"Dinamo": Saidjamol Davlatjonov "Paxtakor"ga qarshi o'ynamaydi
17 avg 2017 12:33
Yangiliklar
"Dinamo": Saidjamol Davlatjonov "Paxtakor"ga qarshi o'ynamaydi
Ikkinchi davrada Dinamoning so'nggi uch uchrashuvi – O'zbekiston Kubogi doirasi Bunyodkorga qarshi va Oliy Liga doirasidagi Metallurg, SHo'rtan bilan kechgan uchrashuvlarda asosiy tarkibdan o'rin olgan Saidjamol Davlatjonov navbatdagi tur o'yinida maydonga tusha olmaydi. Tezkor yarimhimoyachi Dinamo safida Paxtakordan ijara asosida to'p surayotganligi bois, kelishuvga binoan uning o'yinga tushishiga ruxsat berilmagan.
O'tgan turda SHo'rtanga qarshi o'yinni diskvalifikaciya tufayli o'tkazib yuborgan Adnan Oraxovac esa o'zining sobiq jamoasiga qarshi ilk marta maydonga tushishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Dinamo - Paxtakor o'rtasidagi Yoshlar Ligasi doirasida bahs 17 avgust payshanba kuni Olimpiya stadionida soat 16:45 da boshlansa, Oliy Liga doirasidagi uchrashuv 18 avgust kuni Dinamo stadionida soat 18:00 da boshlanadi. CHiptalar o'yingoh kassalarida sotilmoqda.
Fikrlar