So’nggi yangiliklar

23:31Рўзиқул Бердиев: "Охирги зарбани беришда совуққонлик етишмади"  0 23:20Максим Шацких: "Бугун ютишимиз ҳам, ютқазиб қўйишимиз ҳам мумкин эди"  1 22:55Here we go! "Барселона" асосий ҳимоячиси "Ал Насср"га ўтмоқда  0 22:40Баҳром Ҳайдаров: "Ҳар бир гапимиз баҳонага ўхшаб қоляпти"  2 22:08Виталий Левченко: "Биз ҳам "Қўқон-1912"га ёрдам қилдик"  6 21:58Суперлига. "Насаф" ўз уйида "Андижон" билан дуранг ўйнади  95 21:42Биласизми? "Нефтчи" бу йил сафар ўйинларида мағлуб бўлмади  0 21:24"Қўқон-1912" 3 ойдан бери ғалаба қозона олмаяпти  3 21:11Конференциялар лигаси саралаши. "Викинг" - "Истанбул Башакшеҳир" баҳси асосий таркиблари маълум!  12 21:08Суперлига. "Нефтчи" сафарда "Қўқон-1912"ни қийинчилик билан мағлуб этди  17 20:45"Реал" 3 нафар футболчисига янги шартнома таклиф қилмайди  3 20:20Нестеров, Кападзе, Жепаров, Машарипов... Мирко Еличич ўз қўл остида ўйнаган футболчилардан иборат рамзий жамоа тузди  6 19:53Алаба "Реал"ни тарк этишни режалаштирмаяпти  0 19:332026/2027 йилги мавсум учун Ўзбекистонга нечта квота ажратилди?  2 19:16Шешко МЮга ўтади — Here We Go!  3

Diyor Imomxo'jaev: Sentyabr oyini hech qachon shunday kutmagan bo'lsangiz kerak? Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaev: Sentyabr oyini hech qachon shunday kutmagan bo'lsangiz kerak?

Teglar :  Diyor Imomxo'jaev
O'z vaqtida ishsiz yurgan professionallar haqida maqola yozgandim.

Hammasini keltirib o'tirmayman, O'zbekiston milliy terma jamoasiga ustozlik qilgan so'nggi uch mutaxassis - Rauf Inileev, Mirjalol Qosimov va Vadim Abramov etibordan chetda qolib ketgani aytilgandi maqolada.  

Hozir ko'pchilik sentyabr oyini kutayotgani bejiz emas. Bunga JCH saralash o'yinlaridan ham ko'proq, O'FFdagi ehtimoliy o'zgarishlar sababdir. Saylovlar, ularning natijalari, shu kungacha faoliyat olib borgan rahbariyatning kelgusi taqdiri qanday bo'lishi ko'pchilik uchun qiziq.

Vaziyat qiziq, saylovlar qanday yakun topishini hozircha hech kim bilmaydi. Xuddi shu tarkib futbolni boshqarishda davom etishi ham, ular o'z o'rnini umuman bo'shatib qo'yishi ham yoki prezident o'zgargan taqdirda ham, uning yordamchilari ishida davom etishi ham mumkin. Mana shu o'rinda bir narsani iltimos qilardim, hozirgi rahbariyat shaxsiyatiga tegadigan izohlar qoldirishdan tiyilgan eng yaxshi yo'l, biz ularni etarli darajada tanqid qilib bo'ldik. Endi past darajadan bir qadam yuqoriga chiqib, qolganini kuzatish eng to'g'ri yo'ldek. Zero bugungi futbol jurnalistikasi va millionlar o'yinini shu jurnalistlardan kam tushunmaydigan futbol muxlislari kim aslida kim ekanini ko'rsatib bera oldik. Eng muhimi shu, buni katta yutuq deb ayta olaman.

Oliy liganing 2-davrasi start olgan bir paytda jamoalarga razm solib, ko'nglim ochig'i biroz ko'tarildi. CHempionatga sekinlik bilan bo'lsa-da, intriga qaytayotgandek taassurot bor. Turli vaqt va davrlarda ishlagan murabbiylar, bugun o'zaro raqobatchi bo'lib, bir davrda faoliyat olib borayotgani chiroyli ish: endi Mirko Yelichich, No'mon Hasanov, Ro'ziqul Berdiev, Viktor Kumikov, Ulug'bek Baqoev, SHota Arveladze, Mirjalol Qosimov, Igor SHkvirin va Vadim Abramov kabilar bir vaqtning o'zida raqobatlashish imkoniyatiga ega bo'ldi. Agar “Obod” boshida turib bera olganida, bu murabbiylar qatorida Rauf Inileev nomi ham bo'lardi.



Men bularni nega sanab o'tdim, agar futbolda hech narsa o'zgarayotgani yo'q deb hisoblaydiganlar bo'lsa, ularga kichik etirozim bor. “Paxtakor” va “Bunyodkor” rahbariyatida ulkan o'zgarishlar bo'lganini ko'rdik. Futbolga xususiy investorlar kirib kelayotgani “Obod”ni ukrainaliklar qo'lga olayotganida ham ko'rinmoqda. Vodiy klublari o'ziga kelishni boshlagani, voha jamoalarida raqobatbardoshlik oshgani yana bir misol. Bu albatta dastlabki taassurotlar xolos, balki adashgandirman. Ammo hozircha shunisiga ham shukr. Endigi navbat viloyat klublarini ham professional bosqichga olib chiqish, futbolga jig'ildoni bilan emas, aqli, zamonaviy dunyoqarashi bilan kirib keladigan yosh kadrlarga imkon berish deb bilaman.

Umid qilamanki, hayotga, sportga zamonaviy nuqtai nazar bilan qaraydigan, til biladigan, eskilik sarqiti tasiri ostida qolib ketmagan, Angliya, Ispaniya, Germaniya kabi chempionatlarni muntazam kuzatib boradigan, ularning yaxshi jihatlaridan o'rnak olishga urinadigan avlod futbolga kirib kela boshlaydi. Bu holat ko'p jihatdan sentyabrdagi saylovlarga bog'liq.

Mana shunday optimistik ruh bilan ozgina sabr qilishni va buning fonida milliy terma jamoa futbolchilarini qo'llab-quvvatlashni istardim. U xoh Ahmedov bo'lsin, xoh Jeparov yoki Rashidov - ahamiyati yo'q. Mana shu yigitlar va butun bir jamoa O'zbekiston futbolida katta burilish yasashga juda yaqin. Menimcha hech bir futbol muxlisi sentyabr oyini bu qadar intiqlik bilan kutmagan bo'lsa kerak.

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика