So’nggi yangiliklar

07:47CAFA U20 Championship 2025. U-18 терма жамоамиз ҳеч бир учрашувда ғалаба қозонмай мусобақани якунлади  4 07:20Клублар ўртасидаги ЖЧ. Учта қизил кўрсатилган баҳсда “Бенфика“ кичик камбек амалга оширди  0 02:00КЧЖ. "Челси" ишончли ғалабага эришди  3 01:42Фердинанд Фернандешнинг "Ал Ҳилол"га рад жавоби ҳақида: "Бу унинг садоқатидан далолат беради"  0 00:56"Наполи" "Манчестер Сити" футболчисига қизиқмоқда, лекин...  0 00:30Фарҳод Нишонов: "Захирадан тушган футболчиларимиз ўйинни ўзгартириб юборди, фақат ёмон томонга"  1 23:55Григорий Колосовский: "Рақиб ғалаба учун ўйнади. Биз эса ғалабани истадик"  1 22:45"Реал"да Трентнинг ҳимоядаги ўйинини устида ишлашмоқда ва уни асосий бурчак тўпи ижрочиси қилишни режалаштиришяпти  9 22:14Дибала Рим дербисида Гендузи билан жанжал ҳақида: "Бу французнинг тили узун"  2 21:45Вирц жума куни янги клуби сафида тиббий кўрикдан ўтади  0 21:20Сречко Катанец билан самимий суҳбат. Мухлисларга маслаҳат ва танқидлар ҳақида (3-қисм)  26 21:00Про лига. "Жайхун" "ФарДУ" билан дуранг ўйнади, "Локомотив" сўнгги дақиқаларда ғалабага эришди  0 20:17"Реал" келаси мавсум фойдаланадиган формасини кўрсатди  12 19:51"Барселона" Луис Диас учун "Ливерпул"га қанча тўламоқчи?  6 19:25"Барселона" юлдуз ҳимоячисини сотиши мумкин  3

Diyor Imomxo'jaev: “Paxtakor” haqida mavzudan tashqari maqola Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaev: “Paxtakor” haqida mavzudan tashqari maqola

Teglar :  Paxtakor
Gapirishni tuzukroq eplay olmaydigan vaqtimdayoq “Paxtakor” o'yinlarini ko'rishga borardim.

Futboldagi tilim “Paxtakor” deb chiqqan desam, aldamagan bo'laman.

Birinchi futbol maktabim “Paxtakor” edi. Sevimli futbolchilarim shu klubda to'p surardi. Maktabning 2-smenadagi darslaridan qochib, “Paxtakor” o'yinlariga tushardik sinfdoshlar bilan.

Jurnalist sifatida eng ko'p shu klubni tanqid qildim. Kasbim muxlislikni ko'tarmaydigan edi. O'z vaqtida dodam “Paxtakor”ga baralla muxlislik qila olgan, chunki bunda butun bir xalq uning uchun ishqiboz edi, “Paxtakor” Sobiq Ittifoqning qolgan klublariga qarshi chiqardi, sharhlovchining xayrixohligi yarashardi. Men futbolni tushungan vaqtimda esa “Paxtakor” O'zbekistonning boshqa klublariga qarshi to'p surardi. Normal jurnalist bunda bitta jamoaga ochiq yon bosa olmaydi, bunga haqli emas. Haqiqiy xalq jamoasini men emas, dodam ko'rgandi.  

O'z vaqtida Toshkent klublariga yon bosishda ayblaydigan muxlislar bo'ldi, “Paxtakor”ning dushmaniga chiqarib qo'yganlar ham topildi. Lekin menga baribir, bilganimcha ish qilaveraman, to'g'ri deb bilganimdan qolmayman.

Aniq ayta oladiganim, “Paxtakor”ning hayotimda tutgan o'rniga hech qaysi klubni qo'yib bo'lmaydi. U hamma narsada birinchi edi, endi o'zgartirib bo'lmaydi, o'zgarishini istamayman ham. Bu klub oilamizda o'zgacha o'rin tutadi.

Pyotr CHaadaev degan rus faylasufining bir gapi bor: “Men vatanimni sevaman, fosh qilaman. CHunki uni hammadan ko'proq yaxshi ko'raman”. Kim uchundir g'alati eshitilar, lekin menga emas. Kimningdir ustidan kattalarga yumaloq xat yozish bor, fisq-u fasod qilish, g'iybat qilish bor. Men bundan chetda turdim, chiqishlarim o'n minglab odamlar o'qishi yoki ko'rishi mumkin bo'lgan joylarda bo'ldi. Maqsad kimningdir ustidan kulish yoki boshqa emas, futbol dardi bilan og'riydigan ko'ngilni albatta yaxshi bo'lsin deb ovutish edi.

Ha, boshqa klublarda ishlashga to'g'ri kelgan. Vaqti kelib bu hol yana takrorlansa ham ajablanmayman. “Sport”ga qaytamanmi, jurnalistikadan umuman ketamanmi - ahamiyati yo'q, halol, to'g'ri, normal ish bo'lsa, meni qanoatlantirsa undan qochish yo'q. Bu kasbiy faoliyat, uni ichki kechinmalar bilan aralashtirishga toqat qilolmayman. Ammo “Paxtakor” alohida mavzu bo'lib qolaveradi.

Men bekorga vatan haqidagi so'zlarni keltirmadim. Aslida vatanni tanqid qilib bo'lmaydi, ammo uning ustida turgan hokimiyat principlari haqida istalgancha fikr bildirish mumkin. “Paxtakor” ham shunday. Futbol jamoasi sifatida doim bir mavqeda turaveradi, u dodam vaqtida ham “Paxtakor” edi, nasib bo'lsa, nabiralarim davrida ham shunday qoladi. Kim uchun “Nasaf” shunday, yana kimgadir “Buxoro” va hokazo. Uni boshqarayotgan rahbariyat esa alohida mavzu, sizga yoqmasa tanqid qilasiz, ko'ngildagidek ishlasa, quvvatlaysiz. Rahbariyat bugun bor, ertaga esa yo'q. Klub esa hamisha qoladi.

Hozirgi o'zgarishlardan hozircha ko'ngil to'q. Endi klubning zamonaviy stadioni bo'ladi, akademiyasi ishga tushadi, qarashlari o'zgaradi va hokazo (har xolda shunga umid qilaman va O'zbekistonning qolgan klublari ham nasib etishini tilayman). Mana endi “Paxtakor” o'yinlariga borib, bir chetda bemalol futbol ko'rish mumkin, undan rohat olish mumkin. Gap yutishi yoki yutqazishida emas, gap uning odamlar hurmat qiladigan jamoa bo'lishida. Bunda gap millionlarning “Paxtakor”ga bo'lgan mehri qaytishida.

O'z vaqtidagi tanqidlarimga etiroz bildiruvchilar bo'lsa, o'tgan vaqt davomida “Paxtakor” o'yinlarini ko'rishga kelgan muxlislar soniga qarab ko'rishsin, jamoaning asl yuzini o'sha holatdanda yorqinroq hech narsa ko'rsatib bera olmaydi. Mehr so'zda emas, harakatda bo'lgani yaxshi. Ko'p gapirib, o'zi aslida stadiondan qadamini uzib qo'yganlar ko'p-ku. Agar hammasi risoladagidek bo'lganida, o'sha stadion bugungacha huvillab qolmagan bo'lardi. Yoki siz bu fikrga qo'shilmaysizmi?



Men o'zim befarq bo'lmagan “Yunayted”ning “Siti”dan 6 ta gol o'tkazgan o'yinlarini ham sevib tomosha qila olganman. Futboldagi principim qaysidir klubga borimni berish emas, futboldan zavq olish, futbolchilarning harakati, odamlarning ehtiros va kechinmalarini his qilish. Va kimdir biror klubning ashaddiy fanati bo'lsa, unga hech qanday etiroz yo'q, futbolni aslida ular go'zal qiladi.

Marhamat, yangilanayotgan “Paxtakor” o'yinlariga boring, ko'ring. O'zgarishlar biz kutgan futbolni qaytarishga bel bog'lagan bo'lsa, faqat va faqat xursand bo'laman, bungacha bo'lgan achchiq gaplarimdan esa hech qachon afsus qilmayman. Aytilgan gap, otilgan o'q. Hech narsa besabab bo'lmaydi. “Paxtakor”ning “dushmani” sifatida ham stadionning bir chekkasida futbol tomosha qilib kelaveraman.  

Futboldagi birinchi manzil - stadionim yana to'lib-toshishini, yomg'ir yog'ib turgan vaqtda ham odamlar “Paxtakor” o'yinlarini ko'rishni istardim. Bunda Toshkent klubi muxlis to'plashda vodiy jamoalari bilan bemalol raqobatga qayta olishini, poytaxtning qolgan klublari ham shunday bo'lishini istayman.  

Qolgani esa yana o'sha kasbiy faoliyat. Bunda hamma teng bo'lgani yaxshi, bunda principlarimga ko'ra ish ko'raman, izlanishga harakat qilaman. Gap kimgadir osilish haqida borsa, shuni pesh qiladiganlarga javobim bitta - men shu vaqtgacha qilganlarimga har qanday joyda javob beraman. Va kimningdir istagi bilan yillar davomida shakllanib kelgan principlarimni o'zgartirmayman. Men “Paxtakor”ni aytganlarim kabi yaxshi ko'raman.

Reyting: +49   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика