So’nggi yangiliklar

20:05Суперлига. "Андижон" — "Қўқон-1912" 1:0 (матнли трансляция)  9 19:53Суперлига. "Шўртан" - "Хоразм" (матнли трансляция)  2 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  1 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  0 17:37Дарвозаларга 4 та гол урилган, футбол шоуга айланган, "Динамо" ғалабани бой берган учрашувдан галерея  0 17:10Икки клуби "Ман Сити" хавбекига кўз тиккан  0 16:44Азизбек Тўлқинбеков: "Нефтчи" кучли эди, лекин бизда ирода ва иштиёқ устунлик қилди"  0 16:21"Арсенал" Жакени ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 15:55Амир Тўрақулов: "Жамоа бўлиб ҳаракат қилдик ва шу туфайли ғалабага эриша олдик"  0 15:12"Бунёдкор" "Нефтчи"ни Фарғонада мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  3 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0

Diqqat! Saytimizdagi barcha o'quvchilardan "blok" olib tashlandi Yangiliklar

Diqqat! Saytimizdagi barcha o'quvchilardan "blok" olib tashlandi

2010 yildan buyon faoliyatini olib borayotgan saytimiz o'quvchilar orasida o'z o'rniga ega bo'lib ulgurgan desak yanglishmaymiz.
Saytimizga har kuni 100 mingga yaqin o'quvchi tashrif buyuradi va o'zi uchun kerakli bo'lgan malumotlarni oladi. Ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar soni ham anchagina. Foydalanuvchilarimiz tomonidan har kuni taxminan 1000-2000 fikr qoldiriladi. championat.asia har bir o'quvchining fikrini hurmat qiladi va xalq bilan muloqotga tayyor.

Sayt qonun qoidalariga rioya qilmagan foydalanuvchilar mamuriyat tomonidan bloklanishi ko'pchilikka ayon. O'quvchilarimiz "nima uchun meni blok qildinglar", "men yomon gap yozmagandimku", "to'g'ri gap yoqmaydimi", "saytda tanqid qilib bo'lmaydimi" va shunga o'xshash savollar bilan ko'p murojaat qilishadi.

SHu o'rinda saytimiz qoidalarida nima uchun foydalanuvchilarga blok qo'yilishi borasida eslatib o'tamiz:

"Har bir foydalanuvchi o'zining huquq va majburiyatlariga qatiy amal qilishga majbur. Foydalanuvchi tomonidan Portal sahifalarida amaldagi qonunchilikni buzishga, millatlararo hamda dinlararo nizoni keltirib chiqarishga qaratilgan, irqchilik ruhidagi, shak-shubhasiz yolg'on, haqorat, birovning shaxsiyatiga tegish, spam, reklama, beadab va axloqsiz xabarlarni o'z ichiga olgan malumotlarni joylashtirish taqiqlanadi. Foydalanuvchi Portaldan turli yoshdagi shaxslar foydalanishini hisobga olishi lozim".

O'zbekiston terma jamoasi JCH-2018 saralashi doirasida ikkita eng muhim arafasida turibdi. Barchamiz ham terma jamoamiz g'alaba qozonishini va Rossiyadagi mundialga chiqishini istaymiz. Murabbiylar va futbolchilar bizdan ham ko'proq buni xohlashadi, bunga shak shubha yo'q. Ular mundialga chiqishsa kattagina pul olishadi, faoliyatlarida tubdan o'zgarish ro'y beradi, O'zbekiston tarixiga kirishadi... Bir so'z bilan aytganda barchamiz bir maqsad yo'lida birlashishimiz kerak.

Yuqorida yozilganidek o'quvchilarimizning fikrlarini hurmat qilamiz va fikrlaringizni o'chirish hamda Sizlarni blok qilish bizga hech qanday maroq bag'ishlamaydi. Saytimiz to'g'ri tanqidga hech qachon qarshi bo'lmagan, faqat fikrlar hech kimning shaxsiyatiga tegmasdan va birovni haqorat qilmagan holda yozib qoldirilsa maqsadga muvofiq bo'lardi. Ishoning agar Siz yomon so'zlarni ishlatmay turib fikr bildirsangiz va hech kim bilan janjal qilmasangiz hech qaysi admin fikringizni o'chirmaydi va sizga blok qo'ymaydi.

Saytimiz ko'p sonli talab va istaklarga ko'ra barcha-barcha o'quvchilarni blokdan chiqarib yuborganini malum qiladi. Ammo bundan keyin saytimizda haqoratli fikrlar bo'lmasligi va hech kimning shaxsiyatga tegmasligini so'rab qolgan bo'lardik.

Championat.asia sayti tahririyati

Reyting: +80   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика