So’nggi yangiliklar

12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  0 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  0 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   0 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  2 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  3 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  8 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  14 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  14 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  12 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  7 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  10

Dinamo PFK murabbiylar shtabi Samarqand viloyati bo'ylab yosh iqtidorlarni tumanlarda ko'rikdan o'tkazadi Yangiliklar

Dinamo PFK murabbiylar shtabi Samarqand viloyati bo'ylab yosh iqtidorlarni tumanlarda ko'rikdan o'tkazadi

Teglar :  Dinamo
2021 yilgi yangi mavsum oldidan yangi yosh iqtidorlarni saralab, Dinamo yoshlar jamoasiga tayyorlab borish maqsadida Dinamo futbol klubi murabbiylar shtabi Samarqand viloyati bo'ylab yosh futbolchilarni ko'rikdan o'tkazishadi.

«Dinamo» PFK murabbiylar shtabi klubning ertangi kuni sanalmish «Dinamo» (U18) yoshlar jamoasiga viloyatimizning barcha shahar va tumanlardagi 2002-2003 yillarda tug'ilgan yosh havaskor futbolchilarni sinovdan o'tkazib, iqtidorlarni saralab olishni maqsad qilishgan. Klub tomonidan belgilangan dasturga binoan, «Dinamo» murabbiylar shtabi 10-16 dekabr kunlari Samarqand viloyati bo'ylab, ajratilgan to'rt hududda yig'in tashkil etib, o'rtoqlik uchrashuvlari orqali yosh futbolchilarni saralab oladi.

«Dinamo» PFK murabbiylarining tumanlarda tashkil etadigan ko'rigi sanasi, manzili hamda vaqti:


1-hudud: Kattaqo'rg'on shahri va tumani, Narpay, Paxtachi tumani uchun

Manzil: Kattaqo'rg'on shahri, «Do'stlik» stadioni

Qachon: 10 dekabr (payshanba), soat 10:00da boshlanadi.


2-hudud: Payariq, Oqdaryo, Ishtixon, Qo'shrabot tumanlari uchun.

Manzil: CHelak shahri, «Turon» stadioni

Qachon: 12 dekabr (shanba), soat 10:00da boshlanadi.


3-hudud: Tayloq, Urgut, Jomboy, Bulung'ur tumanlari uchun.

Manzil: Tayloq, «Qo'shchinor» stadioni, 2-BO'SM.

Qachon: 14 dekabr (dushanba), soat 10:00da boshlanadi.


4-hudud: Samarqand shahri, Samarqand tumani, Pastdarg'om, Nurobod tumanlari

Manzil: CHarxin qo'rg'oni, «Dinamo» futbol maktabi stadioni

Qachon: 16 dekabr (chorshanba), soat 10:00da boshlanadi.


Qo'shimcha malumotlar uchun telefon: +998 90 276 70 50


Ushbu yig'inlar davomida yuqorida qayd etilganidek, faqat 2002-2003 yillarda tug'ilgan barcha yosh havaskor futbolchilar ishtirok etishlari mumkin. Ishtirokchilar o'zlari bilan fuqarolik pasporti va sport kiyimlarida (butsa, shitki) bo'lishlari talab etiladi. Kelajakda viloyatimizning bosh futbol jamoasida to'p surishni maqsad qilgan barcha iqtidorlarni «Dinamo» klubi murabbiylari ko'rigiga chorlab qolamiz!


«Dinamo» PFK mamuriyati

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика