So’nggi yangiliklar

00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  0 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  0 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  8 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  8 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  8 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  6 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  4 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2

"Dinamo" o'z darvozasiga ikkita gol urgan Qo'qondagi ochilish uchrashuvi taassurotlari Yangiliklar

"Dinamo" o'z darvozasiga ikkita gol urgan Qo'qondagi ochilish uchrashuvi taassurotlari

Teglar :  Dinamo Qo'qon-1912
Superliga 11-turida "Qo'qon-1912" jamoasi o'z maydonida "Dinamo"ni qabul qildi.

Mazkur turda zamonaviy ko'rinishga ega bo'lgan Qo'qon shahridagi “Markaziy” o'yingohda ushbu mavsumning ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Stadionga uchrashuv boshlanishidan bir soat avval etib bordik. Bu vaqtda stadionga muxlislar tashrifi boshlangan, markaziy sektorlar futbol muxlislari bilan to'lib bo'lgandi.


Ayni vaqtda "Markaziy" o'yingohda har ikki jamoa vakillari uchrashuvdan oldingi chigalyozdi mashg'ulotlarini olib bormoqda edilar.



"Dinamo" jamoasi vakillarining mashg'ulot jarayoni



"Qo'qon-1912" jamoasi vakillarining mashg'ulot jarayoni

Uchrashuvdan oldin taniqli estrada xonandalari va madaniyat xodimlari ishtirokida koncert dasturi namoyish etildi.


Mavsumning ochilish marosimini ochib berish uchun Qo'qon shahar hokimi Marufjon Usmonov so'zga chiqib, barchaga samimiy tilaklarini bildirib o'tdi.


SHundan so'ng butun stadion uzra davlatimiz madhiyasi yangradi va rasman Qo'qon shahrida Superliga yangi mavsumiga start berildi.



"Dinamo" jamoasi asosiy tarkib futbolchilari.CHopayotgan jurnalistlarni ko'rdingizmi? Ular uchrashuvlarda mana shunday harakat qilishadi.



Uchrashuv maydon egalarining faol hujumlari bilan boshlandi. Dastlabki daqiqalardan hujumkor o'yin namoyish etgan qo'qonliklar raqiblari darvozasini ishg'ol etish uchun qulay imkoniyatlarga ega bo'ldilar. O'z navbatida "Dinamo" jamoasi ham tezkor qarshi hujumlari bilan mezbonlar darvozasi yaqinida xavfli vaziyatlarni vujudga keltira boshladilar. 8-daqiqada vakillarimiz raqib darvozasi oldida yana bir xavfli vaziyatni yuzaga keltirishdi. Birinchi bo'lim 20-daqiqasida mezbonlar standart vaziyatdan keyin hisobni ochishga muvaffaq bo'lishdi. Ushbu vaziyatda jarima maydonchasiga oshirilgan to'pni mehmonlar himoyachisi Bobur Qosimov tasodifan o'z darvozasiga yo'llab qo'ydi.
23-daqiqaga kelib uchrashuvni boshqarib borayotgan Temur To'xtasinov jarima maydoni ichiga yorib kirayotgan Mirkomil Loqaevni yiqitishganligi uchun mezbonlar darvozasiga penalti belgilandi. Belgilangan penaltini esa samarqandliklarning 7-raqamli futbolchisi Jasur Azimov aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi. Uchrashuvning 28-daqiqasida bosh hakam yana mezbonlar darvozasi tomon penalti belgilandi va yana o'sha Jasur Azimov mezbonlar darvozasini aniq nishonga olib, mehmonlarni oldinga olib chiqdi. Birinchi bo'lim shu tariqa samarqandliklarning g'alabasi bilan yakuniga etdi.


Tanaffus vaqtida stadionda muxlislarga yaratilgan sharoitlar bilan qiziqdik. "Markaziy" o'yingohning turli joylarida muxlislarga tamaddi qilib olishlari uchun savdo obektlari faoliyati yo'lga qo'yilgan, umuman olganda OAV vakillari va rasmiy shaxslarga havas qilgudek darajada sharoit yaratilgandi.


SHuningdek bo'limlar oralig'idagi 15 daqiqalik tanaffus vaqtida "Qo'qon-1912" futbol klubining yosh futbolchilarini taqdirlash marosimi tashkil etildi.



Ikkinchi bo'lim mezbonlar uchun omadli boshlandi. Bu safar ham “Dinamo” futbolchilari o'z darvozalariga to'p kiritib qo'yishdi. Bu galgi avtogol muallifi – Mirkomil Loqaev bo'ldi.




Uchrashuvning 79-daqiqasida “Dinamo” posboni mahorat ko'rsatib, jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi. Bu vaziyatda mezbonlar futbolchisi Suhrob Berdievning yaqin masofadan yo'llagan zarbasini Botirali Ergashev maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
So'nggi daqiqalarda raqib darvozasi oldida bosimni kuchaytirgan mezbonlar ko'plab imkoniyatlarga ega bo'lishgan bo'lsa-da, vaziyatlar samarasiz yakunlandi. Uchrashuv shu tariqa 2:2 hisobidagi jangovor durang bilan yakuniga etdi.



Muxlislar tashrifi

SHu kuni stadionga uchrashuvni tomosha qilish uchun jami 5156 nafar muxlis tashrif buyurdi. Ular butun o'yin davomida o'z sevimli jamoalarini tinimsiz olqishlab turdilar.


Superliga. 11-tur

“Qo'qon-1912” – “Dinamo” – 2:2 (1:2)
Hakamlar:
Temur To'xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov, Elyor Tursunov
Nazoratchi: Marat Ismoilov.
Komissar: SHoxruh Said.
Gollar: Bobur Qosimov (20 avtogol), Mirkomil Lokaev (46 avtogol), - Jasur Azimov (24 pen, 28 pen)
“Qo'qon-1912”: 25. Sarvar Karimov, 8. Muhammadanas Hasanov (22. SHaxboz Erkinov – 62), 10. Quvondiq Ro'ziev (17. Bexruz Sadilloev – 73), 14. Avaz Mamatxo'jaev, 15. Oybek Rustamov, 19. Suhrob Berdiev, 20. Iqbol Malikjonov, 21. Timur Usmonov (13. Javohir Esonqulov – 46), 23. Aleksandr Merzlyakov, 65. Marko Milich, 70. Murod Xolmuhammedov.
Zaxira: 1. Islom Abdullaev, 7. Jamshid Hasanov, 11. Timur Hakimov, 16. Jasur Hasanov.
“Dinamo”: 1. Botirali Ergashev, 2. Mirkomil Lokaev, 4. Hakimxon Alamxonov, 7. Jasur Azimov, 11. Qadamboy Nurmetov (10. Amir Safarov – 46), 16. Bobur Qosimov, 21. Damir Temirov (20. Siroj Hamroev -71), 23. Sardor Eminov (9. Nizom Norov – 90), 24. Jasur O'rinov, 27. Ixtiyor Toshpo'latov, 34. SHoxruxbek Abdurahmonov.
Zaxira: 12. SHohjahon Eshbo'taev, 5. Avaz Agaliev, 14. Vohid SHodiev, 19. Sanjar Baratov, 28. Obid Hakimov, 44. Dilmurod Karimov.



Bekzod Tolibov tayyorladi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика