So’nggi yangiliklar

09:40Бразилиялик бизнесмен бутун бойлигини Неймарга қолдирди  3 09:20Италия терма жамоасининг собиқ устози "Фенербахче"ни бошқаришга асосий номзод  0 09:00Месси ўйиндан олдин кўз ёшларини тўхтата олмади. Баҳс якунидан сўнг мухлислар билан хайрлашди  6 08:35ЖЧ-2026. Яна учта терма жамоа мундиал йўлланмасини қўлга киритди  7 08:06CAFA Nations Cup. Бугун Қирғиз Республикасига қарши майдонга тушамиз  6 07:39ЖЧ-2026 саралаш. Аргентина, Бразилия ва Уругвай йирик ҳисобда ғалаба қозонди  6 01:45ЖЧ-2026 саралаши. Германия мағлуб бўлди, Нидерландия дуранг ўйнади ва бошқа натижалар билан танишинг  9 01:20Валерий Карпин: "Иорданиядан бунақасини кутмагандик"  11 00:51Родри: "Бу жароҳат менинг фаолиятимни узайтирди"  1 00:33Даниэль Леви 24 йилдан сўнг "Тоттенхэм"дан кетди  1 00:03Ўртоқлик учрашуви. Россия - Иордания ўйинида голлар урилмади  5 23:51Фаррух Сайфиев Расул Чориевнинг ҳолидан хабар олди  14 23:31Ўртоқлик учрашуви. Саудия Арабистони Шимолий Македония термасини мағлуб қилди  0 23:09Ўзбекистон терма жамоаси Қирғизистонга қарши ўйин олдидан машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  5 22:51Эрон "CAFA Nations Cup-2025" финалига йўлланма олди  9

Dinamo Tojikiston chempioni Istiqlolni mag'lub etdi Yangiliklar

Dinamo Tojikiston chempioni Istiqlolni mag'lub etdi

Teglar :  DinamoIstiqlol
Superligada yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib, Samarqandning “Dinamo” jamoasi Toshkentda Tojikistonning amaldagi chempioni “Istiqlol” klubiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

OCHL saralash bosqichida ishtirok etgan, hozirda OFK Kubogida qatnashayotgan Dushanbening “Istiqlol” jamoasini o'tgan mavsum “Dinamo” muxlislariga begona bo'lmagan Muhsin Muhammadiev boshqargan bo'lsa, hozirda Hakim Fuzaylov boshqarmoqda. OFK Kubogi bahslariga tayyorgarlik ko'rayotgan Tojikiston chempioni 15 mart kuni “Surxon” jamoasini 4:2 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, bu safar “Dinamo”ga qarshi maydonga tushdi.

Kutilganidek shiddatli va qiziqarli kurashlarga boy o'tgan uchrashuvning 44-daqiqasida samarqandlik 24 yoshli hujumchi Amirjon Safarovning dushanbeliklarning serbiyalik posboni Nikola Stoshich darvozasiga kiritgan goli Samarqand jamoasiga hisobda ustunlikni taqdim etdi.

Ikkinchi bo'limda Davron Fayziev tarkibni to'liq o'zgartirib, boshqa futbolchilarni ham sinovdan o'tkazdi. Ikkinchi bo'limda ham Jasur Azimov, Dilmurod Karimov, Sanjar Barotovlarda ham hisobni oshirish imkoniyati yuzaga kelgandi, ammo tablodagi natija o'zgarmadi – 1:0. “Dinamo” o'rtoqlik uchrashuvida Tojikiston chempioni “Istiqlol”ni kichik hisobda mag'lub etdi.

18 mart (dushanba)

Nazorat uchrashuvi. Toshkent.

«DINAMO» - «ISTIQLOL» (Tojikiston) - 1:0

Gol
: Amirjon Safarov, 44

«Dinamo»: SHohruhjon Raimov, Mirkomil Lokaev, Hakimxon Alamxonov, Akmal Xolmurodov, Abbos SHodmonov, Bobur Qosimov, SHohruh Abdurahmonov, Sardor Eminov, Nizomjon Norov, Vohid SHodiev, Amirjon Safarov.

«Dinamo» (2-bo'lim): SHohruh Raimov, Maksimilian Fomin, Siroj Hamroev, Otabek Narzullaev, Avaz Agaliev, Dilmurod Karimov, Obid Hakimov, Jasur Azimov, Komil SHarofutdinov, Sanjar Barotov, Qadamboy Nurmetov.

«Istiqlol» (Tojikiston): Nikola Stoshich, Aleksey Larin, Iskandar Jalilov, Axtam Nazarov, Jalil Kimsanov, Alisher Jalilov, Fatxullo Fatxulloev, Muhammadjon Razimov, Komron Tursunov, Mixaylo Sakich, Ruslan Koryan.

Zaxira: Rustam Yatimov, Amirbek Jo'raboev, SHahram Sulaymonov, Yuriy Salomka, Muhammad Hakimzoda, Sorbon G'iyosov, Baxtiyor Qalandarov, SHahrom Rajabov.

Eslatib o'tamiz, “Dinamo” jamoasi Superliga 2-turi doirasida 30 mart kuni Termizda “Surxon” klubi mehmoni bo'ladi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика