So’nggi yangiliklar

12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  2 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  2 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  1 09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  2 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  8 08:30Килиан Мбаппе "Реал Мадрид" тарихидаги Криштиану Роналдунинг рекордини такрорлади  4 08:02ФИФА "Ал Насср" клубига трансфер тақиқи қўйди  1 07:39Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  6 04:29Франция кубоги. ПСЖ "Фонтене"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  0 04:27Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Севилья"ни таслим этди  24 04:24АПЛ. "Эвертон" ва "Арсенал" ўртасидаги ўйин тақдирини пенальтидан урилган гол ҳал қилди  6 04:20А Серия. "Ювентус" ва "Рома" ўртасидаги ўйинда учта гол урилди  7

Diyor Imomxo'jaev: "4-turni o'tkazib olishimiz hamonoq 2021 yilgi mavsum rejalariga kirishamiz" Yangiliklar

Diyor Imomxo'jaev: "4-turni o'tkazib olishimiz hamonoq 2021 yilgi mavsum rejalariga kirishamiz"

PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo'jaev pandemiyadan keyin boshlanayotgan O'zbekiston chempionati haqida o'z fikrlarini bildirdi.

3 oy deganda futbolni boshlash arafasida turibmiz. Bu yo'lda katta ish qilindi, umid qilamanki, dunyoning hech bir nuqtasida futbol qaytib bunday tanaffus olmaydi.

Nasib bo'lsa, dekabrning ikkinchi dekadasida 2020 yilgi mavsumni yakunlab olamiz. Ungacha qator muammolarni hal qilishga, tom manoda professional bo'lib ishlashga intilamiz. Bu yo'lda tanqidlar, tushunmovchiliklar bo'lishi tabiiy bir hol. Biz ularga bosiqlik va aniqlik bilan javob qaytarishga harakat qilamiz. 4-turni o'tkazib olishimiz hamonoq 2021 yilgi mavsum rejalariga kirishamiz, kelasi yilgi chempionat eng yaxshisi bo'lishi ustida ishlaymiz.

Futbol muxlislarimizni qaytayotgan futbol kuni bilan jamoamiz nomidan tabriklayman. Biz ularni bugun stadionlarga taklif eta olmayapmiz, evaziga ularda barcha uchrashuvlarni jonli tomosha qilish imkoniyati bor. Ishonamanki, tez orada stadionlarimiz ular uchun qayta ochiladi. Bugun hamma tushunib ulgurdiki, muxlislarsiz futbol go'shtsiz kabobga, guruchsiz oshga o'xshaydi", - deb yozadi Diyor Imomxo'jaev telegramdagi o'z kanalida. 

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика