So’nggi yangiliklar

19:20Евгений Жук: "Бугун, айнан бугун менинг она шаҳрим Киев 5 соат ўққа тутилди"  0 19:18Кападзе навбатдаги икки ўйинда миллий жамоамизни бошқарса...  0 19:02Жалолиддин Машарипов: "Катанец билан бундай ҳолат рўй бериши биринчи марта эмас"  3 19:00Ихор Корсун: "Турнир давомида бизни қўллаб-қувватлаб турган ўзбекистонлик ва қозоғистонлик мухлисларга миннатдорчилик билдираман"  0 18:41Эшитдик-да! Ўзбекистон терма жамоаси КХДРга қарши сафар учрашувини Лаосда ўтказади  3 18:31Даниил Абакшин: "Энг яхши тўпурар ва ассистентлар сафида бўлиш ёқимли"  0 18:18Уассини Гирио: "Ҳисоб 0:2 пайти гол урдик, кейин нималар бўлганини билмайман"  0 18:07Суҳайл Муҳиддин: "Украинага қарши ўйинга тайёр эмасдик"  0 17:49Ҳендерсон Премьер-лигага қайтиши мумкин  0 17:22Тимур Кападзе: "Сречко Катанецга соғлиқ тилаймиз. Ўйлайманки, ассистентлар бу вазиятдан чиқиб кетади"  27 16:58Жаҳон чемпионига айланган Бразилия футзалчилари қандай фикрда?  0 16:30Аргентина футзалчилари финалдаги мағлубиятдан сўнг нималар дейишди?  1 16:04Transfermarkt Франция чемпионати футболчиларининг нархини янгилади. Абдуқодир Ҳусановнинг янги нархи қанча бўлди?   11 15:56"Арсенал" ярим ҳимоячиси билан шартномани узайтиришга тайёр  0 15:29Слот "Ливерпуль" тарихига кирди  1

Superligaga qaytgan "Dinamo" "Nasaf" bilan durang o'ynadi Yangiliklar

Superligaga qaytgan "Dinamo" "Nasaf" bilan durang o'ynadi

Teglar :  NasafDinamo
Superliganing 1-turidan o'rin olgan "Dinamo" - "Nasaf" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Superliga, 1-tur

"Dinamo" — "Nasaf" 1:1
9 mart 2019. Samarqand. "Dinamo" stadioni. 16:00.
Hakamlar
: Zokir Qodirov, Obid Jumaev, Ruslan Samandarov, Abdurashid Hudoyberganov.
Nazoratchi: Vladislav Ceytlin.
Komissar: Muhammad Sodiq Sodiq-Ohunov.

Gollar: Dilshod Saitov 12, - 0:1 (Xurshidbek Muxtorov). Amirjon Safarov 51, - 1:1 (Sardor Eminov)

“Dinamo”: 12. SHohruhjon Eshbo'taev (1.Botirali Ergashev, 62), 2.Lokaev Mirkomil, 4.Hakimxon Alamxonov, 6.Akmal Xolmurodov (S), 10. Amirjon Safarov (14.Voxid SHodiev, 75), 11. Qadamboy Nurmetov, 16. Bobur Qosimov, 18. Abbos SHodmonov, 21. Damir Temirov (7.Jasur Azimov, 66), 23. Sardorbek Eminov, 27.Ixtiyor Toshpulatov.
Zaxira: 9.Nizomjon Norov, 17.Otabek Narzullaev, 20.Siroj Hamroev, 26.Komil SHarofutdinov, 34.Abdurahmonov SHohruhbek, 44.Dilmurod Karimov.

"Nasaf": 1.Umidjon Ergashev, 5.G'olib G'aybullaev, 8.Dilshod Saitov, 9.Humoyun Murtozaev, 18.Bobir Davlatov, 19.Sardor Abduraimov, 22.Akmal Mozgovoy (20.Islom Kenjaboev, 79), 27.Islom Rashidxonov, 28.Xurshidbek Muxtorov, 77.Oybek Bozorov (10.Bobir Abdixoliqov, 71), 92.Umarbek Eshmurodov (S).
Zaxira: 35.Abduvohid Nematov, 3.Ilhomjon Alijonov, 15.Jo'rabek Mannonov, 16.Alisher Yusupov, 17.Doniyor Narzullaev, 30.Xudoyorxon Sagdullaev, 34.SHerzod Nasrullaev

Ogohlantirishlar: Hakimxon Alamxonov 82.



Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin bo'ldi. 


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


Dinamo

Amirzhon Safarov - 51'

Superliga. 1-tur

09/03/2019, 16:00

1
:
1
Tugadi

Nasaf

Dilshod Saitov - 12'

45'
90'
51'  Amirzhon Safarov
51'  Sardor Eminov
62'  Shohruh Eshbo’taev (Botirali Ergashev)
66'  Damir Temirov (Jasur Azimov)
77'  Amirzhon Safarov (Vohid Shodiyev)
82'  Hakimzhon Alamxonov
12'  Dilshod Saitov
12'  Xurshidbek Muxtorov
71'  Oybek Bozorov (Bobir Abdixoliqov)
79'  Akmal Mozgovoy (Islom Kenzhaboev)
90'  Islom Rashidxonov (Doniyor Narzullayev)



90+9. O'YIN TUGADI. "Dinamo" - "Nasaf" 1:1

90+8. ZARBAAAAAAAAAAAA! Dilshod Saitov jarima to'pini amalga oshirdi, xavfli lekin birozgina noaniq bo'ldi!

90+6. "Dinamo"ning xavfli hujumi! Jasur Azimovning zarbasi golga aylanmadi

90. Bosh hakam o'yinga 8 daqiqa qo'shib berdi, boya Botirali Ergashev maydonga tushishi cho'zilib ketgani yodingizdadir

90. O'zgarish. "Nasaf". Islom Rashidxonov o'rniga Doniyor Narzullaev tushdi

89. ZARBAAAAAAAAAAAAAA! Bobir Abdixoliqovning zarbasi Xolmurodovga tegib maydonni tark etdi, sal qolsa gol bo'lardi!

85. "Dinamo" futbolchilari u qadar shoshilishmayapti, "Nasaf" esa g'alaba qozonmoqchi

82. Ogohlantirish. "Dinamo". Hakimxon Alamxonov

79. O'zgarish. "Nasaf". Akmal Mozgovoy o'rniga Islom Kenjaboev tushdi

77. O'zgarish. "Dinamo". Amirjon Safarov o'rniga Vohid SHodiev tushdi

75. ZARBA! Jasur Azimovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi

71. O'zgarish. "Nasaf". Oybek Bozorov o'rniga Bobir Abdixoliqov tushdi

70. ZARBAAA! Bobur Davlatovning kuchli zarbasini Botirali Ergashev qaytardi! 

66. O'zgarish. "Dinamo". Damir Temirov o'rniga Jasur Azimov tushdi

63. GOL! G'olib G'aybullaev o'yindan tashqari holatda gol urdi, qanot hakami buni ko'rdi va gol inobatga olinmadi.  

62. O'zgarish. "Dinamo". SHohruh Eshbo'taev o'rniga Botirali Ergashev tushdi

62. Zaxiradan darvozabon Botirali Ergashevning maydonga tushishi ancha vaqtni talab qildi

57. SHohruh Eshbo'taev oyog'idan jarohat olgan va maydonni shifokorlar yordamida tark etmoqda...

51. Sardor Eminovning uzatib bergan to'pini Safarov boshi bilan darvozaga yo'lladi va sobiq klubiga gol urdi - 1:1.

51. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! AMIRJON SAFAROV! 1:1  Videoni telegramdagi kanalimizdan KO'CHIRIB OLISH mumkin. 


 



49. "Dinamo"ning qarshi hujumi, Qadamboy Nurmetov to'pni oldirib qo'ydi.

48. "Nasaf" jarima to'piga ega bo'ldi, uzatilgan to'pni Eshbo'taev qaytarib yubordi

46. Ikkinchi taym boshlandi



45+1. Dastlabki bo'lim tugadi. Hozircha "Nasaf" oldinda 1:0

45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shib berildi

44. "Dinamo"ning barcha jarima to'plarini Sardor Eminov bajarmoqda. Ammo hozircha hech biri xavfli chiqqani yo'q.

39. Maydon markazida Amirjon Safarov va Akmal Mozgovoy o'rtasida kichik to'qnashuv kelib chiqdi. Hakam barachasini tezda hal qildi

36. "Dinamo" uzoq masofadan jarima to'piga ega bo'ldi. Eminov to'pni oshirib berdi, ammo hakam mezbonlar hujumda qoida buzishdi deb topdi.

30. Eshbo'taev bugun negadir ishonchsiz harakat qilmoqda. Butun stadion uning harakatlarida xavotirda. Lekin Davron Fayziev hozircha uni almashtirmoqchi emas

26. Oybek Bozorov chap qanotdan oldinga o'tdi va Bobur Qosimov tomonidan yiqitildi. Jarima to'pini Bobur Davlatov amalga oshirdi, ammo Murtazoev to'pga eta olmadi!

"Nasaf"ning joriy mavsumdagi ilk goli muallifi - Dilshod Saitov ajoyib iqtidor sohibi!

Saitov "Nasaf"dagi o'yinlari, ayniqsa kuchli zarbasi va super gollari bilan mashhur bo'lgan Alisher Yusupovning jiyani. Ko'rinishidan, Yusupov jiyaniga uzoqdan qanday tepishni alohida o'rgatgan. Qoyil! Gol rostmana Yusupov uslubida urildi, - deb yozadi SHahboz Beg'amov o'z telegram kanalida. 

24. Xavfli vaziyat! Mirkomil Lokaev va Amirjon Safarv raqib jarima maydoni ichida imkoniyatga ega bo'lishdi, ammo zarba kuchsiz chiqdi!

20. "Dinamo" gol o'tkazgach ko'proq hujumga o'tmoqda. Ammo hozircha naf bo'lmayapti

15. Sardor Eminov jarima to'pini amalga oshirdi. Himoyachilar to'pni qaytarishdi.

12. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 0:1. Dilshod Saitovning 25 metrlardan yo'llagan zarbasi darvozabonning xatosidan so'ng darvozaga kirib ketdi. Videoni telegramdagi kanalimizdan KO'CHIRIB OLISH mumkin.



 


9. Yaqin o'tmishda birga futbol o'ynagan Ro'ziqul Berdiev va Davron Fayziev 



7. "Dinamo" vakillari ilk hujumni tashkil etishdi. Biroq Safarov to'pni o'ziga bo'ysundira olmadi

1. Yana xavfli vaziyat! Burchak to'pidan so'ng "Dinamo" darvozasi tomon zarba berildi, biroz noaniq! 

1. Xavfli vaziyat! "Nasaf" hujumga o'tdi va Rashidxonovning to'p uzatishidan keyin Alamxonov sal qolsa avtogol sohibi bo'lishi mumkin edi.

1. O'YIN BOSHLANDI!



- Uchrashuv Sirojiddin Sayfiev xotirasi uchun 1 daqiqalik sukut bilan boshlandi



- Samarqanddagi stadionda yangi mavsum ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda. O'zbekiston davlat madhiyasi yangramoqda va davlatimiz bayrog'i ko'tarildi.


- "Dinamo" stadionida koncert tadbirlari bo'lib o'tdi        

- Ushbu jamoalar o'rtasidagi bahs Toshkent vaqti bilan 16:00da boshlanadi.




Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика