So’nggi yangiliklar

12:25Диёр Имомхўжаев: "ПФЛдаги биринчи иш кунимданоқ "кичик уруш" бошланган"  0 11:50Расман: Муҳаммад Қудус – "Тоттенхэм" футболчиси  0 11:30"Қўқон-1912"нинг икки футболчиси жамоадан кетди  6 11:02Адвокат Кюрасао терма жамоасини камида 2025 йил охиригача бошқаришда давом этади  4 10:30Марк Андре тер-Штеген келажаги борасида бир қарорга келди  11 09:52“Арсенал“ “Челси“ футболчисини 60 миллион еврога сотиб олади (Романо)  4 09:23Россиялик ҳужумчи иккинчи даврани Ўзбекистонда ўтказиши мумкин  11 08:55Here we go! “Реал“ яна бир футболчи билан келишувга эришди  29 08:26“Насаф“нинг яна бир етакчиси легионерга айланиши мумкин  6 07:57“Пахтакор“ ҳужумчиси иккинчи даврани “Динамо“да ўтказади  2 07:34Элдор Шомуродов хайрлашув хатини ёзди  13 01:34"Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга яқин  1 01:08Расман: Элдор Шомуродов - "Истанбул Башакшеҳир" футболчиси!  17 00:59Тео Эрнандес: "Милан" мен учун энг асосийси эди, сўнгги пайтдаги чиқарилган қарорлар мени шу ерга етаклади"  5 00:25"Атлетик" футболчиси Альварес футболдан четлатилди  1

"Dinamo": Murzoev 2015 yilda jamoaning eng yaxshi futbolchisi Yangiliklar

"Dinamo": Murzoev 2015 yilda jamoaning eng yaxshi futbolchisi

Oliy liga 2015 yilgi mavsumi Dinamo jamoasi uchun omadsiz yakunlangan bo'lsada, klub rasmiy sayti o'z ananasiga binoan muxlislar o'rtasidagi so'rovnomaga ko'ra, jamoaning bu yilgi eng yaxshi futbolchisini aniqladi.

So'nggi bir oy vaqt davomida klub rasmiy saytida Sizningcha, Dinamo jamoasining 2015 yilgi mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi kim? so'rovnomasida eng ko'p ovoz jamoa to'purari Kamoliddin Murzoevga ataldi. Ikkinchi davrada Dinamo safiga qo'shilib 13 o'yinda 8 ta gol urgan va 2 ta golli pasga mualliflik qilgan 28 yoshli forvardga 114 ta ovoz (37,1%) berilgan.

Bu borada unga raqobat qilgan futbolchi Ilhom Yunusov bo'ldi. Samarqandlik tajribali yarimhimoyachiga 94 ta ovoz (30,6) berilgan. Uchinchi o'rinda esa markaziy himoyachi Ildar Mamatkazin qayd etildi. Andijonlik himoyachi 26 ta ovoz (8,5) to'plagan.

SHuningdek, so'rovnomada Avaz Agaliev 22 (7,2%), Artyom Filiposyan 15 ta (4,9%) bo'lsa, Dilshod SHarofutdinov, Otabek Zokirov, Akmal Xolmurodovlar ham qisman ovoz olgan. So'rovnomada umumiy 307 ovoz berilgan.

2007 yildan buyon aniqlanib kelinayotgan Dinamoning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi nomiga loyiq ko'rilgan futbolchilar:

2007 yil – Farhod Tojiev
2008 yil – Ilyos Qurbonov
2009 yil – Bahodir Nasimov
2010 yil – Ilhom Yunusov
2011 yil – [Devid Oniya]
2012 yil – Ivan Nagaev
2013 yil – Andrey Melnichuk
2014 yil – Andrey Melnichuk.
2015 yil – Kamoliddin Murzoev.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика