So’nggi yangiliklar

01:16Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария"дан 10та гол қабул қилган "Окленд Сити" "Бенфика" билан ўйинда ҳам кўп гол ўтказиб юборди  3 01:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. Жексон туғилган кунида 4 дақиқадаёқ қизил карточка олган ўйинда "Челси" мағлубиятга учради  11 00:58Асрор Алиқулов: "Айрим футболчиларимиз Суперлига даражасига тайёр эмас"  1 00:38Виртц бу рейтингда учинчи бўлди  1 00:08Рўзиқул Бердиев: "Ёзда камида 2-3 футболчини олиб келамиз"  1 23:49Виталий Левченко: "Бухоро" ўзига муносиб бўлмаган жойда"  11 23:28Расман: "Ливерпуль" Виртцни 136 млн эвазига сотиб олди  10 23:12"Бухоро" ёрдамчи мураббийи: "Ҳакам нега футболчиларимизни сўкади? Ҳакамнинг "Нефтчи"га ёрдам бериши шарт эмасди"  13 22:47ПСЖ "Борнмут"га 55 млн таклиф қилди ва рад жавобини олди  0 22:25Саудия Арабистони клублари Фермин Лопесга қизиқиш билдирмоқда. "Бавария" ҳам футболчини ўз сафида кўрмоқчи  3 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Бухоро" устидан қийин ғалабага эришди  35 22:00Суперлига. Ғузорда кечган воҳа дербисида "Насаф" "Машъал"дан устун келди  49 21:25"Ливерпуль" ва "Кристал Пэлас" ўртасидаги Суперкубок ўйини қачон ўтказилиши аниқ  4 21:06Онанага харидор чиқди. МЮ дарвозабонга ўринбосар топиб қўйган  1 20:45"Вулверхэмптон" 25 миллион евролик трансферни амалга оширди  0

Diyor Imomxo'jaev: "Hakamlar mehnat qilishyapti. Ular avvalgi hakamlardan yaxshiroq va to'g'riroq ishlashyapti" Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaev: "Hakamlar mehnat qilishyapti. Ular avvalgi hakamlardan yaxshiroq va to'g'riroq ishlashyapti"

O'zPFL bosh direktori Diyor Imomxo'jaev VAR va hakamlik masalasida o'z fikrini bildirdi.

"Kuchli issiq haqida ketma-ket ogohlantirish bo'layotgan vaqtda futbol tanaffusga chiqdi. Ko'z tegmasin, intriga bor, ishlayotganlarda xatolar ham bo'ladi. Coca-Cola Superliga uchrashuvlaridagi hakamlik bo'yicha faqatgina to'rt uchrashuv uchun menda savollar paydo bo'ldi:

2-tur

So'g'diyona — Turon

4-tur

Paxtakor — Metallurg

5-tur

Mashal — Qo'qon-1912

12-tur

Nasaf — So'g'diyona.

5-turdagi uchrashuvda kiritilgan gol bo'yicha qanot hakamiga savolim ko'p emas, VAR yo'q edi, holat shuni taqozo qildi. Bunaqasi futbolda bo'lib turishi, germaniyalik mashhur referi Feliks Brix bir necha yil avval Bundesligada qasddan bo'lmagan shunday xato qilgani, oradan 4 yil o'tib, shu hakam CHempionlar Ligasi finalini boshqargani haqida yozgandim.

SHunda faqatgina uch uchrashuv qolyapti. Ikkitasida "So'g'diyona" nomi bor. Birinchisi uchun O'FA o'z xulosasini taqdim etgandi. Ikkinchisida ham shunday bo'ladi, unga qadar kutish kerak. 

12 ta tur uchun bu yaxshi ko'rsatkich. CHunki hakamlar butkul xatosiz ishlashining iloji yo'q. SHu yilning 27 mart kuni niderlandiyalik referi Serbiya — Portugaliya o'yinida Krishtianuning 100 foizlik golini inobatga olmadi, hatto o'sha Evropada ham xatolar bor. 

Hakamlar mehnat qilishyapti. Ular avvalgi hakamlardan yaxshiroq va to'g'riroq ishlashyapti. SHunchaki avvalgilar insofni shu qadar yutib yuborishgani kasriga, bugungilar javob berishyapti, ularga nisbatan muxlislarda toqatsizlik bor.  SHunchaki avvallari har bir o'yin namoyish etilmasdi, bugun bizda bu bor va tabiiyki, savollar ham, etirozlar ham ko'paygan, bu normal holat. Yaqinda ham VAR yo'q edi, endi u bor va mavzu ham ko'p bo'lishi turgan gap. Ko'zingizni kattaroq oching va VAR faqat bizda emas, butun dunyoda shunday mavzu ekanini ko'ring. 

12 turga ikki muammoli o'yin, ishoning, normal holat. Biz futbolni tashqaridan ko'rayotgan davrlarda hakamlar qanday bo'lganini, kameralar yo'q vaqtda nimalar qilganini eslang, katta yoshli akalarimiz, otalarimiz o'sha o'yinlarni juda yaxshi eslashadi. SHunday ishlaganlarning ayrimlari bugun inspektorlik qiladi, afsuski, u davrlarni qayta jonlantirishning imkoni yo'q. Bugun esa har bir xato mavzu bo'ladi, har biriga O'FA munosabat beradi. PFL yoki futbol tepasiga umidli kimdir kelsa, bu hammasi birdaniga zo'r bo'ladi degani emas. Nohaqliklarga, adolatsizliklarga qarshi yillab kurashiladi, qattiq mehnat qilinadi. Bugun bizdan nimalar o'tayotgani o'zimizga malum. 

Biz o'ta chuqurlikda emasmiz, biz shunchaki hammasi yanada yaxshini bo'lishini oldingi davrlardan ko'ra ko'proq talab qilyapmiz", – deb yozadi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi sahifasida.

Reyting: -20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика