"Dinamo" tarkibida asosan mahalliy yoshlar shug'ullanmoqda
27 dek 2013 18:20
Yangiliklar

"Dinamo" tarkibida asosan mahalliy yoshlar shug'ullanmoqda
Bugun Samarqanddagi olimpiya zaxiralari sport kollejining yopiq manejida "Dinamo" mashg'ulotini kuzatib qaytdik.
Tushlikdan so'ng chamasi soat 15:00da boshlangan mashg'ulot qariyib 1,5 soat davom etdi.Unda 20 ortiq futbolchilar ishtirok etdi. Jumladan Igor Mixaylov, Sardor SHaropov, Alisher Samatov, Avaz Agaliev, Abdullo Nabiev,Iskandar Xolmirzaev, Akmal Xolmurodov, Baxtiyor Ochilov, Turg'un Qobilov, Firdavs Abdusalimov, Islom Hamidov, Nurbek Safarov, Sirojiddin Sayfiev kabi o'yinchilarni uchratish mumkin edi.
Bugun Samarqandda qor yoqqani munosabati bilan tayyorgarlik rejasiga kichik o'zgartirish kiritildi. SHu bois murabbiylar shtabi futbolchilarni to'rtta jamoaga ajratgan xolda, mini-futbol va basketbol o'yinini tashkil etdi.
Ikkita jamoa zalning birinchi qismida mini-futbol o'ynagan bo'lsa, qolgan yana ikki jamoa zalning narigi tarafida basketbol tashkil etdi. Aytish kerakki, jamoalar vaqti vaqti bilan o'rin almashib o'ynashdi.
Mini-futbolni yordamchi murabbiylardan biri Vladimir Andreev o'tkazgan bo'lsa, basketbol o'yiniga Igor Remnyov bilan Alisher Latipov boshchilik qildi.
Bosh murabbiy Ravshan Haydarov esa maydon chetida har bir futbolchining harakatini diqqat bilan kuzatib turdi. Goh gohida futbolchilarga ko'rsatma berib, yordamchilari bilan ham o'zaro fikr almashib turdi.
Ushbu mashg'ulot chog'ida bu yil jamoa safida xarakat qilgan Sanat SHixov, Ildar Mamatkazin, Ildar Magdeev, Oybek Nurboev, Aleksandr Melenchuk singari etakchi o'yinchilar ko'rinmadi. Bosh murabbiy Haydarovning bizga bergan malumotiga ko'ra, ularning ko'pchiligi kasal va yana boshqa bir qator malum sabablarga ko'ra jamoa yig'inida ishtirok eta olishmayapti. Samarqandliklar ustozi yanvar oyida tarkib to'liq ko'rinishda bo'lishini va yana bir qator yangi futbolchilar kelib qo'shilishini ham aytib o'tdi.
Rejaga ko'ra, mazkur yig'in 29 dekabarga qadar davom etadi. SHu kuni murabbiylar futbolchilarni ikki tarkibga bo'lgan xolda, o'zaro o'yin tashkil etishni o'ylab turibdi. SHundan so'ng jamoa yig'inida ishtirok etgan ayrim o'yinchilar taqdiriga oydinlik kiritiladi.
Ikkinchi yig'in esa 3 yanvardan yana Samarqandda davom etadi.
Islombek Rustambekov.

Fikrlar