So’nggi yangiliklar

18:13"Андижон" — "Қўқон-1912". Таркиблар маълум  2 17:37Дарвозаларга 4 та гол урилган, футбол шоуга айланган, "Динамо" ғалабани бой берган учрашувдан галерея  0 17:10Икки клуби "Ман Сити" хавбекига кўз тиккан  0 16:44Азизбек Тўлқинбеков: "Нефтчи" кучли эди, лекин бизда ирода ва иштиёқ устунлик қилди"  0 16:21"Арсенал" Жакени ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 15:55Амир Тўрақулов: "Жамоа бўлиб ҳаракат қилдик ва шу туфайли ғалабага эриша олдик"  0 15:12"Бунёдкор" "Нефтчи"ни Фарғонада мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  2 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0 12:08ПСЖ 68 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  4 11:32"Реал" ва "Барселона" "Челси" форвардига даъвогарлик қилмоқда  4 10:54Хоразмлик мухлисларга хушхабар. "Хоразм" уйига қайтмоқда  9

Diyor Imomxo'jaev: Futbol og'izda o'ynalmaydi, o'rtoqlar. Kamroq gapirib, ko'proq ishlash kerak Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaev: Futbol og'izda o'ynalmaydi, o'rtoqlar. Kamroq gapirib, ko'proq ishlash kerak

Oxirgi bir hafta farzandi yoki tanishini futbolga joylashtirishni so'rab 3-4 tanishim maslahat so'radi.

Aslida ular bungacha ham futbol ichida yurgan, biroq bir amallab yaxshiroq joyga ilinib olish harakatida.

Bunda faqat bir narsada yordam berishga harakat qilaman - ko'rikdan o'tkazish. Agar bola bunda o'zini ko'rsata olmasa, qolgan jarayonlariga umuman aralashmayman. O'zim yaxshi ko'radigan sohani bulg'ashni istamayman.

O'ylab qarasam, umumiy fikrlarga ko'milib qolganmiz, haddan ziyod. Tanishi, tankasi, puli bo'lmasa hech kim futbolchi bo'la olmaydi, deb nolib qoladigan yaqinlarim ko'p. Qaysidir manoda ular haqdir. Biroq bu fikrlarga hech qachon to'la qo'shila olmayman. Agar bola chindan ham talantli bo'lsa, uning ko'kragidan itarish ilojsiz ish.  

Qo'polroq qilib aytaman, qo'ng'iz ham bolasini oppog'im deydi. Barchamizga farzandimiz yoki biror tanishimizning o'yini zo'r ko'rinadi. Mahallada 3-4 bolani bemalol aldab yurishini ko'rib, bu talant deb chopib keladigan odamlar bor. Aslida bu hali hammasi emas. Bola ming iqtidorli bo'lmasin, o'sha hislatlari yillar davomida shakllanib boradi. Men nima demoqchiman, o'sha mahallada hammadan ikki bosh ustun bo'lib turgan bola, bir yildan buyon “Bunyodkor” yoki “Paxtakor” futbol maktabiga qatnayotgan tengquridan kamdan-kam holatda kuchli bo'ladi. Men bejizga “hech qachon” jumlasini tashlab ketmadim. Ro'ziqul Berdiev 20 yoshdan oshganda katta futbolga kirib kelgani kabi, bitta imkoniyatning o'zida bir necha yillik iqtidorlardan ustunroq bo'lib oladigan yoshlar borligini ko'rganman. Biroq ular o'n, yuz mingdan bitta, xolos. SHundan kelib chiqib, ko'rik uchun yaqinlarimdan yordam so'rayman, qolganiga aralashmayman.



Sekin-asta muvaffaqiyatga erishayotgan yosh futbolchilar orasidan oilasi nochorroq bo'lgan, bolasi uchun katta pul bera olmaydigan, jilla qursa butsasiga tuzukroq pul topa olmaydigan ota-onalar farzandini istalgancha topishimiz mumkin. SHu haqda ham biroz o'ylab ko'rayishni tasviya qilardim. Millionlar o'yinida aravasini tortib ketgan hamma ham boylarning farzandi emas. SHunchaki bu qiyin soha, uning toshiga hamma ham chidash beravermaydi.

Bazilar aytgani kabi o'smirlar yoki yoshlar terma jamoalarida puli evaziga yurgan yigitlar bor ekaniga ishonaman. Bu kabi holatlar bo'lgani haqida bilganmiz ham. Biroq hozircha fojea yasash shart emas. CHunki o'sha termalarda o'ynab, keyinroq nomi umuman chiqmay ketayotganlar qanchadan-qancha. Maqsad kichik termalar emas, katta futbol bo'lib qolavergani maqul. O'smirlar yoki yoshlar termasiga umuman chaqirilmay, keyinroq katta futbolchi bo'lib ketgan insonlar juda ko'p, siz ularni yaxshi taniysiz. Masalan men Odil Ahmedovni kichik termalar orqali tanimaganman, ammo hozir uni mamlakatdagi eng kuchli futbolchi deb bilaman.  

Eng to'g'ri yo'l - mehnat qilaverish, tirishish, qiyinchilikdan qochmaslik. Yig'lab-yig'lab farzandingizni futbolchi qila olmaysiz, ishoning. Har safar murabbiylar ishiga burnini suqib, o'g'lini tergayverib tayyor talantlarni sportdan bezdirib yuborgan odamlarni shaxsan taniyman. Bolalar futbolida yurgan o'g'lingizni arazlab, tanish-bilish sari etaklash shart emas. Ustida ishlang, yaxshiroq boqishga harakat qiling, o'sishi uchun zamin yaratishga yordam bering, jismoniy holati, vitaminlarga bo'lgan ehtiyoji nazoratsiz qoldirmang. U sizning, o'zgalarning bosimini his qilmasin, futboldan ko'ngli qolmasin va o'ynayversin. CHindan ham bir narsasi bo'lsa, o'zlari olib ketishadi, boshqa choralari yo'q. Ahir uning transferidan million-million pul ishlashlari mumkin.



Bo'ladigan bola 14-16 yoshigacha malum bo'ladi va aynan shu davrda futbolchilarning saragi-sarakka, puchagi-puchakka chiqadi. Ko'plar chiday olmaydi unda davom etishga, ketadi futboldan bosh olib. Siz shu vaqtgacha to'g'ri yo'lda bo'lsangiz, endi pul so'rab akillaydigan murabbiylar yaqiningizga ham kelmaydi, sizni endi pul taklif qiladigan kattalar o'rab oladi. Kechirasiz-u, 12 ga ham to'lmagan arzandangizni u erdan bu erga etaklab, murabbiylar ishiga aralashayotgan bo'lsangiz, sizni tushunolmasdim. Qishloq joylardagi iqtidorlarni ko'ra olmaydigan eski zamonlar ortda qolib ketdi. Hozir Boysun tog'larida yurgan iqtidorni ham payqash mumkin. Telefon, internet hammani kashf qiladi, yilda 1 ta bo'ladigan musobaqada sara bolalarni ko'rib olsa bo'ladi. Va bunday imkoniyat hammada bor.

P.S. Poraxo'rlar, futbolni bulg'ayotganlar ko'p, tanish-bilishchilikdan boshqasini bilmaydiganlar ko'pligi aniq. Ammo hamma narsasi joyida bo'lgan va o'ynash ishqida ko'zlari yonib turgan futbolchini bular kabi past insonlar yo'q qila olmaydi, kuchi etmaydi.

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика