Diyor Imomxo'jaev: "O'zbekiston Kubogi finalini qabul qilish uchun davogarlar soni ko'paydi"
17 mar 2021 11:20
Yangiliklar


Diyor Imomxo'jaev: "O'zbekiston Kubogi finalini qabul qilish uchun davogarlar soni ko'paydi"
"Kechagi postimizdan so'ng O'zbekiston Coca-Cola kubogining final uchrashuviga mezbonlik qilish istagini kechikib bo'lsa-da yana besh klub bildirdi: "Nasaf", "SHo'rtan", "Qizilqum", "Turon" va "Navbahor". Demak, davogarlar soni endilikda 10 tani tashkil qiladi. Yuqoridagilardan tashqari AGMK, "Bunyodkor", "Paxtakor", "Lokomotiv" va "Surxon" ham bor.
Arizalar 14 martga qadar qabul qilinishi belgilangandi. SHunday bo'lsa-da, biz kechikkan klublar arizasini ham qabul qilamiz. Zero ayrim klublar rahbarlarining beparvoligi, o'sha hudud muxlislarini ehtimoliy finaldan mosuvo qilmasligi kerak degan xulosaga keldik.
Ariza topshirgan 10 ta stadion ichidan reglament talablariga javob bera oladiganlari tanlab olinadi va ular 18 mart kuni bo'lib o'tadigan qura marosimiga davogar sifatida kiritiladi", - deb yozadi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z kanalida.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar