So’nggi yangiliklar

04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  1 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  1 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  17 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  2 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  10 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1

"Rostov" yana mag'lubiyatga uchradi Yangiliklar

"Rostov" yana mag'lubiyatga uchradi

"Dinamo" hamda "Rostov" o'rtasidagi RPLning 17-tur uchrashuvi yakuniga etdi.

Dinamo Moscow

Maximilian Philipp - 33', Maximilian Philipp - 90'

Premier League . 17-tur

23/11/2019, 18:30

1
:
2
Tugadi

FC Rostov

Ivelin Popov - 13'

Stadion: VTB Arena

45'
90'
33'  Maximilian Philipp
38'  Zaurbek Pliev (Sergey Parshivlyuk)
60'  Sebastian Szymanski
72'  Roman Evgenjev (Toni Sunjic)
81'  Sylvester Igboun (Clinton N'Jie)
90'  Maximilian Philipp
90'  Roman Neustaedter
90'  Sergey Parshivlyuk
2'  Dennis Hadzikadunic
13'  Ivelin Popov
13'  Aleksey Ionov
59'  Danil Glebov (Baktiyor Zaynutdinov)
90'  Khoren Bayramyan (Alexander Dolgov)
90'  Aleksey Ionov


"Dinamo" – "Rostov" 2:1

VTB-Arena"

Gollar: 0:1 – 13 Popov, 1:1 – 33, penalti Filipp, 2:1 – 90, penalti Filipp.

"Dinamo": SHunin, Raush, Pliev (Parshivlyuk, 38), Rikov, Evgenev (SHunich, 72), Yusupov, Noyshtedter, SHimanski, Morozov, Filipp, Igboun (N`Ji, 81).

"Rostov": Baburin, CHistyakov, Kozlov, CHernov, Xadjikadunich, Normann, Popov, Glebov (Zaynutdinov, 59), Bayramyan (Dolgov, 90), Ionov, SHomurodov.

Ogohlantirishlar: Xadjikadunich (2), SHimanski (60), Noyshtedter (90), Parshivlyuk (90).


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+9. YO'Q! Ionov penaltini golga aylantira olmadi!

90+6. Baxtiyor Zaynutdinov "Dinamo" jarima maydonchasi ichida ochiqchasiga yiqitildi. Penalti! 

90+1. Uchrashuv asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi.

90. GOL! Maksimilian Filipp 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantirdi.

88. Yana penalti! Yana VARdan so'ng penalti... "Rostov"ning bir guruh futbolchilari hakamga etiroz bildirishmoqda, biroq bundan foyda yo'q.

85. Mehmon jamoa jarima maydonchasi ichida futbolchi yiqildi. To'p maydonni tark etganidan so'ng hakam VARga murojaat qildi. Videoassistentlar bir qarorga kela olmaganidan so'ng bosh hakam ekran oldiga bordi.

84. "Rostov" raqibini o'z jarima maydonchasiga qamab, ketma-ket hujumlar amalga oshiryapti. Ammo golga tortadigan vaziyatlar sodir bo'lmayapti.

77. To'pga egalik qilish bo'yicha ustunlik mezbonlarda: 54% - 46%

73. Baburin to'pni qo'liga olib, uni uzoqroqqa tepishga urindi, ammo kutilmaganda zarba posbon istaganidek chiqmadi. Uning baxtiga himoyachilar to'pni yana darvozabonga qaytarib berdi.

71. O'yindagi ustunlik mezbonlar tomonga o'tdi. 

63. SHomurodov "Dinamo" darvozasiga bergan zarba Evgenev boshiga tegdi va maydonni tark etdi. Hamyurtimiz futbolchidan uzr so'rab qo'ydi.

62. Mezbonlarda navbatdagi xavfli vaziyat: Igbun qanot orqali to'pni raqib jarima maydonchasi markaziga tashladi, ammo berilgan zarba noaniq.

59. "Dinamo"dan xavfli hujum! SHimanski qanotdan uzatilgan to'pni darvozaga burishga urindi, ammo uning o'ylagani amalga oshmadi.

54. SHomurodov to'pni qabul qilib, chap qanotda reyd amalga oshirdi va to'pni jarima maydonchasi ichiga tashladi. Biroq uzatma himoyachilar tomonidan qaytarib yuborildi.

49. Bayramyang to'pni jarima maydonchasi ichiga tashlashga urindi, ammo himoyachilar to'pni qaytarishdi. Hujumning ikkinchi to'lqinida CHernovning uzatmasi darvozaga burilib ketdi, biroq posbon yaxshi harakat qilib, xavfni bartaraf etdi.

47. Popov uzoq masofadan omadini sinashga urinib ko'rdi, ammo zarbadan so'ng to'p himoyachiga tegib, darvozabon qo'liga tushdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.


- Jamoalar maydonga qaytishmoqda.

TANAFFUS

45+1. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

45. SHomurodov bu safar ikkinchi qavatdagi kurashda g'alaba qozondi, ammo uning darvozaga bergan zarbasi noaniq chiqdi.

43. SHomurodov ikkinchi qavatdagi kurashda raqib darvozaboni bilan to'qnashib ketdi. Hammasi joyida, hujumchimiz o'rnidan turib, o'yinni davom ettiryapti.

41. Igbun "Rostov" jarima maydonchasi chizig'i ustidan Baburin darvozasi tomon zarba berdi, biroq to'p darvoza yonidan o'tib ketdi.

40. SHomurodov raqib jarima maydonchasi ichida to'pni o'ziga bo'ysundira olmadi va qoida buzdi.

38. SHomurodov!!! Eldor qanotdan bo'lgan uzatmani qabul qildi va darovzani nishonga olishga urindi, biroq zarba noaniq.

33. Penalti! Rostovliklar o'z jarima maydonchasi ichida qoida buzdi. Maksimilian Filipp penaltidan hisobni tenglashtirdi.

30. Mezbonlar himoyada ketma-ket xatoga yo'l qo'yishmoqda, ammo "Rostov" raqiblarini jazolay olmayapti.

28. Igbun raqib jarima maydonchasi oldida bir futbolchini aldab, to'pni chaproqdagi jamoadoshiga uzatdi, ammo uzatma kuchli bo'lgani uchun to'p maydonni tark etdi.

26. Popov qanotdan to'pni havolatib jarima maydonchasi ichiga uzatdi, SHomurodov to'pni darvozaga to'g'irlashga urindi, ammo bo'yi etmadi.

23. To'pga egalik qilish bo'yicha kichik ustunlik "Rostov" tomonda. Mehmonlar ishonchliroq o'yin ko'rsatishmoqda.

16. SHOMURODOV! Ajoyib uzatmadan so'ng Eldor raqib maydonchasi ichida to'pga ega bo'ldi va darvozaga chap oyog'ida zarba berdi, biroq posbon to'pni egallab, xavfni bartaraf etdi.

13. GOOOL! "Rostov" hisobni ochdi! Ionov qanotdan to'pni erlatib jarima maydonchasiga uzatdi, "Rostov" sardori Popov esa darvozani ishg'ol qildi. Hakam goldan oldin qoida buzilganini tekshirish uchun VARga murojaat qildi. Normann to'pni qo'oplliksiz olgani isbotlandi.

8. Igbun Baburin bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketayotgan edi, ammo yon hakam bayroqchasi ko'tarilgan edi.

5. Burchakdan uzatib berilgan to'pdan so'ng Ionov zarba berishga urindi, to'p himoyachilarga tegib qaytganidan so'ng Glebov ham omadini sinab ko'rdi. Noaniq.

1. Uchrashuv boshlandi!


"Dinamo" – "Rostov"

"VTB-Arena"

"Dinamo": SHunin, Raush, Pliev, Rykov, Evgenev, Yusupov, Noyshtedter, SHimanski, Morozov, Filipp, Igboun.

"Rostov": Baburin, CHistyakov, Kozlov, CHernov, Xadjikadunich, Normann, Popov, Glebov, Bayramyan, Ionov, SHomurodov.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика