So’nggi yangiliklar

00:54Расман: "Вильярреал" ва "Барса" ўртасидаги Ла Лига ўйини Майамида ўтказилади  0 00:28ЖЧ саралаши. Саудия Арабистони Индонезияни қийинчилик билан мағлубиятга учратди  9 23:40Ўзбекистон – Кувайт учрашувини бошқариб борувчи ҳакамлар маълум  4 23:25Миср ўз тарихида тўртинчи бор Жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди  0 23:16Расман: Консейсау "Ал Иттиҳод"га бош мураббий этиб тайинланди. Клуб қишда "Насаф"га қарши майдонга тушади  1 22:54Ўзбекистон термасининг Кувайтга қарши расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  2 22:30Ўзбекистон терма жамоаси Кувайтга қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотини ўтказди  1 22:11ЖЧ саралаши. Ўмон Доҳада Қатар билан дуранг ўйнади  15 21:37Осиёда ЖЧ саралашининг тўртинчи босқичи бошланди. Бу ҳақда нималарни билишимиз лозим?  35 21:01"Реал" "Сантьяго Бернабеу" стадиони номини ўзгартириши мумкин  1 20:38Ансу Фати Францияда рекорд натижа қайд этди  6 19:40Ҳожимат Эркинов ЖЧда қайси жамоалар билан рўбарў келишни хоҳлайди?  12 18:43Кувайт терма жамоаси бош мураббийи: "Мен ЎФА шорт-листида бўлганман?"  8 18:19"Реал" футболчиси Испания терма жамоаси сафида жароҳат олди  3 17:40Сайфиев ва Ҳамробековлар терма жамоа машғулотида иштирок этишмади  3

Diyor Imomxo'jaev: "Akademiyaga kuchli mutaxassis olib kelishdan avval akademiyaning o'zi bo'lishi kerak" Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaev: "Akademiyaga kuchli mutaxassis olib kelishdan avval akademiyaning o'zi bo'lishi kerak"

Sport telekanalida PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo'jaev ishtirokida onlayn muloqot bo'lib o'tdi.

Ushbu muloqot chog'ida PFL direktoriga akademiya va Jahon chempionati borasida savol berildi.

"Akademiyani Jahon chempionati bilan bog'lash qay darajada to'g'ri bilmadim. Jahon chempionatida o'ynash asosiy maqsad bo'lishi kerak emas. Mundialda KXDR, Saudiya Arabistoni, Xitoy kabi terma jamoalar ishtirok etib futboli keskin o'zgarib ketgani yo'q.

Har to'rt yillikning nufuzli musobaqasiga yo'llanma olish mening ham orzuim. Akademiyaga kuchli mutaxassis olib kelish uchun akademiyani o'zi bo'lishi kerak. Qatar buning uchun katta kuch sarfladi, 2022 yilgi Jahon chempionati uchun 10 yildan beri harakat qilib keladi. Buning mevalarini endi yaqinda ko'ra boshladi. Xavini, Feliks Sanchesni olib kelish uchun ko'p mablag' sarf qildi. Bizda futbolga bunday pul yo'q. Ko'rpamizga qarab oyoq uzatishimiz kerak. Biz to'g'ri yo'nalishdan ketadigan bo'lsak salohiyatimiz Qatarnikidan 3 barobar ko'pligini ko'ramiz. Olimpiya terma jamoamiz ham Tailanddagi Osiyo chempionati oxirgi ikki o'yinida raqibidan yaxshi o'ynadi. Imkoniyatlarimiz zo'r, faqat to'g'ri yo'nalishga tushib olishimiz kerak. 

Qishloq joylarga kelib selekciya qilishmaydimi murabbiylar degan savolni ko'p berishadi. Lekin bu talabdan kelib chiqiladi. Selekcioner iqtidorini ko'rish uchun hadeb boravermaydi. "Real" va "Barselona" jamoalari nega Braziliyaga borib yotib oldi? Har bir bolada evroni ko'radi, uni olib kelib sotish mumkin bo'ladi. O'zbekistondda u erdan bu erga sotilayotganda pulning o'zi bormi? Bu narsa shakllanmagandan keyin selekcionerni ikkita maktab o'rtasidagi o'yinni ko'rishga imkoniyati yo'q. Odamlar ham fikrlashini o'zgartirishi kerak. Iqtidorim bor, meni kelib ko'r degan bilan ish bitmaydi. O'zbekiston Xitoydek davlat emas bir milliard aholisi bor. 

Jasur Jaloliddinov masalan qiyin oiladan chiqqan, ota-onasi kuchli etibor bermagan futbolchini "Bunyodkor" borib Navoiydan topib kelgan to'g'rimi? Iqtidorli bolalar o'zining BO'SM, IBO'SM oraqli ham iqtidorini namoyish qilsa bo'ladi. O'zbekistonda iqtidorli bola qaerda bo'lsa ham ko'rinadi. Andijondan SHohjahon Hasanov iqtidori ko'ringanku. Fintni zo'r qildi degani 90 minut yaxshi futbol o'ynaydi degani emas. Dunyoqarashimizni o'zgartirishimiz kerak, harakat qilsa O'zbekiston ko'zga ko'rinadigan maydon. Ishni to'g'ri yo'lga qo'yishimiz kerak",- deydi Diyor Imomxo'jaev.


Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика