So’nggi yangiliklar

19:55"Бунёдкор" стадионида йил якунига бағишланган маданий-маърифий тадбир бўлиб ўтди  0 19:29Ринкон: "Винисиус билан "Реал" ўз йўлидан адашди"  0 19:17Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  17 19:07Эшитдик-да! "Сўғдиёна" футболчиси "Навбаҳор"га ўтди  3 18:51ФИФА ЖЧ-2026 чипталарига бўлган талаб бўйича рекорд ўрнатилганини маълум қилди  0 18:25Вадим Абрамов: "Биз биринчи ўринни эгаллашимиз ҳам мумкин эди"  9 17:55Кроос Марокаш терма жамоасини ЖЧ-2026 фаворитлари қаторига қўшди  1 17:26"Нефтчи" аъзоларига чемпионлик учун iPhone совға қилинди  9 16:58"Наполи" "Реал" футболчисини ижарага олиш имконияти билан қизиқди, аммо рад жавобини олди  0 16:34"Андижон" 7 январь куни Туркияга йўл олади  4 16:06Португалия — йилнинг энг яхши терма жамоаси  9 15:41Фарғона вилояти футбол клублари ўртасида ҳамкорлик меморандуми имзоланди  2 15:15Тони Кроос тарихдаги энг улуғ мураббийни айтди  6 14:4938 ёшли Кавани фаолиятини тугатмаган. Ҳаммаси 28 декабрь ҳазили бўлиб чиқди  2 14:22Владимир Йовович "Андижон"га ўтадими? Футболчининг ўзи жавоб берди  4

Dinamo - Metallurg: Ustunlik kimda? Yangiliklar

Dinamo - Metallurg: Ustunlik kimda?

Teglar :  DinamoMetallurg
5 avgust kuni Oliy Liga ikkinchi davrasiga start beriladi. Turning etiborli o'yinlaridan birida Dinamo Samarqandda Metallurg jamoasini qabul qiladi.

O'YINNI QOSIMOV BOSHQARADI

O'zbekiston milliy chempionati 16-turi doirasidagi Samarqand va Bekobod jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni boshqarib boradigan hakamlar brigadasi malum qilindi. Unga ko'ra, o'yin SHerzod Qosimov boshchiligidagi toshkentlik hakamlar brigadasiga ishonib topshirilgan. Uchrashuv nazoratchisi Rashid Aytekov bo'lsa, O'zPFL vakili sifatida Bobur Haydarov tashrif buyuradi.

Oliy Liga, 16-tur
5 avgust, shanba
Dinamo (Samarqand) – Metallurg (Bekobod)
Hakamlar:
SH. Qosimov (Toshkent), T. Galeev (Toshkent), A. Po'latov (Toshkent), E. Tursunov (Buxoro)
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).
O'zPFL vakili: B. Haydarov.
Uchrashuv boshlanish vaqti: 18:00.

TARKIBDA QANDAY O'ZGARISHLAR?

Dinamo jamoasi davralar oralig'ida tarkibda jiddiy o'zgarishlar qilishga erishdi. Klubni Abdujamol Isroilov, Damir Nizanov, Omadjon Tayloqovlar tark etishgan bo'lishsa, ularning o'ringa hujumchi Farhod Tojiev, himoyachi Adnan Oraxovac va yarimhimoyachilar Muhammad Isaev, Doniyor Ismoilovlar kelib qo'shilishdi.

Metallurg tarkibidagi o'zgarishlarga etibor qaratadigan bo'lsak, klubni Suhrob Sultonov, Islom Qobilov, Dostonbek Tursunov, Kamronbek Kopadze, Vusol Mageramov, Doniyor Ismoilovlar tark etishdi. Yangi futbolchilar sifatida Oboddan Abror Husainov hamda Bunyodkordan Javohir Esonqulovlar qaytishdi.

BIRINCHI DAVRADAGI O'YIN


Dinamo jamoasi ushbu raqib bilan so'nggi bor Oliy Liga 1-turi doirasida Bekobodda uchrashgan edi. Ushbu bahsda Dinamo jamoasi ko'pchilik uchun kutilmaganda Metallurgni safarda 0:2 hisobida mag'lub etib qaytgan edi. Dastlabki gol avtogol sifatida qayd etilgan bo'lsa, 89-daqiqada Akmal Bozorov jamoamizning ikkinchi golini kiritib, g'alabani taminlagandi.



O'ZARO O'YINLAR: USTUNLIK KIMDA?

Samarqand va Bekobod klublari Oliy Liga doirasida 35 marotaba o'zaro to'qnash kelishgan. SHu o'yinlardan 17 tasida samarqandliklar g'olib bo'lishgan, 10 ta o'yinda “Metallurg” g'alaba qozongan. O'zaro o'yinlarda 8 marta durang natijasi qayd etilgan. To'plar nisbati “Dinamo” foydasiga 53:38ni tashkil qilmoqda. Bu o'yinlarda “Dinamo” 59 ochkoni, “Metallurg” esa 38 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Dinamo”ning o'zaro o'yinlarda bekobodliklar ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 5:0. “Metallurg”ning “Dinamo” ustidan qozongan yirik g'alabasi – 3:0.

Samarqandda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:

02.05.2015 Dinamo - Metallurg 1:0
23.03.2014 Dinamo - Metallurg 2:0
29.10.2013 Dinamo - Metallurg 1:0
27.08.2012 Dinamo - Metallurg 3:2
01.10.2011 Dinamo - Metallurg 3:1

15 YILLIK AN'ANA…

Jamoalarning o'zaro o'yinlariga nazar tashlab shuni bilish mumkinki, Dinamo so'nggi 15 yil davomida Metallurgni Samarqandda mag'lub etib kelmoqda. Bekobodliklar so'nggi marta 2002 yilda ko'xna shahardan g'alaba bilan qaytishgan. SHundan keyin ular bu jamoani muxlislari qarshisida mag'lub eta olishmagan. Samarqanddagi o'yinlarda “Dinamo” 14 marta uch ochkoga ega bo'lgan. 2 ta ucharshuvda durang qayd etilgan. “Dinamo” o'z uyidagi oxirgi 13 ta o'yinda Bekobod klubiga mag'lub bo'lmagan.

Usmon Ibodov, Dinamo klubi matbuot xizmati.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика