So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  5 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  5 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

Dinamo Jizzaxdagi 5 yillik yoqimli ananani davom ettira oladimi? Yangiliklar

Dinamo Jizzaxdagi 5 yillik yoqimli ananani davom ettira oladimi?

Teglar :  So'g'diyonaDinamo
Superliga 22-turi doirasidagi etiborli uchrashuvlardan biri Jizzaxda “So'g'diyona” va “Dinamo” o'rtasida kechishi kutilmoqda.

Qo'shni viloyatlarning bosh jamoalari qarama-qarshiligida “So'g'diyona” 3-o'rin uchun 3 ochkoga intilsa, “Dinamo” ligada qolish uchun kurashda safarda muvaffaqiyatli to'p surishi lozim.

Superliga / 23-tur
29 oktyabr, seshanba
SO'G'DIYONA – DINAMO
Hakam:
SHerzod Qosimov
O'yin boshlanish vaqti: 17:00
TV-translyaciya: Sport TV


O'zaro o'yinlar tarixi: Ustunlik «Dinamo»da

Samarqand va Jizzax viloyati sharafini himoya qiluvchi ushbu klublar 1992 yili start olgan O'zbekiston chempionati tarixida 39 marta o'zaro maydonga tushishgan. Bu borada ustunlik “Dinamo”da. Samarqand jamoasi o'zaro o'yinlarda Jizzax klubini 18 marta mag'lubiyatga uchratgan bo'lsa, “So'g'diyona” 13 marta “Dinamo”ni mag'lub etgan. 8 marta o'yin durang natija bilan yakunlangan. “Dinamo”ning “So'g'diyona” ustidan qozongan eng yirik g'alabalari 4:0 va 3:6 bo'lsa, jizzaxliklarning eng yirik g'alabasi 3:1 hisobidagi g'alaba sanaladi.

Jizzaxda o'tgan o'zaro so'nggi uchrashuvlar:
30.09.2017 «So'g'diyona» - «Dinamo» 0:0
01.10.2015 «So'g'diyona» - «Dinamo» 1:2
29.03.2014 «So'g'diyona» - «Dinamo» 1:3
26.05.2013 «So'g'diyona» - «Dinamo» 4:3
05.03.2011 «So'g'diyona» - «Dinamo» 0:0
14.06.2009 «So'g'diyona» - «Dinamo» 3:1
18.11.2008 «So'g'diyona» - «Dinamo» 1:1

Joriy yilgi o'zaro o'yinlar

“Dinamo” 2019 yilgi mavsumda Superliga 1-davrasida va Liga Kubogi doirasida “So'g'diyona” bilan uchrashdi. Ushbu bahslarda “Dinamo”chilar g'alaba qozonishgandi.

Superliga. 4-tur. 13 aprel
“Dinamo” – “So'g'diyona” - 1:0
Gol:
Qadamboy Nurmetov, 51 (1:0).


Liga Kubogi. 2 iyul, 2019 yil.
“So'g'diyona” – “Dinamo” – 0:3
Gollar:
SHohruh Abdurahmonov 20, Sanjar Baratov 82, Sardor Eminov 90+2.

Uchrashuv bosh hakami haqida fakt...

Bosh hakam SHerzod Qosimov boshqargan uchrashuvlarda "Dinamo" hozircha g'alaba qozona olmayapti. Etiborlisi, PFL ketma-ket 4-marta SHerzod Qosimovni "Dinamo"ning safardagi o'yinlariga tayinlamoqda. Samarqanddagi bahslarda esa Qosimov bu yil umuman ishlamagan. Afsuski, SHerzod Qosimov boshqargan bu yilgi 3 uchrashuvdan 3 tasida ham "Dinamo" mag'lub bo'lgan. Ayniqsa, Termizda "Surxon" va so'nggi safar o'yinida "Navbahor" bilan uchrashuvda SHerzod Qosimov darvozamiz tomon penalti belgilagandi. Qolaversa, Qadamboy Nurmetovni maydondan chetlatgandi. Umid qilamizki, bu safar "Dinamo" bu faktni yo'qqa chiqaradi.

Eski tanishlar...

“Dinamo” va “So'g'diyona” tarkibida bir qator futbolchilar borki, ular avval Samarqand yoki Jizzax klubi sharafini himoya qilishgan. Xususan, “Dinamo” tarkibidagi SHohruh Eshbo'taev, Akmal Xolmurodov, Sardor Eminov, Ixtiyor Toshpo'latov, Bobur Qosimov singari futbolchilar oldingi mavsumlarda Jizzax klubi safida to'p surishgan.

Jizzax jamoasidan esa hujumchi Ivan Nagaev 2011-12 yilgi mavsumlarda “Dinamo” sharafini himoya qilgan.

“Dinamo” klubi matbuot xizmati.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика