So’nggi yangiliklar

20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  0 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  0 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  3 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0 18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  2 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  17 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  3 17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  1 16:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК семинарида қатнашмоқда  0 16:11"Пахтакор" Файзуллаевнинг трансфери ортидан қанча ишлаб олиши маълум  20 15:48"Арсенал" янги меҳмон либосини тақдим этди  2 15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0 15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  30 14:47Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи йиғинни тарк этди  3

"Dinamo"ning o'tgan oydagi eng yaxshi futbolchisi malum bo'ldi Yangiliklar

"Dinamo"ning o'tgan oydagi eng yaxshi futbolchisi malum bo'ldi

Teglar :  Akmal BozorovDinamo
Oliy Liganing startiga to'g'ri kelgan mart oyi Dinamo jamoasi uchun omadli o'tdi, deyishga asoslar etarli.

Klub rasmiy sayti muxlislar o'rtasida so'rovnoma o'tkazib, klubning mart oyidagi eng yaxshi futbolchisini aniqladi.

Sizningcha, Dinamo jamoasining mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi kim? deya 10 kun davomida o'tkazilgan so'rovnoma yakuniga ko'ra, Dinamo jamoasi sardori Akmal Bozorov oyning eng yaxshi futbolchisi nomiga loyiq ko'rildi.

31 yoshli samarqandlik yarimhimoyachi jami 192 ta ovoz olib, umumiy muxlislarning 29 % foiz ovoziga ega bo'lgan. CHindanam, Akmal Bozorov mart oyida o'tkazilgan dastlabki to'rt turda maydonga tushib, Metallurg va SHo'rtan darvozasini ishg'ol etdi, Paxtakor bilan bahsda ham jamoaning ketma-ket uchinchi g'alabasiga katta hissa qo'shdi. Jarohatiga qaramay, Navbahor bilan bahsda zaxiradan maydonga tushdi.

Bu borada Bozorovga jamoa hujumchisi Sardor Sulaymonov raqobatchilik qildi. SHo'rtan va Nasafga qarshi nazorat bahsida gol muallifi bo'lgan 23 yoshli hujumchi 151 (22.8%) ovoz bilan ikkinchi o'rinda qayd etilgan.

Bu borada uchinchi o'rin Abdumalik Abdullaevga nasib etdi. Tezkor hujumchiga 126 ta ovoz berilgan bo'lib, bu jami ovozlarning 19% foizidir. Abdumalik Metallurgga qarshi bahsda ikkinchi golga hammualiflik qilgan bo'lsa, SHo'rtanga qarshi o'yinda zaxiradan tushib gol urishga erishdi.

SHuningdek, jamoa posboni Mixail Naumov 64 (9.7%), iqtidorli yarimhimoyachi Javohir Qahramonov 61 (9.2%), yosh markaziy himoyachi Bunyod Isroilov 34 (5.1%), qanot yarimhimoyachisi Orif Mamajonov 18 (2.7%) va himoyachi SHohruh Xolmatov 17 ta ovoz (2.6%) muxlislar tomonidan etirof etilgan.

Eslatib o'tamiz, mart oyida Dinamo to'rt o'yinda uchta g'alaba va bir mag'lubiyatga uchrab, turnir jadvalida 3-pog'onadan joy olgan. Jamoa navbatdagi uchrashuvni 7 mart kuni Qo'qonda mahalliy jamoaga qarshi o'tkazadi.

Dinamo klubi matbuot xizmati.


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика