So’nggi yangiliklar

01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  2 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  13 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  86 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  846 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7

Diyor Imomxo'jaevdan: Mantiqsiz o'yin Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaevdan: Mantiqsiz o'yin

Teglar :  NavbahorNorin
O'z tarixida O'zbekiston Oliy Ligasidan hech qachon tushib ketmagan klub Haqqulobod jamoasidan engilishi kerak edimi?

Butun boshli Namangan viloyatining birinchi raqamli jamoasi shu viloyatning bir chekkasidan chiqib qolgan “Norin” jamoasidan-a?

“Norin” raqibini engib qo'yganida ham Oliy Ligada o'ynay olarmidi, degan savol berilsa, unga javob berish nisbatan osonroq bo'ladi. Va buni hamma bilib turadi. Ikkita liga o'rtasidagi farq shu qadar kattaki, ikkinchisidan yo'q bo'lib qolsang birov sezmaydi ham.

Mana masalan “Oqtepa”ni olaylik. Bir yil avval o'tish o'yinida qatnashib, “So'g'diyona”ga etarlicha tashvish tug'dirgandi. Hozir esa o'rni tagi yo'q. Bir necha yil qilgan mehnating qandaydir klubni olib qolish yo'lida sariq chaqaga aylanib qolsa, 4 ta “Oqtepa”ni ham yopib yuboraverasan, muammo yo'q. Keyingi yilga qolmay “Norin” yo'q bo'lib ketsa, kim ajablanadi? Uning kabi jamoalar kammi? “Atlaschi”, “Surxon”, “To'palang”, “Nukus” kabi Oliy Ligada o'ynab ko'rgan jamoalarni bitta nafasda “ko'mib” yuborgan odamlarmiz, bunisini ikki barobar osonroq hazm qilamiz. Haqquloboddagilar mazur tutishsin, bu haqiqat. Ularning harakatiga, intilishiga, irodasiga qoyil qoldim. Biroq qani endi hamma narsa shu fazilatlarga bog'liq bo'lganida. Oliy Ligaga esa pul kerak, qolgan hamma narsa inkor qilinadi bu joyda.



Quyi ligadan tepaga chiqishi mumkin bo'lgan jamoa bor-yo'g'i 1 dona bo'lar ekan, o'tish o'yini teatrdan boshqa narsa emas. Men uni shunday qabul qilaman. PFL ham buni tushunadi va tushungani uchun ham o'yinni o'tkazish yukini bir yil “Olmaliq”qa, keyingi yil “Lokomotiv” bo'yniga tashlab qo'ya qoladi. O'zi bosh-qosh bo'lib ham o'tirmaydi. “Lokomotiv” esa mana stadion deydi, mana to'p olib beruvchilar, deydi. Masalan o'zi shu stadionda o'ynasa, uni qordan tozalab qo'yardi. Xuddi qor ko'proq vaqtida “Bunyodkor” kubok yarim finali oldidan maydondan qorni kurab tashlaganidek. Biroq Namanganning ikkita klubi o'ynaydigan va artistlar tili bilan aytganda “tom suvoq” o'yin uchun nega endi “Lokomotiv” ishchilari qor kurashi kerak? Ob-havo injiq vaqtida, Qamchiq dovonidan yurish u qadar tavsiya etilmaydigan bir vaqtda Namangan klublarini Namanganda o'ynatib qo'ya qolsa nima qilardi, degan mantiqli savol ham bo'ladi. Oliy Liga o'yinlarini vaqtini etarlicha o'zgartiradigan, kerak bo'lsa so'nggi turni bir vaqt mayli-ku, ikki kunda o'tkazishdan iymanmaydigan PFL o'tish turniri joyini ko'chirishni o'ziga ep ko'rmaganimi bu? “Nasaf” bilan “Bunyodkor” kubok finalini Jizzaxda o'tkazishi juda zo'r ish. “So'g'diyona” bilan “Oqtepa”ning Olmaliqqa tashrifi ham yaxshi, neytrallik bor. Vodiyning ikkita jamoasini Toshkentga olib kelish nimasi? Toshkentliklar o'z klubi o'ynaganida maydonga tushmaydi-ku, Namangan klubi o'yiniga keladimi stadionga? Uchrashuv yana ish qaynaydigan dushanbaning ish vaqti bo'lgan 13:00 da boshlansa… Mantiqsizlik!

Hammasidan ham qoyil qolganim,... maqolaning qolgan qismini "Erudit Sport" saytida o'qish mumkin. 

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика