"Dinamo" "Qizilqum" va "Nasaf"ga qarshi o'ynaydi
31 jan 2019 10:44
Yangiliklar


"Dinamo" "Qizilqum" va "Nasaf"ga qarshi o'ynaydi
O'tgan haftada Toshkentda “Metallurg” va “Bunyodkor”ga qarshi nazorat bahsida maydonga tushgan “Dinamo” jamoasi bu safar Navoiy va Qarshi shaharlariga safar etadi.
Ayni damda Samarqandda mashg'ulotlar olib borayotgan “Dinamo” klubi 1 fevral kuni Navoiy shahrida mahalliy “Qizilqum” klubiga qarshi nazorat bahsida maydonga tushadi.
2 fevral kuni esa “Dinamo”ni Qarshida yana bir Superliga vakili “Nasaf” bilan o'rtoqlik uchrashuvi rejalashtirilgan.
Ushbu bahsdan so'ng jamoaga uch kunlik dam berilib, 6 fevral kunidan “Dinamo” yana Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazadi. Ikki haftalik yig'in doirasida bir qator nazorat bahslari va yangi futbolchilarni ko'rikdan o'tkazish ko'zlangan.
Nazorat uchrashuvlari.
“Qizilqum” - “Dinamo”
1 fevral. Navoiy shahri.
“Nasaf” – “Dinamo”
2 fevral. Qarshi shahri.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar