Diyor Imomxo'jaev: "Futbol jamoatchiligidan uzr so'rayman, ertadan bir haftalik bo'lsa ham tatil olaman"
08 fev 2020 19:21
Yangiliklar


Diyor Imomxo'jaev: "Futbol jamoatchiligidan uzr so'rayman, ertadan bir haftalik bo'lsa ham tatil olaman"
PFL bosh direktori o'rinbosari Diyor Imomxo'jaev 2020 yilgi Superligaga qura tashlash marosimidagi tushunmovchiliklar uchun uzr so'radi.
"Qura tashlash marosimida birinchi marta hayajonlandim. Bu katta xato men tarafdan. Buning uchun futbol jamoatchiligidan uzr so'rayman.
Hozir hammasi joyida, kutilmagan vaziyat bartaraf etildi. Ertadan bir haftalik bo'lsa ham tatil olaman. Hammasi haqida yaxshilab o'ylab olish uchun vaqt kerak", - deb yozadi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z kanalida.
Malumot uchun, qura davomida jamoalarga raqamlar aniqlashda tushunmovchiliklar yuzaga keldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar