So’nggi yangiliklar

23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  0 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  0 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  60 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  9 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6 16:24"Милан" Тео ўрнини "Реал" футболчиси билан тўлдирмоқчи  1 15:55"Футболни Саудия Арабистонига бой бердик". Блаттер ФИФАни танқид қилди  8 15:27Расман: "Барселона" швециялик вингер трансферини эълон қилди  1 15:00"Валенсия" ҳимоячиси "Арсенал"да — Here We Go!  1

Diyor Imomxo'jaev: "Futbol tashkiloti bilan televidenie mashinasi farqiga bormayotganlarga nimani tushuntirish mumkin?" Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaev: "Futbol tashkiloti bilan televidenie mashinasi farqiga bormayotganlarga nimani tushuntirish mumkin?"

Teglar :  Diyor Imomxo'jaev
Qabih so'zlarni eshitayotganimizga ikki kun to'ldi.

Jamoam bunga munosib emas. Hakamlik uchun kim javobgar o'zi demayman, futbol tashkiloti bilan televidenie mashinasi farqiga bormayotganlarga nimani tushuntirish mumkin?

Xunuk ish "Navbahor" — "Paxtakor" o'yinidagina bo'lmadi. Hech bir sababsiz Namanganda "So'g'diyona", "Nasaf" klublariga qarshi o'yinlarda ham stadionga narsalar otilgandi. Tezlik uchun jarima oshganida ayuhannos soladigan kishilar bo'ladi, aslida tezlikni oshirmaganlik uchun jarima yo'q. Klub ogohlantirilganda ayuhannos solganlarga ham shu gap. Afsuski, yil boshidan buyon bunday xunuk ishlar Namangandan boshqa erda kuzatilmadi.

Xolislikni, adolatni talab qilayotgan tomon bir necha millisoniyalari yulib olingan videolarni tarqatishga uyalayotgani yo'q. Biz malum doira kishilar ko'ngli uchungina ishlamaymiz. Jarima yoki qarorlarni biz o'ylab topayotganimiz yo'q. OFK ham, UEFA ham, FIFA ham shunday ishlaydi. Buni bilish uchun albatta xalqaro maydonda o'ynash shart emas. Biz istardik "Navbahor" xalqaro arenada O'zbekiston nomidan ishtirok etishini.

Malum doira telefon raqamlarni qanday tarqatayotgani, odamlarni nimalarga davat etayotgani, odamlar bizni bo'ralab haqorat qilganliklari borasidagi skrinlarni guruhlarga faxr bilan tarqatayotganlariga guvohmiz. Bunday kishilarning xolislik haqidagi iddaolari o'zlari uchun siylov. Biz bunday tarbiya ko'rmaganmiz.

VAR "Lokomotiv" stadionida "Lokomotiv" darvozasiga 2 ta penalti qo'yganida qachongacha poytaxt klublariga yordam berasan degan hayqiriqlar quloqqa chalinmadi. VAR bo'lmagunicha hakamlar bizni sindiradi degan fikrlarni eng ko'p o'shalar aytishdi va ularning o'yinlarida VAR eng ko'p ishladi. Biroq haqiqatga tik boqishga kelganida vaziyat o'zgarmoqda. CHunki ayrim klublar muxlislari hakam uy uchrashuvlarida ularga yordam berilishiga o'rganib qolishdi. Biz esa avvalgi ishlar uchun javob berishimizga to'g'ri kelyapti. CHunki hisob beryapmiz, odamlarni eshityapmiz, o'syapmiz. Buni suistemol qilayotganlar, katta kanal yoki guruhlarda qasddan provakaciya qilayotganlar qonun oldida vaqti kelib javob beradi. Adolatni nafaqat siz, balki biz ham talab qilishni bilamiz.

Biz stadion to'layotganidan albatta xursandmiz. SHuning uchun hech qachon o'tmagan kubok finallarini Namanganda o'tkazyapmiz. Termaning xalqaro o'yinlari Namanganga berildi. Buning javobini ham ko'ryapmiz. SHundan keyin kim rasmiy o'yinni sizga ishonadi? Xalqaro hakamni shu ko'yga solmasligingizga kim kafolat beradi? Agar stadion faqatgina shunday kishilar bilan to'lsa va siz futbolni kimgadir minnat qilib tomosha qilsangiz, yaxshisi to'xtating. Bizga insonlar kerak, kim nima desa og'ib ketadiganlar emas. Baribir to'la stadion puli to'liq kassa qilinayotgani yo'q. CHunki kassaga ishonilsa, Ganaga qarshi o'yinini ham 20 ming emas, 13 ming kishi kuzatgan, siz haqiqatni shunday masalalarda avval talab qiling.

Namanganlik do'stlarimiz, namanganlik adekvat insonlarimiz bilan doim birgamiz, ishonamizki, ular bizdan hafa bo'lishmaydi. Biroq bugun televidenie xodimlari Namanganda futbol uchrashuvlarini olishdan hayiqib qolishdi, ularning ko'pchiligi Namanganga bormoqchi emas. Aslida esa "Navbahor" muxlislarining asl go'zalligini ham o'sha televidenie butun dunyoga ko'z-ko'z qilgandi. Futbol hakamlari namanganga bormoqchi emaslar. CHunki ularning ham o'z oilasi bor, ular ham kimningdir otasi, farzandi. Biz ham o'z komissarlarimiz hayoti, xavfsizligi uchun javobgarmiz. Yaponiyalik referi butun bir millat jamoasining toza golini inobatga olmagan kunlarda ham hakamni quvlagan yoki unga tosh otgan emasmiz, afsuski bugungilar orasida mana shundaylari ham bor.

Fikrimni haqorat ila ko'p so'rashibdi: hakam to'g'ri va yaxshi ishladi! "Paxtakor"ning "Metallurg"ga qarshi o'yinida esa noto'g'ri ishladi, buning javobini beryapti. Agar Norsafarov diplomat bo'lganida, 11 metrlik jarima bermasdi. Biz esa undan diplomat bo'lishni emas, professional bo'lishni talab qilyapmiz. Gapim kimgadir yoqishi shart emas. O'zi hammasini ko'rib turibdi. Haqoratlar uchun chin dildan hafaman, hayf sizdek tarbiyasiz kishilarga", - deb yozadi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z kanalida. 

Reyting: +48   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика