"Dinamo" dastlabki mashg'ulotlarini yakunladi
29 dek 2013 12:48
Yangiliklar


"Dinamo" dastlabki mashg'ulotlarini yakunladi
Samarqandning "Dinamo" jamoasi dastlabki mashg'ulotlarni yakunladi.
Bugun jamoa o'z mashg'ulotlarini "FUTZAL" sport kompleksida o'tkazdi. Noqulay ob-havo tufayli maydonda o'ynashni imkoni bo'lmagani bois jamoa bugun so'nggi tayyorgarlikni futzal tarzida yakunladi. Mashg'ulotlarda 22 nafar futbolchi ishtirok etdi. Abdulla Nabiev va Ildar Mamatkazin sog'lig'ida muammo borligini tufayli mashg'ulotlarda ishtirok etishmadi. Azamat Bobojonov va Oybek Nurboev keyingi yig'inda ishtirok etadi. Ukrainalik legioner darvozabon Andrey Melnichuk esa safga yanvar oyidan kelib qo'shiladi.
Bugun jamoa to'rt guruhga bo'lingan holda futzal uchrashuvlarini o'tkazdi. Ravshan Haydarov ushbu uchrashuv orqali jamoani keyingi yig'inida ishtirok etuvchi futbolchilarni saralab oldi.
Bugun jamoa to'rt guruhga bo'lingan holda futzal uchrashuvlarini o'tkazdi. Ravshan Haydarov ushbu uchrashuv orqali jamoani keyingi yig'inida ishtirok etuvchi futbolchilarni saralab oldi.

Fikrlar