So’nggi yangiliklar

22:53Вадим Абрамов Ўзбекистон кубоги гуруҳ босқичидаги қуръа ҳақида ўз фикрини билдирди  0 22:28Саудия Арабистони чемпионати. "Ар Риёд" ва "Ал Файха" ўзаро нурсиз дуранг ўйнашди, Шукуров 90 дақиқа ҳаракат қилди  2 22:11Элдор Шомуродов "Рома"нинг февраль ойидаги энг яхши ўйинчиси бўлишга номзод!  7 21:47Осиё футбол конфедерацияси 2026 йилги аёллар Осиё кубоги саралаш босқичи ўйинларга мезбонлик қиладиган саккиз мамлакатни эълон қилди  0 21:22Виктор Осимхен "Манчестер Юнайтед"га ўтиш бўйича қарор қабул қилди  1 20:57Моуринью "Галатасарой"ни ирқчиликда айблагани учун судга бериши мумкин  0 20:31Сергей Чигодаев бошчилидаги Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг бугунги машғулотларидан суратлар  3 20:16Машарипов ўйнаётган "Истиқлол"га янги бош мураббий тайинланди  0 19:35Ўзбекистон кубоги. Гуруҳ босқичига қуръа ташланди  28 19:17Ўзбекистон кубоги финалига қайси шаҳар мезбонлик қилиши маълум бўлди  11 18:57Жарред Брэнтуэйт - "Реал"нинг мақсади  2 18:29"Милан" ва Пулишич 2028 йилгача мўлжалланган шартнома имзолайди. Вингернинг маоши 5 млн еврогача оширилади  0 18:00"Барселона" Гринвуд номзодига қайтди  3 17:35"Бавария" "Реал" ярим ҳимоячисига қизиқиб қолди  3 17:01Бабаян терма жамоадан нега "чопгани", футболни ким сабаб тугатгани ҳақида - Санжар Турсунов  4

Diyor Imomxo'jaev: "Futbolga investiciya kiritayotgan har qanday tadbirkor qo'llab-quvvatlanishi kerak. Aks holda, og'irlik baribir hokimiyat bo'yniga, aniqrog'i, odamlarga tushishda davom etadi" Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaev: "Futbolga investiciya kiritayotgan har qanday tadbirkor qo'llab-quvvatlanishi kerak. Aks holda, og'irlik baribir hokimiyat bo'yniga, aniqrog'i, odamlarga tushishda davom etadi"

Andijon futboli haqida ikki og'iz.

Viloyatda futbol to'g'ri yo'nalishga tushib olishi uchun muammolar ochiq tan olinishi, ularning echimi bosqichma-bosqich amalga oshirilishi muhim. 

Tizim to'g'ri ishlasa, futbolga investiciya kiritayotgan har qanday tadbirkor qo'llab-quvvatlanishi kerak. Aks holda, og'irlik baribir hokimiyat bo'yniga, aniqrog'i, odamlarga tushishda davom etadi. Bunda davlat korxonasi beradigan tayyor pulga o'rganib qolgan kishilar klub tepasiga kelib, davlat futbolga pul bermasa, u o'lib qoladi qabilidagi bayonotlar bilan chiqadi. Ular xalqni avtoprom monopoliyasidan xalos etish masalasida qayg'urmaydi, balki monopol shunday tashkilotni futbol klubiga biriktirib olish haqida o'ylaydi. SHunisi osonroq. 

"Olimpik" loyihasi atrofidagi gap-so'zlarni bir chetga surib fikrlasak (bu haqda keyinroq),  u yaxshi bir haqiqatni isbotlay oldi: katta harajatlarsiz ham yaxshi jamoaga asos solish mumkin! O'zbekiston iqtidorga to'la, kam maosh evaziga bo'lsa-da o'zini ko'rsatishga tayyor yoshlar ko'p. Ularga to'la-to'kis imkoniyat beradigan tizim qurishda esa muammolar bor. 

Andijon klublari uchun bugun 2 ta futbol maktabi mavjud: BO'FM va FMM. Ular viloyat futbolining ertasi. BO'FM asosiy klub uchun, FMM Andijon SGS uchun xizmat qilishi ko'zda tutilgan. Yaxshi tarafi har ikki maktab davlat tomonidan moliyalashtiriladi. Ammo bu kam. Ular yaxshi darajaga chiqishi uchun klub rossiyalik biror mutaxassisni jalb qilish haqida emas, shu maktabni rivojlantirish masalasida bosh qotirishi shart. Kelajak uchun investiciya yaxshiroq samara beradi. Asosiy jamoa natijalari yo'lida qurbon qilingan milliardlar viloyat futboliga hech narsa bermaganini muxlislar bugun yaxshi his qiladi (muxlislik borasida ularga faqat havas). 



O'tgan yilning eng katta yo'qotishi — tadbirkorning klubdan ketishi. Uning yordamida ishchi-xodimlar maoshini qoplash, viloyat hokimligining yordami bilan esa infratuzilmani TOP darajaga olib chiqish mumkin edi. Biroq tizim to'g'ri bo'lmas ekan, berilgan vadalar vadaligicha qolib ketadi. Oxir-oqibat yuqoridagi gap — barchasi baribir hokimlik (xalq) bo'ynida qoladi. Andijonlik do'stlarimiz bizni yanada yaxshiroq tushunishlari uchun "Dinamo"ni misol qilamiz. 2022 yilda uning byudjetida muammo bo'lgani yo'q. Biroq professional klub bo'lishdan ko'ra, o'tkinchi natijaning ketidan quvish klubni baribir Superligadan uzoqlashtirdi. Agarki puli bor jamoa shunday yashayotgan bo'lsa, qarzi toshib yotgandan klubga yanada qiyinroq bo'lishi shubhasiz. 

Aytaylik, "Bunyodkor" "Dinamo"nikidan kam mablag' evaziga kuzga kelib vaziyatdan chiqib ketdi. CHunki unda suyanish mumkin bo'lgan akademiya bor. Vaholanki, tayyor puli va maktabi bor bo'lgan shu klub ham so'nggi uch yil davomida o'z tarixidagi eng yomon natijalarni ketma-ketlikda qo'lga kiritdi. Ayrimlar buni mablag' kam bo'lgani bilan izohlashga urindi. Biroq bu yolg'on malumot ekani haqida biz yaxshi bilamiz. Tayyor biriktirilgan homiydan kelayotgan mablag'dan unumli foydalana olmaydigan tomon, yana bir shunday korxonani biriktirib berganingizda ham katta o'zgarish qilmaydi. Biz birinchi navbatda o'lchovlarimiz va qarashlarimizni o'zgartirishimiz, futbol jamoatchiligi aniq xulosalarga kela olishi uchun muammolarni ochiq aytishimiz kerak. Siz lof to'qishga qancha urinmang, "Turon" va uning ketidan sekin-asta bosh ko'tarib kelayotgan xususiy klublar haqiqatni aytishga urinyapti. Tayyor pulni istayotganlar esa aynan shunday klublar oyoqqa turmasidanoq, ularni sindirishi turgan gap. CHunki siz ming harakat qilib, tejab, tergab  futbolga 100 so'm tikasiz, raqib esa hech bir mehnat va izlanishsiz davlatning 1000 so'm puli bilan qarshingizga chiqib kelaveradi. Bundan kim yutadi? Futbolmi? Yo'q, adashasiz, bundan faqatgina tor doiradagi odamlargina manfaat ko'radi. Biz professional futbol klublarini suniy yo'l bilan tashkil qilganimiz badalini to'lashda davom etaveramiz. 

Superliga va Pro ligadagi "Andijon" klublarini diqqat bilan kuzatishimiz shart. Ular bizga yaxshi xulosalar beradi. Bu ikki klub hech qachon kelishmasligi va aksincha, bir-biriga jiddiy raqib bo'lishi shart. Afsuski, bunda ikkinchi tomonning pul va imkoniyatlari kamroq. Yutug'i esa — pul o'ziniki. Futbolning ertasi shunday klublar bo'lishi kerak, biror korxonani biriktirish payidagi klublar emas.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика