So’nggi yangiliklar

14:48Халқаро тақвим: Август ойида нималар кутмоқда?  0 14:36Хато "Челси" билан шахсий шартларни келишиб олди  1 14:09Шерзод Эсанов "Акрон"ни тарк этди  8 13:48"Барселона" ёш футболчиси билан хайрлашадими?  1 13:15"Манчестер Сити"ни 4 нафар футболчи тарк этиши мумкин  1 12:46"Челси" Симонс билан музокараларда олдинга силжиди  1 12:25Баҳром Ҳайдаров: "Имкон қадар 10таликдан ўрин эгаллашга ҳаракат қиламиз"  0 11:54"Интер" асосий футболчиси "Реал" диққат марказида  0 11:26Виталий Денисов: "Файзуллаев топ-5 лигадаги клубга ўтади деб умид қилгандим"  9 10:53"Насаф" сардори легионерга айланишга яқин  15 10:25"Нефтчи" футболчиси "Қўқон-1912"га ўтиши мумкин  1 09:51"Насаф" колумбиялик ҳужумчига қизиқиш билдирмоқда  7 09:18"Нефтчи" Жоэль Кожо учун қанча сарфлаши маълум  13 08:40"Рома" янги мавсум учун учинчи либослар тўпламини намойиш қилди  2 08:13Гари Линекер: "Рэшфорд барчасини уддалайди"  3

“Dinamo” yangi mavsum oldidan tanishtiruv marosimini o'tkazdi Yangiliklar

“Dinamo” yangi mavsum oldidan tanishtiruv marosimini o'tkazdi

Teglar :  Dinamo Samarqand
Dinamo jamoasi 2023 yilgi Pro liga yangi mavsumi oldidan futbolchilar taqdimot marosimini o'tkazdi.

Yangi futbol mavsumi starti oldidan o'tkazilishi anana tusini olgan tanishtiruv marosimida «Dinamo» futbol jamoasining bu yilgi yangi tarkibi tanishtirildi. Samarqand shahridagi «Ipak yo'li» turizm xalqaro universiteti katta zalida o'tgan tadbirda viloyat hokimligi, klub va mutasaddi rahbarlar va 200 nafarga yaqin eng faol muxlislar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Taqdimot marosimini Samarqand viloyati hokimi o'rinbosari Rustam Qobilov ochib berib, «Dinamo» jamoasi bu yil muxlislarni xursand etib, Superligaga qaytishi lozimligini takidlab, klubga bu mashaqqatli vazifani bajarishda omad va zafar tiladi.

Muxlislarning qarsaklari ostida birin-ketin «Dinamo» jamoasining barcha 26 futbolchisi tanishtirilib, ularga yangi liboslar topshirildi. O'yinchilarning 15 nafari yangi, 11 nafari esa o'tgan yilgi tarkib azolaridir.

SHundan keyin jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov sahnaga chiqib, «Dinamo» oldiga Superliga vazifasi turgani, Samarqanddek shahar jamoasi yuqori o'rinlarda bo'lishga munosibligini aytdi. Jamoa sardori Erkin Baydullaev ham futbolchilar nomidan so'zga chiqib, eng avvalo samarqandlik muxlislarni xursand etish uchun barcha bor imkoniyatini ishga solishini bildirdi. SHuningdek, legionerlardan ganalik Derrik Mensah va Kojo Joel ham muxlislar oldiga chiqib, ishonchni oqlashga harakat qilishlarini aytishdi.

Fan-klub etakchisi SHavkat Burhonov, jonkuyar muxlislar ham so'zga chiqib, «Dinamo»ning Superligaga qaytishi uchun elkama-elka turib, qo'llab-quvvatlashga tayyor ekanliklari haqida gapirishdi. 

Ochiq savol-javob va yuqori kayfiyatda o'tgan tadbir yakunida faol va faxriy muxlislar o'z takliflarini viloyat hokimi o'rinbosari Rustam Qobilovga bildirib, ijobiy javob olishdi. Xususan, Pro liga 1-tur o'yini doirasida 16 mart kungi Muborakdagi «Mashal»ga qarshi safardagi o'yinga borib kelish uchun faol va faxriy muxlislar uchun avtobus ajratiladigan bo'ldi. Stadiondagi sharoitlar masalasi ham o'rganilishi malum qilindi. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика