Dinamo muxlislari Navoiyga borishadi
14 avg 2015 18:15
Yangiliklar
Dinamo muxlislari Navoiyga borishadi
Dinamo jamoasini har qanday holatda ham qo'llab-quvvatlayotgan jamoaning sodiq muxlislari ushbu turda Navoiyga safar qilishadi.
Malumki, 18-turda Dinamo jamoasi safarda Qizilqum mehmoni bo'ladi. 15 avgust shanba kuni Navoiydagi So'g'diyona stadionida bo'lib o'tadigan bahsda Dinamo jamoasini qo'llab-quvvatlash maqsadida samarqandlik muxlislar Navoiy tomon yo'lga otlanishadi.
Eslatib o'tamiz, Qizilqum - Dinamo uchrashuvi shanba kuni soat 18:30da boshlanadi.
Fikrlar