So’nggi yangiliklar

18:42Лэмпард қўл остидаги "Ковентри" Чемпоиншипда пешқадамлик қилмоқда  0 18:13Петер Шмейхель: "Биз ўйнаган даврда жамоага мавсумда 10 очко келтиришимиз кутиларди, сўнгги йилларда бунинг аксига ўрганиб қолдик"  0 17:45Футзал. Ўзбекистон Тошкентда Қозоғистон билан ўйнайди  0 17:38Беллингем кам ўйин амалиётига эга бўлаётгани учун жамоани тарк этмоқчи  1 17:11"Арсенал" ва "Манчестер Сити" ПСЖ футболчиси учун рақобатлашади  1 16:44Big name, Big team, Big coach...  23 16:19"Футбол олами". "Ҳакам юзи ёрилган футболчини кўрди ва... контакт йўқ деди..."  0 16:10"Фабио футболчи ва мураббий сифатида катта тажрибага эга" – хорижлик мутахассислар муносабати  10 15:47"Манчестер Сити" Абдуқодир Ҳусанов туфайли режасини ортга суради  4 15:25"Арсенал" Йилдиз трансферидан умидвор  0 15:03Каннаваро қандай мураббий?  12 14:3924 ёшли дарвозабон, кучли жамоани ютган водий жамоаси устози, МТЖ ҳужумчиси — Суперлигада 24-турнинг энг яхшилари  1 14:15Фабио Каннаваро ҳақида билишингиз керак бўлган 15 та факт  6 13:54Гиоргадзе, Абдусаломов, Жалолиддинов, Кенжабоев, Сергеев... Суперлига 24-тур рамзий терма жамоаси  4 13:33"Қайрат"нинг 18 ёшли дарвозабони таълим грантига лойиқ кўрилди  2

Diyor Imomxo'jaev: "Aral" klubi keyingi yil Pro ligada ishtirok etishi mumkin" Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaev: "Aral" klubi keyingi yil Pro ligada ishtirok etishi mumkin"

Prezidentimiz Qoraqalpog'istonga tashrifi davomida Aral futbol klubi mavzusini ko'tardi.

Bu futbol olamidagilar uchun yoqimli. Zero Aral samali chindan ham kuchli klublar bilan raqobat qila olmaydigan darajaga kelib ulgurgan. Qoraqalpog'iston nafaqat katta futbol, balki ayollar futboli hamda futzal masalasida ham albatta o'sishga erishishi kerak.

SHavkat Miromonovich Aral klubining yaqin yillar ichida o'ziga kelishiga shama qildi. Aynan kelasi yil Superligada o'ynaydi deyilmaganida mano bor. CHunki 20 yil avval Qoraqalpog'iston bosh jamoasi suniy ravishda elitaga olib chiqilgan va ura-ura bilan ikki yil Oliy ligada ushlab turilgan. Tabiiyki, bosh jamoaning o'ziga tegishli bazasiga, zaxira hamda kadr tayyorlovchi maktabiga etibor qilinmagan. SHuningdek, klub aniq moliyalashtirish manbalariga ega bo'lmagan. Oqibatda jamoa ikki yilning ichida quyi ligaga qayta tushib ketgan.

Demak, endilikda ishni to'g'ri yo'lga qo'yish talab etiladi. Birinchi galda moddiy-texnik bazani qurish, kadrlar salohiyatini oshirishga urg'u berish kerak bo'ladi. Prezidentning bu taklifini qo'llab-quvvatlagan holda Aral klubining Pro liga musobaqasida istisno tariqasida ishtirok etishiga erishishimiz mumkin. Sir emaski, mazkur liga uchrashuvlari UzReport va Futbol-TV orqali namoyish etilmoqda. Bu ko'plab qoraqalpog'istonlik do'stlarimizga jonajon jamoalari uchrashuvidan bahramand bo'lish imkoniyatini taqdim etadi.

O'zPFL 2021 yilgi mavsum uchun 22 klubni licenziyalashdan o'tkazdi. 2022 yilgi mavsumga qadar Pro liga ishtirokchilari sonini va ularning sifatini oshirish vazifasi turgan bir vaqtda, Aral samali klubiga bo'lgan bunday etibor biz uchun katta yordam bo'ladi. Umid qilamizki, 20 yil avvalgi suniylik unut bo'ladi va bu safar hammasi FIFA nizomlariga, sport principlariga to'g'ri keladigan holatda ro'y beradi. Zero Prezident takidlaganidek, Aral chindan ham qayta qurishga muhtoj. Pro liga orqali biz klubni bosqichma-bosqich ko'zlangan maqsadga olib kelishimiz mumkin. Bu ligada Xorazm, Samarqand, Farg'ona kabi viloyatlarning ham bosh jamoalari bor ekani Aral uchun ham motivaciya bo'lib xizmat qilishiga ishonamiz", - deb yozadi PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z kanalida. 

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика