Dinamo jamoasi Superliga yangi mavsumiga tayyorgarlikni boshladi Yangiliklar

Dinamo jamoasi Superliga yangi mavsumiga tayyorgarlikni boshladi

Teglar :  Dinamo
Bugun, 5 yanvar kunidan boshlab Dinamo jamoasi 2022 yilgi yangi mavsumga tayyorgarlikka kirishdi.

Jamoa Samarqand shahar CHarxin qo'rg'onida joylashgan «Dinamo» PFK tasarrufidagi bolalar-o'smirlar futbol maktabida klub homiysi «Agromir Buildings» tomonidan foydalanishga topshirilgan suniy qoplamali maydonda mashg'ulotlar o'tkazmoqda.

2021 yilgi mavsumdan keyin jamoa bilan shartnomasi yakuniga etgan Jasur Hasanov, Obid Jo'raboev, Sardor Eminov, Ro'zimboy Ahmedov, Islom SHaripov, G'olib Sariboev, Oleg Marchuk, Dmitro Sidorenko, Siroj Meliev, Timur Hakimov, Timur Usmanov klub bilan xayrlashdi. «Dinamo» PFK ushbu o'yinchilarga hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirib, ularning keyingi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qoladi.

Klub tez orada jamoada ish boshlaydigan murabbiylar shtabi va shartnoma imzolangach, yangi futbolchilar haqida malumot beradi. Ilk yig'inda asosan o'tgan mavsumda jamoada bo'lgan o'yinchilar va mahalliy yosh futbolchilar ko'rikdan o'tkazilmoqda.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика