So’nggi yangiliklar

22:20Ўзбекистон кубоги. "Қизилқум" – "Андижон" 0:3. Highlights  0 22:00"Андижон" "Қизилқум" устидан йирик ғалаба қозониб, Ўзбекистон кубоги ярим финалига йўл олди!  16 21:35Ўзбекистонлик футболчи ўртоқлик ўйинида "Атлетико Мадрид" дарвозасига гол урди  1 21:10"Ал Насср" "Манчестер Юнайтед" вингерини сотиб олишни жиддий мақсад қилди  1 21:05Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 1:2 (матнли трансляция)  43 20:47УЕФА Родри ва Моратани жазолади!  0 20:28"Норвич" "Манчестер Сити" ҳимоячисини ижарага олди  0 20:01Ибрагимович "Милан"даги вазифаси ҳақида маълумот берди  1 19:39Фонсека "Милан"нинг кейинги мавсумдаги мақсадини айтди  1 19:18Ўзбекистон Кубоги. "Қизилқум" – "Андижон". Таркиблар маълум  4 18:50"МЮда ўйнаш осон эмас" — Андре Онана  3 18:31Расман: "Динамо" бразилиялик вингер трансферини эълон қилди  4 18:05Ди Мария фаолиятини қаерда давом эттириши маълум  2 17:38Кроос Медиалигани ишга туширди, иштирокчилар орасида ўнлаб футбол юлдузлари бор  1 17:11"Ал Насср" ҳимоячиси Европага қайтиш учун маоши сезиларли даражада камайишига ҳам рози  3

Diyor Imomxo'jaev: "Sokker klub"dagi hakam uchun atalgan fikrlar haqida Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaev: "Sokker klub"dagi hakam uchun atalgan fikrlar haqida

Teglar :  Soccer club
Bazida skrinshotlar, bazida qandaydir perepiskalar kelib qoladi, o'zim tanigan, bilgan va yoqtirmagan odamlarga tegishli.

Yuborib turishadi, yuboradiganlar o'shalarning asl basharasini bilib qo'yishimni xohlashar balki, bilmadim. Yuborishlari ham to'g'ri ish emas aslida, lekin bilmay o'tib ketmayotganim uchun indamay qabul qilib turaman. Buni o'rtaga adovat solish uchun qilishadi deb o'ylamayman, chunki etarli darajada nafratlanib ulgurganman, adovatga o'rin qolmagan.

“Sokker klub” efir yuzini ko'rganiga ko'p vaqt bo'lmadi. Bor yo'g'i ettita songa ulgurdik, halos. Ko'p hollarda loyihani yopib yuborish fikri ham keladi, futboldagi kishilar bilan doim ko'rishishga majburman, yoqmayapman ko'pchilikka, odamlar ishonmay qo'yishlari xavotirga soladi. Biroq boshlayotganimda bularga tayyor turishim kerakligini bilganman. Hozir kanal rahbariyati dastur uchun sharoit yaratib beryapti, MTRK rahbariyati himoya qilib kelyapti. SHaroit vaqti kelib bo'lmasligi mumkin-ku, nega borida foydalanmaslik kerak? Muhimi aldayotganim, zakasga ishlayotganim, laganbardorlik qilayotganim yo'q, oddiy jurnalist nima qilishi kerak bo'lsa qo'limdan kelganicha qilishga urinyapman.

Hozir gap bu haqda emas, gap umuman boshqa joyda. Ko'rsatuvning 7-sonini yakunlashda mehmon hakam haqida quyidagi fikrlarni qo'shib qo'ydim: “Xolmat Mirzaahmedov ichidagilarni to'kib sochgani rost. U hozir hakamlik sohasida emas. Referi bo'lib ishlaganida qanday ishlarga qo'l urganini uning o'zidan eshitdingiz. Bunday nomaqbulchiliklarga aralashgan kishining hamma gapiga ishonish ham yaramaydi. Hayotda shunday insonlar bo'ladi, bitta gapiga o'nta guvoh kerak. Biz avvalambor qo'rqmasdan fikr bergani uchun unga minnatdorchilik izhor qilamiz. Va aytib o'tamizki, uning o'zi minbar so'rab chiqmaganida, biz uni ko'rsatuvga taklif qilib o'tirmasdik. “Sokker klub” shiori “doimo halol o'ynang” bo'lganidan keyin unda chiqish qiladigan kishilar ham bu talablarga javob berishlarini istardik. Xolmat aka ko'pni ko'rgani uchun ham, balki o'zidan keyingilar bunday yo'lga kirmasliklari uchun ham mikrafon so'rab olgandir. Umid qilamizki, qolganlar o'rnak olishmaydi”.

Ha, mehmonim haqida yaxshi yakun emas. Ammo vaqt orqaga qaytarilsa xuddi shu satrlarni yana bir marta qo'shib qo'yaman. Xolmat aka “Futbol sharhi” ko'rsatuvida ham mehmon bo'lganini eslayman. “Sokker klub” mavzusida qo'ng'iroqlashganimizda bu haqda gaplashib oldim. Ayamasligimni, xohlagan savolimni berishimni va keyin hech nimani o'zgartirmasligim haqida ogohlantirib, keyin ko'rishdim. Bitta insonga nisbatan turli tomondan qaray olaman. Qo'rqmasdan aytganlari uchun hakam ko'z oldimda – mujik. Xatto o'zidan o'tganlarini ham berkitib o'tirmadi. Fikrlariga yolg'on aralashtirmadi, borini to'kib sochdi va shuning uchun ham unga raxmat aytib qo'ydim. Lekin u kim bo'lishidan qatiy nazar qilgan amallariga qarab baho beraman, bundan keyin ham shunday bo'lib qoladi. Esini tanib olgan inson qing'ir yo'lga bilmay kirib qo'ydim desa, ensam qotadi. Ammo aqlini yig'ib olganida qilganlaridan afsusda bo'lsa, unga nisbatan xurmatim oshadi. Endi ko'rsatuv so'nggida aytilgan fikrlarni kim qanday tushunsa tushunaversin. Men ismlar aniq aytilgan joyda ovozni o'chirganim rost (chunki bunisi tuhmat bo'lishi mumkin. Hali isbotlanmagan masalani duch kelgan odamning gapiga ishonib efirga olib chiqa olmasdim), biroq hakam aytganlari va muxlislar eshitganlari uchun ortiqcha isbot shart emas. Muhimi, fikrlarini bera olganimiz.

Kulguli jihati shundaki, bu borada tanqid va provakaciya boshlayotganlar orasida ayrim hamkasblarim ham bor. Aniq bilganim uchun aytdim. Muxlislar uchun atalgan izohli joylarga notanish niklar bilan kiradigan, pisib turib ovoz chiqaradigan, birovga yomonlik, kasallik va muvaffaqiyatsizlikni sog'inadigan jurnalistlarimiz borligi ham aslida yaxshi – ular yanada kuchli bo'lishing uchun ham kerak (va shu o'rinda bir-biriga dalda bo'ladigan, qo'llab-quvvatlaydiganlarga raxmat aytaman). “Sokker klub” va umuman o'zimga tegishli lavhalarning har bir satri uchun javobim bor. Men yuzimni, kimligimni yashirib pismayib chiqish qilayotganim yo'q. Aytib o'tganim kabi hamkasblarim yoki fanatizm dardida chalingan allaqanday kishilar bo'lsa -  yuzlarini ochib chiqishsin. Sog'lom muhitda, madaniyatli ko'rinishda, erkakka o'xshab fikr almashishimiz mumkin. Buning uchun ijtimoiy tarmoqlar va qator vositalar bor.

Ha, aytgancha, Mirabror Usmonov Xolmat Mirzaahmedovning birgina rost gapi uchun bosh hakam qilib qo'yganini ortiqcha chaynash shart emas. CHunki o'sha hakamlik birinchi va oxirgisi edi, buni unutmaslik lozim. Tan olaman, federaciya prezidentining o'sha siyosati maqul bo'ldi. CHunki unda rost gap uchun rag'bat, qing'irliklar uchun esa kichik bir jazo ham bor. Nazarimda tushuntira oldim.

Pastkashlikdan tiyiling, hech qanaqasiga yarashmaydi. 


Diyor Imomxo'jaev

Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика