Diyor Imomxo'jaev: "Coca Cola Superligasi bahslari katta ehtimol bilan avgustda markazlashgan holda davom etadi"
23 iyu 2020 19:41
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/582817_original.jpg)
![](/upload/storage/582817_220.jpg)
Diyor Imomxo'jaev: "Coca Cola Superligasi bahslari katta ehtimol bilan avgustda markazlashgan holda davom etadi"
Bugun O'zbekiston Coca Cola Kubogi musobaqasi guruh bosqichiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.
Unda PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchisi Diyor Imomxo'jaev ishtirok etdi va O'zbekiston chempionati qachon davom ettirilishi haqida fikr bildirdi.
"Coca Cola Superligasi 28 iyulga qadar qoldirilgandi. Ammo hozir 10-tur o'yinlarini avgustga qadar qoldirdik. Katta ehtimol bilan avgust oyida Superliga bahslari markazlashgan holda Toshkent va Toshkent viloyatida bo'lib o'tadi. Agar imkon qila olsak har kuni o'yinlar o'tkaziladi va agar mashhur biznesmen bilan kelisha olsak va kerakli testlarni olib kela olsak, futbolchilar har bir o'yindan keyin koronavirus uchun test topshirishadi", - deydi Diyor Imomxo'jaev Sport telekanalida.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar