So’nggi yangiliklar

19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  3 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  5 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  3 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  2 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  3 16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  1 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  1 15:34Тимур Кападзе: "Мисрнинг кучли томонлари ва имкониятларини яхши биламиз"  9 15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  26 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  9 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1

"Dinamo"ning g'alabali seriyasi 20 o'yinga etdi Yangiliklar

"Dinamo"ning g'alabali seriyasi 20 o'yinga etdi

Birinchi Liga 28-turi doirasida Samarqandda Qarshining Nasaf-2 klubini qabul qilgan Dinamo jamoasi ketma-ket mavsumdagi 20-g'alabasini qo'lga kiritdi.

Ketma-ket uchinchi uchrashuvni mezbonlikda o'tkazgan ko'hna shaharlik futbolchilar Zomin, Mashal-2dan so'ng endi Nasaf-2 jamoasini mag'lub etishga erishdilar.

O'yin to'liq maydon egalarining ustunligi ostida o'tgan bo'lsada, uchrashuvdagi hisob bo'lim yakuniga kelib ochildi. 41-daqiqada Jonibek Ko'chimov raqib himoyasidagi pala-partishlikdan foydalanib, muxlislarni quvontirdi, 1:0.

Ikkinchi bo'limda ham o'yin tizgini mezbonlarda bo'ldi. Bahsning 63-daqiqasida Alisher Xoliqovga nisbatan ishlatilgan qo'pollikdan keyin bosh hakam 11 metrlik nuqtani ko'rsatdi. To'pga yaqinlashgan Omadjon Tayloqov, bu safar ham nishonda adashmadi, 2:0.

Ushbu g'alabadan keyin Dinamo jamoasining g'alabali seriyasi 20 ta bahsga etdi. Samarqand jamoasi turnir jadvalidagi peshqadamlikni o'zida saqlab, bosh maqsadi Oliy Ligaga qaytish uchun yana bir muhim qadamni tashladi.

Dinamo keyingi ikki turda 4 va 7 oktyabr kunlari Toshkentda NBU-Osiyo va Paxtakor-2 jamoalari mehmoni bo'ladi.

Birinchi Liga. 29-tur.

25 sentyabr (yakshanba)

DINAMO - NASAF-2 - 2:0

Samarqand, 1552 tomoshabin.

Hakamlar: R. Lutfulin (Toshkent) – 8,2, X. Bahodirov (Toshkent) – 8,0, D. Klepikov (Toshkent) – 8,3, S. Hokimov - 9

Nazoratchi: T. Abdullaev (Tashkent).

Gollar: Jonibek Ko'chimov (41), Omadjon Tayloqov (63, penalti).

Dinamo: Mixail Naumov, Aleksey Nikolaev (Hakimxon Alamxonov, 85), Bunyod Isroilov, Mirkomil Lokaev, Akmal Bozorov, Komil SHarofutdinov (Laziz Nuriddinov, 66), Omadjon Tayloqov, Jonibek Ko'chimov, Firdavs Abdusalimov (Islom SHaripov, 36), Viktor Klishin (Alisher Xoliqov, 46), Amirjon Safarov (Asomiddin Mamatov, 63)

Nasaf-2: Javohir Komilov, SHamsiddin Sadullaev, Siroj Ettiboev, G'olib G'aybullaev, Doston Berdiqulov, Javohir Ashurov, Dilshod Saidov, Navro'z Izzatullaev, SHoxruh Safarov, SHerzod Nasrullaev, Samandar SHukurullaev.

Ogohlantirishlar: A. Bozorov (48) – G. G'aybullaev (41), D. Berdiqulov (41), S. SHukurulaev (41), SH. Nasrullaev (43).

CHetlatish: S. SHukurullaev (ikkinchi ogohlantirish, 88).

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика