"Dinamo" posboni – Superliga rekordchisi!
05 dek 2024 16:29
Yangiliklar
"Dinamo" posboni – Superliga rekordchisi!
"Dinamo" jamoasi darvozaboni Ravshan Yagudin bir o'yinda eng yuqori ball olgan o'yinchi sifatida Superliga-2024 rekordini qayd etdi.
"Sofascore" xalqaro portali yil davomida Superliganing har bir o'yinida futbolchilarning statistik malumotlarini jamlab, o'yinchilarga ball qo'yib bordi. Unga ko'ra, Superliga 26-turi doirasidagi "Dinamo" – "So'g'diyona" (1:0) uchrashuvida jamoa darvozaboni Ravshan Yagudin 11 ta seyv(!) amalga oshirib, portal tomonidan maksimal 10 ballik tizimda 9,9 ballga loyiq ko'rildi. Bu Superliga joriy mavsumida eng yuqori ball sifatida rekordga aylandi.
Bungacha "So'g'diyona" hujumchisi Lyupcho Doriev "Bunyodkor"ga qarshi o'yinda (4:0) xet-trik qayd etib, mavsumdani eng yuqori – 9,8 ballni qo'lga kiritgandi.
Bundan tashqari, 28 yoshli Yagudin Superliga-2024da jami 78 ta seyv bilan eng yaxshi natijani ko'rsatdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. Винисиуснинг ягона голи "Реал"га "Бенфика" устидан ғалаба тақдим этди. Моуринью четлатилди
Тьерри Анри Винисиус билан боғлиқ ирқчилик ҳодисаси ҳақида: "Мен "Реал"ни ёқтирмайман, лекин бугун мадридистман"
Винисиус кечаги воқелардан сўнг баёнет билан чиқди
Расман: УЕФА "Бенфика" — "Реал" ўйинидаги ирқчилик можароси бўйича суриштирув бошлади
Fikrlar