So’nggi yangiliklar

09:41Захирадан майдонга тушганлар ўйин тақдирини ҳал қилган "Бухоро" - "Динамо" учрашувидан ФОТОГАЛEРEЯ  0 09:41Элдор Мойлиев: «Ғалабани мухлисларга бағишлаймиз»  0 08:44Максим Шацких «Андижон»даги дебют учрашувидан сўнг нималар деди?  10 08:13Пролига. Бугун 2-даврага старт берилади  0 07:40Суперлига. Бугун Тошкентда ажойиб ўйин бор  5 06:00Суперлига. Тошкентдаги чангли ўйинда дуранг қайд этилди. "Қўқон-1912" ўз майдонида, "Андижон" эса сафарда мағлубиятга учради  0 01:55Лига 1. Хвичанинг дубли ПСЖга "Осер" устидан ғалабани тақдим этди  2 01:14"Ливерпуль" янги битимни эълон қилди  4 00:47Баҳром Ҳайдаров: "Иккита мағлубиятдан сўнг фожиа ясаш нотўғри"  3 00:45Гвардиола мавсумда 16 та ўйинда мағлуб бўлди. "Ман Сити" устози фаолиятидаги антирекордни янгилади  12 23:38Рўзиқул Бердиев: "Қўқон-1912" анча курашувчан жамоа эканлигини билардик"  7 23:30Саудия Арабистони чемпионати. "Ал Файҳа" сўнгги дақиқаларда урилган голлар эвазига "Ал Ухдуд"ни мағлуб этди, Шукуров 90 дақиқа ўйнади  1 22:46Суперлига. "Шўртан" мавсумдаги илк ғалабасини бир киши кам бўлиб қолган "Андижон" устидан қўлга киритди  87 22:31Англия кубоги. "Манчестер Сити" финалда "Кристал Пэлас"га мағлуб бўлиб, жорий мавсумда соврин ютиш имкониятини қўлдан чиқарди  90 21:51Вадим Абрамов: "Жуда ёмон ўйин намойиш этдик. Мухлислардан узр сўрайман"  5

"SHu kunga qadar bosib o'tgan yo'limni eslasam, ko'zimga yosh keladi". Tehronning "Istiqlol" klubiga o'tayotgan Joel Kojo saytimizga intervyu berdi Yangiliklar

"SHu kunga qadar bosib o'tgan yo'limni eslasam, ko'zimga yosh keladi". Tehronning "Istiqlol" klubiga o'tayotgan Joel Kojo saytimizga intervyu berdi

Eron jamoasi safiga qo'shilayotgan hujumchi Joel Kojo saytimiz vakilining bir qator savollariga javob qaytardi.

- Salom Kojo. Ishlaringiz qalay? "Dinamo" safidagi yorqin o'yinlaringiz tufayli Eron chempionatiga yo'l olmoqdasiz. "Dinamo" jamoasi uchun joriy mavsum qanday o'tdi?

- Biz Pro Ligada muvaffaqiyatli ishtirok etib, Superligaga qaytdik. CHiroyli o'yin namoyish etdik va har qanday qiyinchiliklarga qaramay, ligada jon saqlab qoldik. Asosiy vazifamiz ham shu edi.

- "Dinamo"da o'tkazgan ikki yillik faoliyatingiz haqida gapirib o'tsangiz. "Dinamo"dagi faoliyatingizni qanday eslaysiz?

- "Dinamo" menga taqdim etgan imkoniyatlar uchun rahmat aytaman. Bosh murabbiyimizga ham minnatdorlik bildiraman. Bosh murabbiyimiz menga ishonch bildirdi. "Dinamo"da yaxshi damlarni o'tkazdim.  Turli xil jamoalardan taklif olish - har bir futbolchining orzusi, yanada yaxshiroq jamoalarga o'tish esa maqsad.

- "Istiqlol" varianti qaerdan paydo bo'ldi? Eron – Qirg'iz Respublikasi uchrashuvidan so'ng klub vakillari sizga taklif bilan chiqishganmidi?

- To'g'risini aytsam, menga bundan oldin ham takliflar bor edi. Maqtanishni istamayman, ammo menga har kuni yangi takliflar bo'layotgandi. Ko'p takliflarga ega bo'lish har bir futbolchi uchun juda yoqimli. "Istiqlol" menga qiziqayotganini aytishdi va biz klub bilan muzokara stoliga o'tirdik.

- Demak, "Istiqlol" bilan shartnomaga qo'l qo'yib bo'ldingiz?

- Mening shartnomam bo'yicha yakuniy qarorga kelinmadi. Biz kelishib olishimiz kerak bo'lgan kichik detallar bor.

- Qirg'iz Respublikasi terma jamoasining JCH-2026 saralashidagi ishtiroki haqida fikr bildirib o'tsangiz...

- Saralash doirasidagi bahslar biz uchun ancha yorqin va esda qolarli bo'lmoqda. Oxirigacha kurashamiz va futbol kutilmagan hodisalarga to'la. Bu mening faoliyatimdagi ilk mundial saralashi va men ushbu bahslarda imkon qadar yaxshiroq o'yin namoyish etishga intilaman. Biz qiyin guruhdan joy oldik, ammo bu mening muammom emas. Biz O'zbekiston va Eronga qarshi o'yinlarda munosib qarshilik ko'rsata oldik. Ikki uchrashuvda ham bizga biroz omad etishmadi deb o'ylayman.

- Siz ikki mavsum davomida Superliga va Pro Ligada ham faoliyat yuritdingiz. Ligalar o'rtasidagi farq haqida nimalar deya olasiz?

- Pro ligada raqobat ancha kuchli va bir nechta raqobatbardosh jamoalar bor. Umumiy qilib aytganda, Pro liga darajasi ham unchalik yomon emas. Superliga darajasi esa umuman boshqa. Superliga klublarida terma jamoa azolari to'p tepishadi.

- Eron chempionatining darajasi haqida qanday fikrdasiz? Eron ligasi siz uchun qiyinchilik tug'dirishi mumkinmi?

- Eron chempionati haqida ko'p gapirishni istamayman, ammo mahalliy klublar qanday kuchga ega ekanligidan barchamiz xabardormiz. Eron klublari Osiyo CHempionlar Ligasida munosib ishtirok etib keladi, shu sababli men mahalliy chempionatni yuqori darajada deb hisoblayman.

- Qirg'iz Respublikasining "Alay" jamoasi ushbu mintaqadagi dastlabki jamoangiz bo'lgan. Siz Qirg'iz Respublikasiga qanday qilib kelib qolgansiz? "Alay"da o'tkazgan damlaringizni qanday eslaysiz?

- "Alay" – mening o'yim. Men u erdagi barchadan minnatdorman. Qirg'iz Respublikasi milliy jamoasida o'ynash taklifi mamlakatdagi beshinchi mavsumimdan so'ng ro'y berdi. Bularning barchasi Yaratganning yordami va mehnatim sababli ro'y berdi.

Men futbol o'ynashni juda yosh boshlaganman va shu kunga qadar bosib o'tgan yo'limni eslasam, ko'zimga yosh keladi. Futbol – hayot yo'limning asosiy qismi. Men Afrikadan ketishni va Evropada futbol o'ynashni istaganman va bu haqda Xudodan ko'p so'raganman. Afrikaning ko'p mamlakatlarida bo'lganman, ammo bu men istagan hayot emas edi, ochig'i. Hozir men Osiyo futbolidaman va o'zim yaxshi ko'rgan ish bilan mashg'ulman, buning barchasi uchun Yaratganga rahmat aytaman.


Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика