Diyor Imomxo'jaev: "Coca Cola Superliganing so'nggi to'rt turi uy-safar tizimida o'tadi"
02 noy 2020 14:11
Yangiliklar
Diyor Imomxo'jaev: "Coca Cola Superliganing so'nggi to'rt turi uy-safar tizimida o'tadi"
So'nggi to'rt turda 14 klubning barchasi ikkitadan uy va ikkitadan safar uchrashuvida ishtirok etishi kerak — bu borada tenglik. Muxlislar uchrashuvlarni kuzatishlari uchun endigina imkoniyat paydo bo'ldi va ko'ryapmizki, ular stadionlarga qaytishyapti. Futbol esa aynan ular uchun o'ynaladi.
Neytral maydonlar masalasida O'zPFL klublar bilan fikr almashib, ularning ovozlaridan kelib chiqqandi. Bugun Superliga bosh murabbiylari bilan bog'lanib, birma-bir fikr almashdik. 10 ta klub bosh murabbiyi aynan muxlislik faktoridan kelib chiqib, uy-safar tizimida musobaqani yakunlashga rozi bo'ldi. Bu biz uchun muhim nuqta va ishonamanki, tez orada so'nggi taqvimni elon qilish imkoniyatimiz bo'ladi", - deb yozadi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi kanalida.
Fikrlar