So’nggi yangiliklar

00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  0 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  2 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  9 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  12 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0 19:42"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади!  7 19:15УЕФА тўхталишлар сони кўпайиши туфайли ВАР ваколатларини кенгайтирмоқчи эмас  1

"Dinamo"ga qarshi o'yinda shikastlangan Jasur Yaxshiboev jarohati haqida gapirdi Yangiliklar

"Dinamo"ga qarshi o'yinda shikastlangan Jasur Yaxshiboev jarohati haqida gapirdi

Coca-Cola Superligasining 21-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Dinamo" uchrashuvidan so'ng mezbonlar futbolchisi Jasur Yaxshiboev g'alaba taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

Eslatib o'tamiz, ushbu bahsning 40-daqiqasida jarohat oldi va almashtirildi. Uni zambilda maydondan olib chiqishdi. O'yindan keyin uning holati haqida futbolchining o'zidan fikr oldik. 

"Biz chempionlik uchun kurashyapmiz, shu bois, bugungi o'yinda g'alaba qozonishimiz shart edi. Uch ochkoni qo'lga kiritish uchun qo'ldan kelgancha harakat qildik va haqli g'alaba qozondik deb o'ylayman. 

Jarohatim haqida bir nima deya olmayman. Endi tibbiy tekshiruvlardan o'tishim kerak, shundan so'ng shifokorlar jarohatimning qay darajada jiddiy ekanligini aniqlab beradi.

Oldinda beshta o'yin bor. SHunday ekan, qaysi jamoaning chempion bo'lishi nomalum. Biz esa barcha o'yinlarda g'alaba qozonishga harakat qilamiz. "Nasaf"ning ham ochko yo'qotishini kutamiz. Agarda ular ochko yo'qotmasa, chempionlik imkoniyati yuqori bo'ladi. 

Biz ham Superliga, ham O'zbekiston kubogini qo'lga kiritish uchun bor imkoniyatni ishga solamiz", — dedi "Navbahor" yarim himoyachisi.

Eslatib o'tamiz, Namanganda kechgan bahsda "Navbahor" 2:0 hisobida zafar quchdi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика