"Dinamo" nazorat bahsida Tojikiston klubini yirik hisobda yutdi, Stanoevich burchak zarbasidan gol urdi
10 fev 15:23
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/814308_original.jpg)
![](/upload/storage/814308_220.jpg)
"Dinamo" nazorat bahsida Tojikiston klubini yirik hisobda yutdi, Stanoevich burchak zarbasidan gol urdi
Vadim Abramov shogirdlari bugun, 10 fevral kuni nazorat o'yinida Tojikistonning "Regar TadAZ" jamoasiga qarshi maydonda saf tortib, raqibdan yirik – 4:0 hisobida ustun keldi.
5-daqiqada Stanoevich burchak zarbasidan raqib darvozasini ishg'ol etgan bo'lsa (VIDEO), bo'lim yakunida Hojimirzaevning uzatmasini Qodirqulov golga aylantirdi. Ikkinchi bo'limda esa Anvarning o'zi hisobni yiriklashtirdi, ko'p o'tmay ko'rikdagi Abdulahadjon Hoshimov to'rtinchi goliga mualliflik qildi – 4:0.
"Dinamo" – "Regar-TadAZ" (Tojikiston) 4:0
Toshkent. Odil Ahmedov akademiyasi maydoni
Gollar: Marko Stanoevich 5', Sanjar Qodirqulov 43', Anvar Hojimirzaev 67', Abdulahadjon Hoshimov 75'
"Dinamo": Ravshanbek Yagudin, Jahongir O'rozov, Oleksandr Kucherenko, Maqsudxo'ja Aloxo'jaev, Salim Mustafoev, Duglas Maykon, Ratino, Marko Stanoevich, Sanjar Qodirqulov, Anvar Hojimirzaev, Mirjahon Mirahmadov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Nemanov, Abdullaev, Jumaboev, Abdurahmonov, Safarov, Hoshimov
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar