шукуровнинг янги жамоаси навбатдаги трансферни эълон қилди  0 10:17"Ал Иттиҳод" "Аякс" етакчиларидан бирини сотиб олди  1 09:50Германия терма жамоасининг янги сардори маълум  2 09:21"Ал Насср" "Челси" футболчисини 23 миллион еврога сотиб олди  3 08:52Легионеримиз жароҳат сабабли Ўзбекистон МТЖнинг сентябрь ойидаги ўйинларини ўтказиб юборади  6 08:24ПСЖ футболчиси "Ал Иттиҳод"га кўчиб ўтди  0 07:55Расман. Осимхен "Наполи"ни тарк этди  6 07:37Расман. Ўзбекистон терма жамоаси етакчиларидан бири фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттиради  8 23:30Ильдар Маматказин: "Навбаҳор" билан зўр финал бўлади. Мухлислар? Яхшиси "Бобур Арена"га келинг"   14

Diyor Imomxo'jaevdan: O'zgar, oliy liga! Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaevdan: O'zgar, oliy liga!

Bir yil oldin oliy liga formatiga o'zgartirish kiritish kerakligi haqida maqola yozgandim.

Yil davomida o'sha fikrga asoslanib, milliy chempionat o'yinlarini kuzatib bordim. Meni xursand qilgan yagona narsa, fikrimning o'zgarishsiz qolgani va o'sha maqoladagi fikrlar hozirga kelib o'zini oqlagani.

Ha, bu nokamtarlik. Har bir odam o'z muvaffaqiyatidan xursand bo'lishga haqli, men ham. Ammo men o'sha fikrlarim uchun mavsum yakuniga kelib uyalib qolishga qarshi emasdim, futbol rivoji uchun.

Oliy Ligada klublar soni 16 taga etkazilgani bilan, ularning hammasi ham bu dargohga torta olmasligini hamma biladi. PFLdagilarning o'zi ham xabardor bundan. Biroq klublar sonining ko'payishi keng ko'ringani bilan, aslida torroq bo'lgan kiborlar dunyosida obro'ga aylanib qolgan, xolos. O'zbekistonda professional klublari soni 16 ta (!) deb kerilish uchungina milliy chempionatni “o'ldirish” u qadar chiroyli emas.

O'zbekiston klublarini etarlicha tanqid qilganman, tan olaman. Bugun esa uchta klubga o'zimning minnatdorchiligimni bildirib qo'yishni istardim. Aynan ularning harakati sabab Oliy Liga bellashuvlari o'tgan yildagidan qiziqarliroq tus oldi: “Buxoro”, “Metallurg” va “Qizilqum”. Eng kuchli to'rt klubni bu ro'yxatga qo'shmadim. CHunki ular amalda katta o'zgarishga qo'l urgani yo'q. “Bunyodkor” o'z yo'lini allaqachon topib olgan, “Nasaf” bir maromda borishni eplayotganining o'ziyoq tahsinga loyiq. “Lokomotiv” relsiga tushib bo'lgan. “Paxtakor” kuchsizlangan bo'lishi mumkin, biroq o'zi istasa o'sha “Bunyodkor” va “Lokomotiv”larni bemalol mag'lub eta olishini hammaga ko'rsatib qo'ya oldi.

Men yuqorida tilga olgan klublar esa kutilmagan yurishni amalga oshirdi. Rustam Mirsodiqov boshchilik qiladigan “Metallurg” “Futbol sharhi” davrida eng mavzubop jamoa edi. SHunga qaramay, unga bo'lgan simpatiyamni hech qachon yashirmaganman. Qaysi manoda? Byudjet jihatdan olib qaraganda u eng kamtar klublardan biri. Va umuman, kelishmasdan o'ynagan o'yinlarida O'zbekistondagi istalgan raqibning kunini ko'rsatib qo'ya oladi. Kelishganida ham hech kim uning oldiga tusha olmaydi, shunday kelishadiki, oxir-oqibat vodiy klublariga o'xshab yurak hovuchlab yurmaydi. Bu yil esa Bekobod klubi mehnat qildi, chinakkam mehnat. Kelishgan joylari bo'lsa ajablanmayman, har qalay bunga shubha qoldiradigan darajada ish qilgani yo'q. O'yinlar va ularning natijalariga qaragan odam “Metallurg”dan nafratlanmaydi.

“Buxoro” va “Qizilqum” esa 2016 yilgi mavsumning eng baraka topgur klublari bo'ldi, ular chempionatga fayz olib kirdi. To'g'ri, bu sharoit chempionlik uchun kamlik qilishi mumkindir. Biroq mahalliy futbol muxlislari shu natijaning o'zidan ham quvongan bo'lishi, tabiiy. Nega? Birinchidan, taniqli futbolchilar jam bo'ldi. Ikkinchidan, uy uchrashuvlarida bu klublar maydoniga boradiganlar titrab turdi. Aytaylik, Rossiya chempionatida chempionlik uchun kurashadigan 2 yoki 3 ta klub bor bo'lsa-da, bir-biriga jiddiy raqobat tug'dirishi mumkin bo'lgan kamida 8 ta jamoani sanash mumkin. “Buxoro” va “Qizilqum”ning xizmati esa raqobatbardosh jamoalarning ko'payishiga hissa qo'shganidir.

Vodiy jamoalari o'z muxlislarini uyaltirib tashladi. Kelishishdan tortib, namoyish qilgan futboliga qadar. Masalan “Neftchi”ning Qo'qonda mag'lub bo'lishini kelishilgan deyishga hech qanday asosim yo'q, biroq men bu uchrashuvni tomosha qilish uchun stadionga bormay qo'ya qolardim. CHunki natijani shunday taxmin qilib bo'lgandim. Viloyatdoshiga yordam berish ham farz, ham qarzga o'xshagan narsa.nav-neft

Mana shu nuqtada yil boshida aytilgan fikrga qaytib kelaman, nima keragi bor Oliy Ligaga yana 4 ta ortiqcha klubning? O'zingiz ayting, quyi o'rinlarda borayotgan jamoalar nima karomat ko'rsatdi? Samarqandning “Dinamo” klubi 1-liganing o'limtik klublarini urib yurgani bilan, Oliy Ligaga o'tgan yilgi “Dinamo” bo'lib qaytib kelsa, ajablanmayman. Vaholanki, Oliy Ligada quyi to'rt o'rinni egallab turgan klub ham 1-ligada bo'lganida, “Dinamo”ning quyi ligadagi missiyasi bu qadar silliq kechmasdi. Oliy Liga nafasini ko'rgan klublarning quyi ligada ko'proq bo'lishi ichki chempionatni nisbatan qiziqarli qiladi. Nega? CHunki 1-ligadan turib, elita sari harakat qiladigan faqatgina 1 ta klub bor. Yo'llanma soni esa 1 tadan ko'p. “Norin” degan jamoaning Oliy Ligada paydo bo'lib qolishi o'zbek futbolini oldinga boshlab qo'ymaydi-ku.

Elitadagi jamoalar soni 12 tani tashkil qilib, avgustga qadar 22 ta tur o'tkazilganida esa, kuzgi mavsumdagi chempionlik jangi juda qiziqarli bo'lardi. Aytaylik, mavsum yarmiga kelganidan keyin o'zini ushlab olgan “Buxoro” va “Qizilqum” klublarida ham chempionlik uchun kurash olib borish imkoniyati bo'lardi. Ko'ryapmiz, “Lokomotiv” Buxoroda, “Bunyodkor” esa Navoiyda qanchalar qiynalayotganini. Ayni paytda bu klublar mavsum boshida yig'ib olgan ochkolari tufayli etakchi bo'lib turibdi.

Masalan bu yilgi mavsum “So'g'diyona”ga ham qisman aql kirdi. Klub kutilganidan ancha tuzukroq o'yinlar namoyish qildi. Uning kabi klublar oltilikka kira olmay, bir-biri bilan 1-ligaga tushib ketmaslik uchun kurashganida ham Oliy Liganing hozirgi ahvolidan ancha kuchliroq manzara guvohiga aylanardik. Buxoroda to'layotgan stadion, yuqoridagi format bilan Toshkent stadionlariga ham muxlislarni qisman qaytarar balki, chiqmagan jondan umid. “Paxtakor” muxlislari “Bunyodkor” yoki “Lokomotiv”ning mag'lubiyatini stadionning o'zidan ko'rish uchun ham tushib beradi o'sha stadionga.

Bu yo'lga o'tish qimmat turmaydi, katta o'zgarish qilish shart emas. SHunchaki o'zbek futboliga jon kuydirib ishlaydigan kadrlar kerak. Bir vaqtlar pul bo'lmasdi, hozir esa pul bor, aql tanqisga o'xshab qolgan. PFL kabi tashkilotning o'qigan, fikrlaydigan, solishtira oladigan va jahon futbolini kuzatadigan odamlar qo'liga o'tishi futbolni balki biroz ko'tarar. Yana bilmadim. Har holda ayrim illatlar qon-qonimizga qadar singib ketganiga yildan-yilga ko'proq ishonib bormoqdaman.

Diyor IMOMXO'JAEV

Erudit Sport gazetasidan.

Reyting: +61   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика