So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  17 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

"Dinamo": Yil yakunlariga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi FOTO Yangiliklar

"Dinamo": Yil yakunlariga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi FOTO

Teglar :  Dinamo
28 dekabr kuni Samarqand shahridagi Oazis restoranida Dinamo klubining 2016 yil yakunlari va yangi yil bayramiga bag'ishlangan marosimi o'tkazildi.

Unda Samarqand shahar hokimi, Dinamo PFK prezidenti Akbar SHukurov, Nuroniy jamg'armasi Samarqand viloyat bo'limi raisi Hasan Norbekovich Normurodov, viloyat futbol federaciyasi vice-prezidenti SHuhrat Sayfullaev hamda Dinamo klubi azolari va futbol jamoatchiligi vakillari ishtirok etishdi.

Dastlab, tadbirda shahar hokimi va klub prezidenti Akbar Safarovich so'zga chiqib, Dinamo jamoasini Oliy Ligaga chiqqani bilan tabrikladi.

Viloyatimizning bosh jamoasi Dinamoning Oliy Ligaga qaytgani samarqandlik minglab muxlislarni xursand qildi. Ilhom SHaripov qo'l ostidagi jamoa oldidagi vazifani poydevori samarqandlik mahalliy yosh futbolchilar asosida tashkil etilgan tarkib bilan bajargani quvonarli holat. O'ylaymanki, Dinamo jamoasi yangi mavsumga ham puxta tayyorgarlik bilan kirishib, muxlislar ishonchini oqlaydi. Kirib kelayotgan yangi yil barchamiz uchun omadli va zafarli kelsin - dedi Akbar Safarovich.



SHundan so'ng, Nuroniy jamg'armasi Samarqand viloyat bo'limi raisi, jamoaning jonkuyar muxlisi Hasan Norbekovich Normurodov so'zga chiqib, Dinamo jamoasining Oliy Ligaga qaytgani bilan tabriklab, futbolchilarga mamlakatimizda o'z o'rniga ega bo'lgan Samarqand futboli tarixi haqida so'zlab, shaharga munosib futbolchilar bo'lib etishishlarini tiladi.

O'z o'rnida Dinamo klubi bosh murabbiyi Ilhom SHaripov bildirilgan ishonch va yil davomida jamoani har tomonlama qo'llab-quvvatlagan viloyat hamda klub rahbariyatiga o'z minnatdorchiligini bildirdi.

SHu kuni Dinamo PFK futbolchilariga Birinchi Liga g'olibi sifatida medallar va faxriy yorliqlar topshirildi.



Bayram tadbirida O'zbekiston xalq artisti Mardon Mavlonov boshchiligidagi samarqandlik el suygan sanatkorlar ham ishtirok etib, marosimning ko'tarinki kayfiyatda o'tishini taminlashdi.

Bayramona kayfiyatda o'tgan tadbir yakunida ashaddiy ishqibozlar va viloyatimiz futbol faxriylari ham Dinamoga yangi mavsumda omad va zafarlar tilashdi.

Dinamo klubi matbuot xizmati.



Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика