So’nggi yangiliklar

02:07U21 биринчилиги. Бир ўйинда 13 та карточка, 7 гол урилган ўйинда "Навбаҳор" ғолиб, пешқадамдан йирик ғалаба: 10-тур натижалари билан танишинг (+ЖАДВАЛ)  0 00:50Алан Ширер: "Аморим билан барчаси ёмонлашди"  2 00:29"Реал" Хаби Алонсо тайинловини қачон эълон қилади?  1 23:49Месси фаолиятидаги энг севимли голини айтди  3 23:14Бэйл: "Тоттенхэм" қарғишдан қутулди"  7 22:44Расман: "Барселона" Рафинья билан шартномани узайтирди  1 22:11Родриго "Реал"дан кетишни истамаяпти  1 21:41Европа лигасининг мавсум футболчиси ва рамзий термаси эълон қилинди  0 21:27Суперкубок чипталари 23 май куни сотувга чиқарилади  7 20:59Деку: "Ямалга ПСЖ қизиқиш билдирди, "Реал" эса йўқ"  5 20:14Хайр, афсона! Лука Модричнинг "Реал"дан кетиши маълум қилинди  22 20:01"Челси" Экитике трансфери бўйича музокаралар олиб бормоқда  0 19:38Йорк "Манчестер Юнайтед"ни Мартинесни сотиб олишга чақирмоқда  6 19:10"Ал Ҳилол" АПЛнинг таниқли мураббийига қизиқмоқда  2 18:43Германия терма жамоаси Миллатлар Лигасининг "Тўртлик финали" учун таркибини эълон қилди  16

“Dinamo” – “Metallurg”. Prevyu Yangiliklar

“Dinamo” – “Metallurg”. Prevyu

Teglar :  Dinamo Metallurg
Bekobodning "Metallurg" jamoasi 23 noyabr sanasida o'z maydonida Samarqandning "Dinamo" jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Quyida ushba jamoalarning o'zaro o'yinlari haqidagi malumotlar bilan tanishing.

Coca Cola Superliga 24-turida Bekobodning “Metallurg” jamoasi o'z maydonida Samarqandning “Dinamo” jamoasini qabul qiladi. Mazkur jamoalar shu kunga qadar kuchlilar safida o'zaro 37 bor kuch sinashishgan. Ushbu o'yinlarning 18 tasida dinamochilarning qo'li baland kelgan bo'lsa, 11 ta o'yinda bekobodliklar zafar quchishgan. 8 ta o'yinda durang natija qayd etilgan. Kiritilgan va o'tkazib yuborilgan to'plar farqi – 55:42, samarqandliklar foydasiga. Toshkent viloyati vakillarining “Dinamo” bilan o'yinlaridagi eng yirik g'alabasi 3:0 ni tashkil etadi. Bekobodliklar bir marta o'z maydonlarida, bir marta esa raqiblari maydonida shunday hisobda zafar quchgan. Safardagi yirik yutuq ushbu jamoalarning 2017 yilgi chempionatdagi to'qnashuvida qayd etilgan. Samarqandliklar esa “Metallurg”ni bir marta 5:0 hisobida dog'da qoldirgan. Eng sermahsul uchrashuv ikki bor qayd etilgan bo'lib, darvozalarga sakkiztadan gol kiritilgan. Tomonlar bir martadan 5:3 hisobida g'alaba qozonishgan.

Mazkur jamoalarning bu yil birinchi davrada Samarqandda kechgan uchrashuvida omad mezbonlarga kulib boqqandi. Uchrashuvning 19-daqiqasida Ixtiyor Toshpo'latov hisobni ochgan bo'lsa, oradan sakkiz daqiqa o'tib Muzaffar Muzaffarov hisobni tenglashtirgandi. O'yin durang bilan yakunlanadigandek bo'lib turgan bir paytda 90+3 daqiqada Mirkomil Loqaev maydon egalariga g'alaba keltiruvchi to'p muallifiga aylangandi. “Metallurg” mavsumdagi birinchi, alamli mag'lubiyatni Samarqandda qabul qilib olgandi.

Bekobodda o'tkazilgan uchrashuvlar statistikasiga to'xtaladigan bo'lsak, 36 uchrashuvning 9 tasida maydon egalarining qo'li baland kelgan. 6 o'yinda tomonlar bitimga kelishishgan bo'lishsa, 3 ta bahs mehmonlarning foydasiga hal bo'lgan. Kiritilgan va o'tkazib yuborilgan to'plar nisbati – 24:14.

Bekobodda o'tkazilgan so'nggi beshta uchrashuv:
03.03.2017 “Metallurg” – “Dinamo” – 0:2
19.09.2015 “Metallurg” – “Dinamo” – 4:2
09.08.2014 “Metallurg” – “Dinamo” – 3:0
16.03.2013 “Metallurg” – “Dinamo” – 0:0
15.06.2012  “Metallurg” – “Dinamo” – 2:1


“Dinamo” haqida

Mamlakatimizning nufuzi jihatidan ikkinchi o'rnida turadigan Samarqandning “Dinamo” jamoasiga 1960 yilda asos solingan. Klub turli yillarda o'z nomini o'zgartirib kelgan. 1960-63 yillarda – “Dinamo”, 1963-67 yillarda – “Spartak”, 1967-68 yillarda – “So'g'diyona”, 1968-70 yillarda – “Samarqand” FK, 1970-76 yillarda – “Spartak”, 1976-1991 yillarda – “Dinamo”, 1991-93 yillarda – “Maroqand”, 1993-97 yillarda – “Dinamo”, 1997-98 yillarda – “Afrosiyob”, 1998-2000 yillarda – “Samarqand” FK, 2000-2008 yillarda – “Samarqand-Dinamo” va nihoyat 2008 yildan to shu kungacha yana “Dinamo” nomi bilan musobaqalarda ishtirok etib kelayapti.

Klub anchagina boy tarixga ega. Sobiq Ittifoq birinchiliklarida, Kubok o'yinlarida nomdor jamoalar ustidan irodali g'alabalarga erishgan, mamlakatimiz Mustaqilligini elon qilgach O'zbekiston chempionati va kubogi bahslarida ham muvaffaqiyatli qatnashib kelgan. Biroq turli mavsumlarda barqaror o'yin ko'rsata olmaganligi bois quyi ligaga tushib ketgan onlar ham bo'lgan. Jumladan, “Dinamo” bir yillik tanaffusdan keyin yana oliy ligaga qaytdi. Klub O'zbekiston chempionatlarida 703 ta uchrashuv o'tkazib, shulardan 239 tasida g'alaba qozongan. 125 ta uchrashuvda durang qayd etgan. 339 o'yinda esa mag'lubiyat alamini totib ko'rgan. Samarqandliklar raqiblari darvozasiga 849 ta to'p kiritganlari holda, o'z darvozalaridan 1027 ta to'p olib chiqishga majbur bo'lishgan. Jamoaning oliy ligadagi eng yirik hisobdagi g'alabasi 2000 yil Angrenning “Semurg'” jamoasiga qarshi uchrashuvda kuzatilgan – 8:0. O'z navbatida “Dinamo”ning milliy chempionatimizdagi eng yirik hisobdagi mag'lubiyati ham 0:8 ni tashkil etadi. 1997 yilda “Neftchi” hamda “Surxon” jamoalari samarqandliklar darvozasiga javobsiz sakkiztadan to'p kiritishgan.


Metallurg

Kamoliddin Tojiyev - 63', Zohid Abdullayev - 70', Islombek Isoqjonov - 76', Muzaffar Muzaffarov - 88', Abror Toshqo'ziev - 90'

Superliga. 24-tur

23/11/2019, 14:30

0
:
5
Tugadi

Dinamo

45'
90'
63'  Kamoliddin Tojiyev
70'  Zohid Abdullayev
76'  Islombek Isoqjonov
88'  Muzaffar Muzaffarov
90'  Abror Toshqo'ziev

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика